sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va qonunlar tafakkurga ichdan xosdir.
Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob'ektiv munosabatlarini amaliyot asosida umumlashtirishdir.
Demak, inson tafakkurining barkamollik darajasi uning mazmuni ob'ektiv borliq mazmuniga qay
darajada muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar mantig‘i va ma'naviy
madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantig‘iga bo‘ysunadi. Tafakkur jarayoni amalda nafaqat
ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixida shakllanadi. Asosiy qoidalar to‘g‘ri bo‘lgan
holda fikrning mantiqiyligi uning tafakkurda, tushunchalar harakatida
aks etishida namoyon
bo‘ladi. Inson teran fikr yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning
biron-bir tamoyilini
buzmaydi.
Hozirgi zamon fani va texnikasi qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan muammolarning
murakkabligi
mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy apparatini, ayniqsa kibernetika
texnikasining rivojlangan talablari bilan muvofiq holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim ehtiyoj
mantiqda yangi yo‘nalishlar – ko‘p ma'noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy fanlarning paydo
bo‘lishini belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va matematik mantiq
yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ob'ektiv
borliq jarayonlarining aloqasi, ularning rivojlanishi o‘ziga xos «narsalar
mantig‘i», ob'ektiv mantiqni tashkil etadi. Bu mantiq bizning tafakkurimizda tushunchalar aloqasi
ko‘rinishida aks etadi – bu sub'ekt tafakkuri mantig‘i. Fikrlarimizning mantiqiyligi shu bilan
belgilanadiki, biz narsalarni ular amalda qanday bog‘langan bo‘lsa, shunday bog‘laymiz. Hamonki
borliq dialektika qonunlariga bo‘ysunar ekan, inson tafakkurining mantig‘i ham shu qonunlarga
bo‘ysunishi lozim.
Dostları ilə paylaş: