Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
ABU SAYID MAYXONIY (Mixoniy, Mixni), Fazlulloh ibn Abulxayr Ahmad (967-1049) -
tasavvufdagi sharqiy (Xuroson) maktabining asoschilaridan biri. Xuroson viloyatidagi
kichik shaharcha - Mayxonada tug‘ilib, o‘sha yerda vafot etgan. Otasi so’fiylar bilan
aloqador bo‘lib, o‘g‘lini ham shu davraga boshlab kelgan. So’fiylar yig‘inlaridan birida
A.S.M.ni shoir Qosim Bishr ibn Yasin (990 y. v.e.)ga tanishtirganlar, u A.S.M.ning
so’fiylikdagi birinchi ustozi bo‘lgan. Keyinchalik A.S.M. o‘zining va’z-nasihatlarida
doimo
uning she’rlaridan foydalangan. O’smirlik chog‘larida A.S.M. Marvga borib, besh yil
mobaynida Abu Abdulloh Muhammad al-Xisriy (983-1000 y.lar oralig‘ida v.e.), so‘ngra
shuncha yil Abu Bakr Abdulloh al-Qaffol (1026 y. v.e.)dan shofi’iylik fiqhi bo‘yicha ilm
olgan; Saraxsda shofi’iylik faqihi Abu Ali Zoxir ibn Ahmad (999 y. v.e.) rahbarligida
tafsir, hadislar va kalomni o‘rgangan. O’sha yerda (taxm. 997 y.)
devonai Luqmon
Saraxsiy A.S.M.ni Abul Muhammad as-Saraxsiyning xonaqohiga boshlab kelgan, u
A.S.M.ni ilohiyot fanlarini tashlashga ko‘ndirgan, unga o‘zi pir bo‘lib, Mayxonaga
qaytishni va faqat "Alloh" deb zikr bajo etishni topshirgan. A.S.M. Mayxonada 15 y. umr
kechirib, shuning deyarli yetti yilini to‘liq uzlatda (yolg‘izlikda) o‘tkazib, odamlar
nigohidan chetda, yarim och holda yashagan. Bu davrda u chillai ma’qus (boshini
pastga
qilib osilgan holda 40 kunlik ro‘za davrida zikrni bajo etish)ni mashq qilgan, uni 40
yoshga to‘lgunicha (yoxud hatto undan ham oshiq - 1016 y.gacha) bajo etgan. O’zining
birinchi so’fiylik xirqasini A.S.M. mashhur so’fiy Abu Abdurrahmon as-Sulamiy (1021 y.
v.e.)dan Nishopur sh.da olgan, ikkinchisini - Amulda so’fiy Abul Abbos Ahmad b. al-
Qassobdan olgan. Hayotining ikkinchi yarmini A.S.M. taniqli murshid sifatida o‘tkazgan.
U Mayxonadagi o‘z uyida, shuningdek shahar chetidaga yolg‘iz hujrasida, ba’zan
Nishopurga borganda Adanikuban mahallasida o‘zining ko‘plab muridlariga va’z, pand-
nasihatlar qilgan. A.S.M. tomonidan zikri samoga musiqa,
raqslar va shahvoniy
mazmundagi qo‘shiqlarni kiritilishi unga nisbatan keskin tanqid qiluvchilarning
ko‘payishiga sabab bo‘ldi, u shariat yo‘lidan chekinishda va hatto ilohiyotchilar
tomonidan kofirlikda ayblandi. A.S.M. xonaqohlarda yashovchi muridlari uchun axloq-
odobning 10 ta moddasini ishlab chiqqan birinchi so’fiy shayxdir. Bunga qo‘shimcha
tarzda u murshid uchun zarur bo‘lgan 10 ta sifatni va muridlar uchun zarur bo‘lgan 10 ta
xususiyatni ko‘rsatib bergan. A.S.M. tasavvufning mahalliy maktabiga asos soldi.
Uning
ko‘plab avlodlari keyinchalik bu qarashlarni o‘zlari yashagan viloyat hududvdan chetga
tarqata olmadilar. Bu mahalliy maktab 1154 y.gacha mavjud bo‘lib, shu yili qo‘zg‘olon
ko‘targan urug‘lari butun Xurosonni talon-toroj qilganlar va Mayxonani egallagan paytda
esa, A.S.M. avlodlaridan bo‘lgan 115 kishini qatl qilganlar. A.S.M. qarashlari ziddiyatli
bo‘lib, "xudoning ishqi bilan mast" so’fiylar g‘oyasiga yaqin. "Bechoralarga xizmat qilish"
A.S.M. qarashlariga xos xususiyat edi. U malomatiya ta’limotiga muvofiq, qalandarlik
bilan xayru ehson to‘plab,
shogird va muridlarining, yon-atrofidagi aholining manfaat va
ehtiyojlarini qondirishni o‘ylagan. U yaratgan maktab amaliyoti Movarounnahrga ham
tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: