Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‘zining P ga bo‘lgan ishonchini asoslab bera
olsa». Bu shart bilimni to‘g‘ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish hollaridan farqlash
imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar bolakaydan: «Quyosh tizimsida nechta sayyora bor?»,
deb so‘radingiz va «To‘qqizta», degan javobni eshitdingiz. Siz bola sayyoralar sonini tasodifan
to‘g‘ri aytdi deb hisoblaysiz. Agar u o‘z javobini hyech bo‘lmasa buni onasidan eshitganini aytib,
asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim mavjud emas, degan to‘xtamga
kelasiz.
Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta'rifni
berish
mumkin:
bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir.
Bu ta'rif ancha sodda bo‘lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkin.
Bu so‘zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz Nyuton mexanikasi haqiqatga yetarli
darajada muvofiq emas va uning o‘rnini Eynshteynning aniqroq nazariyasi egalladi, deb
hisoblaymiz. Biroq buning natijasida Nyuton nazariyasi o‘zining bilim xususiyatini yo‘qotgani
yo‘q-ku? Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‘pchilikning ishonchi komil bo‘lgan davrda u
bilim edimi? Shunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan minglab nazariyalar
sha'niga aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va yetarli asoslar mavjudmi? Bu
savol ham ancha mavhum. Gipoteza, faraz odatda bilim shakli sifatida qaraladi,
biroq olimlar
o‘zlari ilgari surayotgan gipoteza yoki farazlarning to‘g‘riligiga ba'zan ishonchi komil bo‘lmaydi.
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday,
biroq bilim-bir ta'rif chegaralariga sig‘dirish juda qiyin bo‘lgan rang-barang hodisa ekanligi
muhimroq. Agar «bilmoq» so‘zi tilimizda qanday qo‘llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari juda
rang-barang ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz. Men bu
mashinani qanday qilib tuzatish mumkinligini bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men
Po‘latni o‘n yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi bilaman. Men uchburchak
burchaklarining yig‘indisi ikki to‘g‘ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit sut emizuvchilar
oilasiga mansub ekanligini bilaman.
Bu bir qarashda o‘xshash gaplarda «bilaman» so‘zi har xil ma'nolarda keladi. Dastlabki
ikki gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi. Gnoseologiyada u «
bilim-ko‘nikma» deb
ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «
bilim-tanishuvlik» demakdir. U inson yoki qandaydir
ob'ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‘nggi gaplarda bilim «
nimanidir bilish»ni
ifodalaydi,
chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar, nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning
mavjudligini tavsiflaydi. Bilim bu yerda ma'lum axborot ko‘rinishida keladi deb aytish mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, «bilim-ko‘nikma» va «bilim-tanishuvlik»
bilimning standart
talqiniga uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik
tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‘latni yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq
biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli» bilishimiz mumkinmi? Biroq, bu yerda shuni ta'kidlash lozimki,
yuqorida zikr etilgan bilim turlari o‘rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning Toshkent
haqidagi bilimingiz siz shaharning kattaligi, aholisining soni, u O‘zbekiston poytaxti ekanligi va
hokazolar haqida ma'lum axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq bu bilim – avvalo
shahar bilan tanishlik, unda yaxshi mo‘ljal ola bilish demak.
Gnoseologiyada asosiy e'tibor muayyan narsalar haqidagi bilimni tahlil qilishga qaratiladi.
Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz,
ishonchli va ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim
sifatida aniq baholash mumkin. Bilimni asoslash usullari, uning ishonchliligi, haqiqiyligini
aniqlash mezonlarini izlash qadimdan bilimni falsafiy tahlil qilishning asosiy omili bo‘lib keladi.
Biroq, hatto bilimning shu turini falsafiy tushunishda ham muammolar bisyor. O‘ttiz yilcha
muqaddam epistemologlar shunday misollarni o‘ylab topdilarki, ularda ishonch, e'tiqod bilimning
yuqorida zikr etilgan uchala xususiyatiga ega, biroq, shunga qaramay, ular bilim hisoblanmaydi.
Mana, shunga o‘xshash oddiy misollardan biri. Masalan, o‘qituvchi
falsafadan yozilgan
referatlarni tekshirayotib, talabalardan biri – Valiev o‘z ishini kompyuterda terganini ko‘rdi.
O‘qituvchi darsda bu guruhda o‘qiydigan talabalarning qaysi birida uyida kompyuter borligini
so‘rashga qaror qiladi. Valiev o‘zida chindan ham yaxshi kompyuter borligini va bu kompyuterda
u ishlashni o‘rganganligini aytdi. Qolgan talablarning birortasi ham o‘zida bunday buyum borligini
aytmadi. Shunga asoslanib o‘qituvchi guruhda bir talabada kompyuter bor ekan, degan xulosaga
keldi. O‘qituvchining bunga ishonchi komil va u o‘zining bu e'tiqodiga yetarli darajada asoslangan
va ishonchli bilim sifatida yondashadi. Biroq, endi faraz qilaylikki, Valievda kompyuter aslida
yo‘q va u yolg‘on gapirib, yoqtiradigan bir talaba qizning e'tiborini o‘ziga qaratmoqchi bo‘lgan.
Ammo boshqa talaba – Alievning uyida kompyuter bor, biroq u muayyan sabablarga ko‘ra buni
oshkor etmaslikni lozim topgan. Natijada o‘qituvchi o‘zi dars beradigan
guruhda kamida bir
talabada kompyuter bor deb hisoblar ekan, u asoslangan va o‘z nuqtai nazaridan haqiqatga mos
keladigan ishonch, e'tiqodga ega bo‘ladi. Biroq bu e'tiqodni bilim deb hisoblash mumkin emas,
chunki uning haqiqiyligi zamirida faqat tasodifiy haqiqatga muvofiqlik yotadi.
Albatta, bunday misollarni bor-yo‘g‘i tafakkur o‘yini deb hisoblash mumkin. Biroq,
haqqoniy tasavvurlar soxta fikrlardan kelib chiqqan yoki ularga asoslangan hollar hatto fanda ham
uchraydi.
Ammo bunday qarshi misollarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bilimga yanada qattiqroq talablar
qo‘yish, masalan, bilim roliga da'vogar e'tiqodlar faqat ishonchliva xatosizdeb qarash mumkin
bo‘lgan fikrlar va ma'lumotlarga tayanishini talab qilish mumkin.
Bilish –
inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish
muammolari va vazifalarini qo‘yish va yechish yo‘li bilan, izchil anglab yetadi. Axborot miyaning
mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2
2 4) kasb etadiki, bu unga ishlov
berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.
Dostları ilə paylaş: