Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. Sezish va idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan
axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‘zining bevosita manbaidan ajraladi
va nisbatan mustaqil sub'ektiv hodisa sifatida mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi
obrazlarni erkin yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi
bog‘lovchi bo‘g‘in.
Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko‘taradi Xayol tafakkur oqimida yetishmayotgan ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi..
Obrazlarni qayta gavdalantirish xayol kuchi bilan erkin va bevosita kuzatish yordamisiz amalga
oshiriladi. Tasavvurlar paydo bo‘lishining bu shakli bunday erkin faoliyat ko‘rsatish qobiliyatiga
ega bo‘lmagan, biroq amalda kuzatishga muhtoj bo‘lgan va obrazlar beixtiyor paydo bo‘lishiga
yo‘l qo‘yadigan oddiy eslashdan shu bilan farq qiladi.
Aqliy bilish va uning shakllari.Inson hamishanimalar haqidadir o‘ylaydi. O‘ysiz holat
ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hyech bo‘lmasa hyech narsa haqida o‘ylamaslikni o‘ylash
holatidir. Bilishning dialektik yo‘li sezgi a'zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy
tafakkur sari olib boradi. Tafakkur– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, texnikada yangi
natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash – muammolar qo‘yish va ularni yechishga qaratilgan faol
jarayon. Tirishqoqlik – fikrlayotgan odamning muhim belgisi. Sezgidan fikrga o‘tish zamirida
bilish ob'ektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga bo‘linishi yotadi.
Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas: sezgi idroki naqadar go‘zal bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi. Narsalardagi umumiylik – avvalo, muhim xossalar va munosabatlar majmuidir. Ma'lumki,
ular ayrim predmet kabi aniq ko‘rinib turmaydi, ularni bevosita idrok etish mumkin emas. Narsa,
hodisalarning tashqi tomoni asosan amalda kuzatish, empirik bilish yo‘li bilan, narsalarning
mohiyati, umumiy jihatlari esa – tushunchalar, mantiqiy fikrlash yordamida aniqlanadi.
Fikrlashda, tushunchalarda narsalar bilan bevosita aloqa mavjud bo‘lmaydi. Biz idrok etishga
qodir bo‘lmagan narsalarni ham tushunishimiz mumkin.
Maxsus tuzilishga ega bo‘lgan oz sonli sezgi a'zolarimiz shuning uchun ham bilishning
mutlaq chegaralarini o‘rnatmaydiki, ularga nazariy tafakkur faoliyati qo‘shiladi. Inson fikri
hodisalarning tashqi qobig‘idan o‘tib, ob'ektning ichiga kiradi. Sezgi darajasida aniqlangan
ma'lumotlar va empirik tajribadan kelib chiqib, tafakkur sezgi a'zolarining ko‘rsatmalarini mazkur
individ miyasida mavjud barcha bilimlar, bundan tashqari, insoniyatning umumiy tajribasi,
bilimlariga, ular mazkur odamning boyligiga aylangan darajada faol solishtirishi va hodisalar
orqali yanada teranroq mohiyatni anglab, amaliy va nazariy muammolarni yechishi mumkin.