2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bilish nazariyasi (2)

Bashorat qilish«murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil 
etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining 
kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. 
Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish 
uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash mumkin: 
bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, D.I.Mendeleev yuz 
yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning mavjudligini bashorat qilgan edi.
INTUITSIYAhaqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab yetish 
qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. 
Shu ma'noda faqat iste'dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir.
Intuitsiya muammosi falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba'zan bir-birini istisno 
etuvchi yondashuvlar, nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu 
muammo atrofida keskin bahslar bo‘lgan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita 
bilim, sezgi a'zolari orqali bilish shakli deb qaragan bo‘lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek 
Levkipp va Demokrit bevosita bilim va sezgi a'zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta 
deb e'lon qilganlar. Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir. 
Platon ham hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan.
Yangi davrda Dekart, Spinoza, Leybnits intellektual intuitsiya haqidagi ta'limotni yaratdi. 
Dekart intuitsiya deganda sezgilarning omonat guvohligi va tartibsiz xayolning aldamchi 
mulohazasiga bo‘lgan ishonchni emas, balki teran va zehnli aqlni tushunadi. Spinoza intuitsiyani 
narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng ishonchli bilish deb hisoblaydi. Sensualistlar sezgi 
darajasidagi intuitsiyani targ‘ib qiladi va sezgi a'zolari orqali bevosita bilishni birinchi o‘ringa 
qo‘yadi. J.Lokk fikriga ko‘ra, aql – sezgi a'zolari faoliyatining haqiqiy natijalarini uzluksiz qayd 
etuvchi ko‘zgu, xolos. Bilishning bu tomonini rad etib bo‘lmaydi: aql shu tomonga o‘z e'tiborini 
qaratgani zahoti u, xuddi quyoshning yorqin nurlari kabi, o‘zini bevosita idrok etishga majbur 
qiladi. Ikkilanish, shubhalanish, o‘rganishga hyech qanday o‘rin qolmaydi: aql shu zahoti uning 
yorqin nurlari bilan to‘ladi, isbotlash yoki o‘rganishga muhtoj bo‘lmaydi, biroq haqiqatni faqat 
unga o‘z e'tibori qaratilganligi tufayli idrok etadi.
Muammoni o‘rganishga nemis klassik falsafasi muhim hissa qo‘shdi. Kant intellektual 
intuitsiya qobiliyatini inkor etib, sof apersepsiya g‘oyasini ilgari suradi. Biroq keyinchalik Fixte 
Kantning sof apersepsiyasi amalda intellektual intuitsiyaning o‘zi ekanligini, u Dekart, Spinoza va 
Leybnitsning amalda mavjud narsalarni bilish qobiliyati sifatida qaralgan intellektual 
intuitsiyasidan Kantda intuitsiya faoliyatni bilishga qaratilganligi bilan farq qilishini ko‘rsatdi. 
Fixtening o‘zi intellektual intuitsiyani amalda mavjud narsalarni emas, balki mutlaq narsalar 
faoliyatini bilish sifatida tushunadi. Shelling Kant-Fixte yo‘nalishini rivojlantirib, ularning 
ta'limotini o‘zining transsendental idealizmi – «substansiyani bilish uchun» o‘z naturfalsafasi bilan 
to‘ldiradi, estetik tasavvurni birinchi o‘ringa qo‘yadi. O‘tmish ratsionalistlaridan farqli o‘laroq, u 
intuitsiyaning sabablarini idrok emas, balki aql faoliyatidan qidiradi.
Gegel o‘z o‘tmishdoshlarining intellektual intuitsiya haqidagi ta'limotlariga tanqidiy 
yondashib, bilish mantig‘i, nazariyasi sifatida dialektikani ishlab chiqadi. U falsafani tafakkur 
faniga aylantiradi, uning sof tafakkurga asoslangan mantiqiy oqilona tizimini yaratadi, shu sababli 
uning ta'limotida intellektual intuitsiya o‘rnini dialektika egallaydi.


XX asr boshida har xil maktablar: jumladan, Gusserlning fenomenologik intuitsiya 
(reduksiya), Bergsonning intuitivizm, Freydning ong osti intuitsiyasi va boshqa yo‘nalishlar 
yuzaga keldi. Bu maktablar intuitsiyani bilishning instinkt, ong osti hodisasi, diniy e'tiqod va 
hokazolarni o‘zida uyg‘unlashtirgan irratsional harakati sifatida tushunadi. Bu yo‘nalishlarning 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular dunyoni ilmiy bilishda aqlning, tushunchalar vositasida 
tafakkurning rolini kamsitadi. Tafakkur o‘rniga predmetni keraksiz ratsionalistik mulohazalarsiz 
«asl holicha» qamrab olish imkonini beruvchi intuitsiya qo‘yiladi.
Bugungi kunda irratsionalizm g‘oyalarini ekzistensializm, neopozitivizm va hozirgi zamon 
falsafasining ayrim boshqa yo‘nalishlari rivojlantirmoqda. Masalan, ekzistensialist Xaydegger 
fikriga ko‘ra, «ekzistensiya»ni mantiqiy tushunish mumkin emas. Yaspers ijodida e'tiqod, intuitiv 
tarzda qaraladigan mistik «vahiy» birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Marsel «abstraksiyalar ruhi»ga qarshi 
ayovsiz kurashni targ‘ib qiladi. Inglizlar Ross, Mur, Richard moddiy narsalarni bilishning sezgi 
va aql darajalarini chetlab o‘tib, qandaydir mistik intuitsiya yordamida, bevosita bilish 
mumkinligini isbotlashga harakat qiladi.
Shunday qilib, o‘tmishda faylasuflar intuitsiya deganda insonning haqiqiy borliqni bilish 
qobiliyatini tushungan, ularning ayrimlari (Spinoza) intuitsiyaga aqlning oliy ko‘rinishi sifatida 
yondashgan bo‘lsalar, hozirgi intuitivistlar aqlning, tafakkurning rolini kamsitadilar yoki inkor 
etadilar, alogizm va mistik irratsionalizmni targ‘ib qiladilar.
Mantiq sifatida tushuniladigan dialektika intuitsiyaning shakllanishi va uning natijalariga 
tanqidiy yondashilishiga imkoniyat yaratadi. Garchi intuitsiya deduktiv nazariyaning muhim 
bo‘g‘inlarini ko‘rsatib bersa-da, u bizni ularni isbotlash zaruriyatidan xalos etmaydi. Bevosita, 
kutilmagan va anglab yetilmagan bilim sifatida intuitsiya quruq joyda emas, balki vazifalarni 
yechish, yechimni «intuitiv» topishni belgilaydigan muayyan asoslar mavjud bo‘lgan holda 
yuzaga keladi. Biroq intuitsiya natijalarini bilimning tegishli shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan 
sohalarida tekshirish lozim. Masalan, matematika va fizikada olingan natijalarni faqat tajriba 
o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish mumkin.
Inson ruhiyati hissiy, oqilona va eydetik bilimning yangi shakllarini yaratish uzluksiz 
jarayoni sifatida amal qiladi. Ingliz olimi G.Uolles ma'naviy ijod jarayonlarining tayyorgarlik, 
yetilish, anglash va tekshirishning bosqichlarini qayd etgan, jumladan, ijodning muhim bosqichi 
– yangilikni intuitiv anglash, tushunib yetish. Intuitsiya – kutilmaganda bevosita olingan bilimdir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin