Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix30.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#62539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

O ‘ying o 'ngisin,


Tog ‘ bag ‘rida yotib olsa,
Qo 'ychi o 'ngisin.
Qo'ychi bo'lsang,
Qo 'ylaringni birga boqaylik.
Dushmanlarning 
k o
 
‘kragiga 
O'tlar yoqaylik.
0 ‘ylay bilish — katta san’at, uning vositasida voqelikni idrok qilish yo‘li 
ochiladi. Bu o‘yinda ham shunday bo‘layotir. 0 ‘yinchi shunchaki o‘ylamayotir, 
balki o‘yinga parvoz berganidan yuksak tog‘ xayolini chulg‘agan. Tog‘ bag‘ridagi 
qo‘ychi va qo‘ylar — mehnatkash inson va el boyligi unga muqaddas tuyulma- 
ganidan, ular bir ipda tizilganday, pirovard-oqibatda shularga zavol keltirmoqchi 
boMgan dushmanga nafrat va qasos o'yinga aylangan. Bu o‘yinlaming barchasida 
vatanparvarlik pafos darajasiga ko‘tarilgan.
«Kim chopag‘on», «Zum-zum», «Tez qaytish» «Quvlashmachoq», «Ushla- 
ma» va boshqa shunga o‘xshash o‘yinlar bolalaming jismoniy chiniqishlariga 
ma’naviy ko'rk bag'ishlaydi; ulami chaqqon, epchil, sezgir bo‘lishga, aniq moMjal 
olishga, vaziyatni baholay bilishga o‘rgatadi. «Kim chopag‘on»da tez chopish mu- 
sobaqasining mohiyati o'yin (ona) boshi qo‘shig‘ida shunday ifodalanadi:
Karim kamonga ketdi,
Sobir somonga ketdi.
Tolib, Tesha — ikkovi 
Ikki tomonga ketdi.
Qaysisi kelsa oldin 
Manov sovg 'ani olsin,
Husht!
«Zum-zum» o'yin chillak o'yinining bir ko‘rinishi bo‘lib, yutqizgan to- 
mon zum chopib dovni bermog‘i lozim. Bunda yutgan tomon chillakni yerga 
tushirmay, muallaqligicha chillakdasta bilan necha marta ura olsa, shu sanoq dara- 
jasigacha uni uzoq masofaga yo‘naltirib zarb bilan uradi. Yutqizgan shu masofaga 
bir nafasda «zum» degancha chopib kelmog‘i shart. Albatta, awalo, u shu ma- 
sofaning uzoq-yaqinligini chamalab, uning qancha qismigacha nafasi yetishini 
inobatga olmog‘i, so‘ngra, o‘sha masofaning ma’lum qismini quyidagi qo‘shiqni 
aytish hisobiga chopib o‘tmog‘i kerak:
Shoyi 
k o
 
'ylak kiymayman,
Hilpillatib yurmayman.
Kalish-mahsi kiymayman.
G 'irchillatib yurmayman.


Botinkamni kiymayman,
Do ‘qillatib yurmayman,
Oyoqyalang chopaman.
Chopaman, doving beraman,
Zum...m...m...
Ana shu zum bilan marraga yetib kelish shart. Aks holda uzilgan joydan o‘yin 
qayta boshlanadi.
«Kattalaming o‘z o‘yinlari bo‘lganidek, — deb yozadi professor G.Vinogra- 
dov, — bolalaming ham o‘z o‘yinlari bor, ular o‘zaro juda ko‘p umumiyliklarga 
ega bo‘lsalar-da, bir-birlaridan shunchalik ajralib turadilarki, ana shu farqlami 
o'Tganish lozim»1. Zotan, o‘yin ko‘p hollarda kattalar uchun jiddiy ishlardan 
ma’lum muddatga chekinish, hamma narsadan qimmatli vaqtni zoye ketkizmaslik 
uchun hordiq chiqarish va o‘z aqliy-intellektual hamda jismoniy kuchlarini yig‘ib 
yangidan bir shiddat hosil qilish vositasi. Bundan kattalar orasida qaror topgan 
musobaqa xarakteridagi o‘yinlar mustasno, albatta.
Rost, aslida har qanday o‘yin asosida kurash va tortishuvda zuhur topgan mu­
sobaqa yotadi. Biroq shu kurash va tortishuvning shiddati pirovard-oqibatda shu 
musobaqa tabiatini belgilaydi, shu bois qay bir o‘yin shunchaki hordiqqa xizmat 
qilsa, qay biri chinakam kurash negizidagi musobaqa tusini oigan. Kurash, ko‘pka- 
ri, chavandozlik singari qator o‘yinlar sport o‘yinlari shaklini oigan. Bolalar o‘yin- 
lari esa tamoman o‘zgacha mazmunga ega. U — turli yoshdagi bolalar hayotining 
ajralmas tarkibiy qismi, o‘sish va ulg‘ayish, chiniqish va toblanish pillapoyalari.
0 ‘yin bolalar beshikdaliklaridayoq hayotlariga kirib boradi: «Bordi-bordi»yu, 
«Havzak-havzak»lar boMib, shaqildog‘-u tutanchiq singari o'yinchoqlar boMib, 
bolalar ulg‘aygan sayin o‘yinlari ham beshikdan uyga, uydan hovliga, hovlidan 
ko‘chaga, keng maydonlarga ko‘cha boradi, ham shaklan, ham mazmunan murak- 
kablashadi, hayotning barcha qirralarini muqallidan ilg‘ay boradi, qolaversa, hatto 
bolalaming j insiga ko‘ra tafovut hosil qila boshlaydi, kechki yoki kunduzgilikdan 
iborat vaqt tamoyilini kasb etadi, hatto yilning qaysi faslida o‘ynalishi qat’iylasha 
boradi. Shu tufayli bolalikning har bosqichiga muvofiqlashgan o‘z o'yinlari bor; 
qizlaming o‘g‘il bolalardan, o‘g‘il bolalaming esa qizlardan farq qiladigan, ayni 
zamonda har ikkala jinsning aralash holda o‘ynashlariga muvofiqlashgan o‘vin- 
lari turkumlashgan. Ulaming faqat bahorda, faqat yozda, faqat kuzda yoki faqat 
qishda o‘ynaladigan turkumlari shakllangan. Bu, albatta, u yoki bu o‘yinning fasl- 
lar o‘zgarishi bilan yuz beradigan mehnat jarayonlari, ularga daxldor urf-odatlar. 
irim-sirimlarga muqallidiy xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelganligi oqibatidir.


Shu bois poliz qo‘riqchiligi, bog‘dorchilik, chorvachilik, quruvchilik, kulolchilik, 
ovchilik, baliqchilik, nowoylik, pazandachilik, harbiy va boshqa kasb-u korlarga 
muqallidan yuzaga kelgan o‘yinlar bisyordir.
Shuni ta’kidlash joizki, majburiylik — o‘yin tabiatiga yot. U bolalardagi ijod- 
korlik salohiyatini so‘ndiradi. Shu bois bolalar qaysi o‘yinni istasalar — uni ixti- 
yoriy tanlaydilar. 0 ‘yin tanlash — o‘yin maylini, zavqini yuzaga keltirishi shart. 
Shundagina bolalar shunchaki o‘ynamaydilar, balki o‘yinda yashaydilar, o‘yin 
ular uchun olamshumul zavq-u shavqqa, turmush darsligiga aylanadi.
0 ‘yinlaraing turmush darsligi sifatidagi mohiyatini anglash — bolalarda 
unga nisbatan mas’ullik tuyg‘usini, o‘yin qoidalariga qat’iy rioya qilish burchini 
shakllantirgan. Shu boisdan bolalar o‘yin intizomiga qat'iy amal qiladilar. Shu 
zaminda asrlar davomida o‘yinlarning o‘z ichki qonuniyatlari shakllanganki, 
bu bolalaming ahillik, hamkorlik, birodarlik, tezkorlik, chaqqonlik, epchillik, 
bardoshlilik, matonatlilik, jamoatchilik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalovchi 
mohiyat kasb etishini ta’minlagan. Shu zaminda o‘yinlar ko‘p vazifali hodisaga 
aylangan: ular hayot sabog'i sifatida ijtimoiy mazmun kasb etsa, bolalami 
jismonan va ma’nan chiniqtirib, axloqiy-tarbiyaviy vazifani o‘tagan. Shu fazilati 
bilan etnopedagogik mohiyat kasb etgan. Xalq urf-odatlarini, rasm-rasumlarini 
ifodalab, etnografik vazifa bajargan. Aytaylik, hozir ham shofirkonlik keksalar 
orasida bolalaming erta bahordagi o‘yinlariga qarab yilning qanday kelishini 
bashorat qilish udumi mavjud. Ular e ’tiqodicha, bolalar erta bahorda tuproqni uyib 
«xirmonlar» yasashsa, «yo‘lkalar solishsa» — yil to‘kin va farovon kelarmish, 
bordi-yu bolalar yemi o'ydim-chuqur qilib o‘ynashsa — yil og‘ir kelarmish, 
o‘lim ko‘p bo‘larmish...
0 ‘yin intizomiga qat’iy amal qilish — bolalarda burch va mas’uliyat tuyg‘usi- 
ni uyg‘otadi, shu fazilati tufayli bolalarda huquqiy ong kurtak yozilishiga zamin 
tayyorlanadi. Bolalar jamiyatdagi o‘z mavqelarini idrok qila boradi lar.
0 ‘yinlarda harakat ritmik mutanosiblikka ega. Bu, o‘z navbatida, harakatga 
omuxta ritmik o‘ynoqi qo'shiqlar vositasida bolalarda go‘zallikni his qilish mala- 
kasini shakllantiradi, ularda go'zallik tuyg'ularini junbushga solib, estetik vazifani 
bajaradi.
Qolaversa, bolalar o‘yinning o'zigagina emas, balki uni boshlash va yakun- 
lashga ham alohida ahamiyat beradilar. Awalo, birgina bolaning o‘zi yolg‘iz 
holda kamdan kam o‘ynaydi. Garchi o‘zbek bolalari o‘yinlarida yolg‘iz bolaga 
mo‘ljallangan o‘yinlar bor ersa-da, behad kam. 0 ‘yinlaming aksariyati ikki va un- 
dan ortiq bola faoliyatiga moijallangan. Shu boisdan o‘ynagani ko‘chaga chiqqan 
yolg‘iz bola darhol sherik izlashga tushadi, tengqurlarini o‘yinga chorlaydi. Aytish 
mumkinki, o‘yin ana shu chorlamdan boshlanadi, aslida.


Nihoyat, bolalar yig'ilishgach, qaysi o‘yinni o'ynash masalasi jumboqqa ayla- 
nadi. Bu masala o'yin tashkilotchilari sifatida tanilgan, shu bolalar to'pida e’tirof 
etilgan, tan olingan sarkorlar maslahati bilan hal qilingan. Bunday o'yin tashki­
lotchilari 0 ‘zbekistonning turli joylarida «o'yinboshi», «onaboshi», «jo‘raboshi», 
«boshliq» atamalari bilan nomlanadi.
Shulaming irodasi bilan tanlangan o'yinni xarakteriga qarab, demokratik 
asosda tashkil etishga kirishiladi. Aytaylik, o‘yin qarama-qarshi taraflarga bo'lin- 
gan holda o'ynaladigan bo'lsa — cheklanish; alohida galda (navbatda) turuvchini 
aniqlash asosida o'ynaladigan boisa — sanashish tadbirlariga amal qilinadi, bu 
bolalarda norozilik kayfiyati tug'ilishining oldini oladi, g'irromliklarga to'siq sola- 
di, 
0‘yinchilami o‘z guruhlari atrofida jipsroq uyushuvini va shu guruh (jamoa) ol- 
dida mas’ullik tuyishni ta’minlaydi, o'yinning demokratik mohiyatini kuchaytira- 
di. Shu tariqa chorlama, cheklashmachoq va sanamalardan iborat an’anaviy o'yin 
boshlamalari yuzaga kelgan.
0 ‘yinni boshlamay chala tashlab ketishga, yutqiza turib tan bermay qochishga 
hech bir ishtirokchining haqqi yo‘q. O'yin hamma ishtirokchilar uchun baravar va 
bir vaqtda tugaydi. Binobarin, bolalar o'yinni yakunlamoqchi bo'lishsa, uning tu- 
gaganini e’lon qiladilar.
Ko'rinadiki, o'yin kompozitsion tarkibiga ko'ra an’anaviy debocha (chorlama, 
cheklashmachoq va sanama, o'yinning o z i va intihosi (tarqalmachoq)dan iborat, 
shu qismlar birgalikda uning kompozitsion yaxlitligini ta'minlagan1.
O'yinlarda harakat ikki vazifani ado etadi: birinchisi — bola tanasi va a’zola- 
rini jismoniy jihatdan chiniqtiradi, bolani epchil qiladi, chaqqonlikka. tezkorlikka, 
chidamlilikka, uddaburonlikka, o'z kuchiga ishonishga o'rgatadi; ikkinchisi — 
bolalami mushohada qildirtiradi, ma’naviy nigohini o'tkirlashtiradi, teranlashu- 
radi, kutilmagan qarorlar qabul qilishga chog'laydi, xullas, har ikkala holatda ham 
topqirlikka o'rgatadi, ham jismoniy, ham ma’naviyligi mohiyatiga ko'ra o'zbek 
xalq bolalar o'yinlarini ikki katta guruhga boiish mumkin:



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin