ekanligimizni ta'kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob'ektning mohiyatini
tushunishimizni nazarda
tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya'ni
barcha odamlarga xos
bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi,
mazkur odamning mohiyatini tushunish esa,
umuman insonning mohiyati, ya'ni inson haqidagi
tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‘zlashish
va mehnat qilish
qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot».
Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli o‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan
xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini
ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni
tasavvur qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab,
qiymat kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har
qanday fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob'ektiv ta'rifi
ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‘zida mujassamlashtiradi:
tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz sonli tushunchalar
son-sanoqsiz narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar
turli davrlarda
mazmunan har xil bo‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. Haqiqiy
ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta'rifsiz qoldirmaslikni o‘zi uchun qoida deb
biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta'riflash haqiqiy bilimning
bosh shartidir, degan edi. Tushunchalar inson ongida ma'lum bog‘lanishda,
mulohazalar
ko‘rinishida yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm chiqarish,
narsaning turli tomonlari o‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan aloqalar va munosabatlarni
aniqlash demakdir.
Dostları ilə paylaş: