lar, bahri bayt (bayt-barak) o‘ynab o‘z xotiralarini chiniqtirishga urunganlar1, ni-
hoyat, bir-birlarini so‘zda chandib, so‘zlaming o‘zaro ohangdoshlikdagi ilmoqdor
va nishdor ma’nolarini anglashga intilganlar.
Shunday ijtimoiy-axloqiy va etnopedagogik ahamiyatga egaligiga qaramay,
o‘zbek xalq bolalar o‘yinlarini to‘plash va ilmiy-amaliy qimmatini o‘rganishga
yetarli e’tibor berilmay kelindi.
Bu ham kamlik qilganday, ularga eskilik sar-
qiti tarzida qaralgani ham inkor etib bo'lmas faktdir. Ne ajabki (gorodki) sha-
hargi o‘yinini o‘rganishdi, lekin akkol (chillik) o‘yiniga kelganda «feodal tur-
mush sarqiti», deya undan voz kechildi. Holbuki, ulaming har ikkisi mohiyatan
yaqin va bir-birini toMdiradi. Amerikacha golf o‘yiniga suqlanib qaraymiz-u, le
kin o‘zimizdagi o‘yinlami xayolga ham keltirmaymiz.
Turli-tuman musobaqalar-
da gandbol o'yinini miriqib tomosha qilamiz, lekin o‘zimizning ehtimolki shu
o‘yinga asos boigan milliy qadimiy hango‘zni allaqachon eslamay qo‘yganmiz.
Oldingdan oqayotgan suvning qadri yo‘q, deganí shu boisa kerak-da!
Xayriyatki, istiqlol milliy qadriyatlarga yangicha qarash,
ulami qayta baho-
lash, xalqqa o'zligini anglatishga xizmat ettirish talabini kun tartibiga qo'ydi.
0 ‘zbek xalqining asrlar davomida yaratilib va turmishda sinalib, qo‘llab kelina-
yotgan an’anaviy milliy o'yinlarga munosabatini ham o‘zgartira boshladi. Ulami
to‘plashga, ilmiy-tarbiyaviy xususiyatlarini
umumlashtirishga, shu asosda istiqlol
kun tartibiga qo‘ygan sogiom avlodni tarbiyalab yetishtirish dasturida kengroq
qo‘llashga zaruriyat tug'dirdi. Mazkur kitob ana shu zaruriyatni qondirish ista-
gidagi dastlabki urinish sifatida bunyod etildi.
Binobarin, uning ayrim noqisliklari
bo‘lishi tabiiy. Shulami bartaraf etish yoiidagi har bir qimmatli maslahatni min-
natdorlik bilan qabul qilishga tayyormiz.