2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bilish nazariyasi (2)

Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o‘rtasida birlik mavjud. Tafakkur 
va borliqning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonunlarini shakllantiruvchi ijtimoiy 
amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob'ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy 
qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo‘llashi mumkin, 
tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi.
Inson o‘zini qurshagan dunyo haqidagi barcha bilimlarni pirovard natijada sezgi a'zolari 
orqali oladi. Biroq ular ayrim soxta g‘oyalar, masalan, yerning yassi tuzilishi, Quyosh yer atrofida 
aylanishi kabi g‘oyalar manbai hamdir. Bu ko‘pincha sezgi a'zolarining ma'lumotlariga 
ishonchsizlik uyg‘otgan, ratsionalistlar bu a'zolarning bilishdagi rolini kamsitishi va bilishda 
asosiy rolni tafakkur o‘ynashini qayd etishiga sabab bo‘ladi. Biroq empiriklar bu fikrga e'tiroz 
bildirib, bilishda xatolarga ko‘proq tafakkur yo‘l qo‘yganini qayd etadilar. Ularning fikricha
hayvon tabiat yo‘llaridan chetga chiqa olmaydi: uning motivlari zamirida sezgi a'zolari orqali idrok 
etiladigan narsalar yotadi. Hayvonlar hyech narsani o‘ylab topmaydi va shuning uchun ham ular 
aqlsizlik holatiga tushmaydi. Inson esa har xil xom xayollar qurboni bo‘ladi.
Sezgi darajasida bilishning rolini mutlaqlashtiradigan va mavxum nazariy tafakkurga 
ishonmaydigan empirizm ilmiy bilishning rivojlanishiga monelik qiladi. Mutaxassislar fikricha
qadimgi matematiklar, faylasuflar, pifagorchilar, matematikaga irratsional, ba'zan – kasr 
sonlarining kiritilishiga qarshi chiqqanlar, o‘z fikrlarini bu sonlarning noaniqligi bilan isbotlashga 
harakat qilganlar. Bunday fikrlar yunonlarni algebrani fan sifatida inkor etishga majbur qilgan, bu 
esa matematikaning analitik metodlari Uyg‘onish davriga qadar zamondan orqada qolishining 
sabablaridan biri bo‘lgan. Qadimgi mutafakkirlar sezgida bo‘lmagan narsa tafakkurda ham 
bo‘lmaydi deb qayd etgan. Tafakkur jarayoni modellar, sxemalar, tabiiy, sun'iy til va hokazolar 
ko‘rinishidagi sezgi unsurlariga tayanmay ish ko‘ra olmaydi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin