Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Movarounnahrning 16-a. 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar
bilan Eron o‘rtasidagi munosabatlarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
ABUL ASVAD DUALIY (? - 689)
- islom olimlaridan, ulug‘ tobe’inlardan. Ayniqsa,
go‘g‘riso‘z va hozirjavobligi bilan shuhrat qozongan. Hazrati Ali bilan birga Siffin jangida
ishtirok etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida ham hurmati baland bo‘lgan. Basrada
qozilik qilgan. A.A.D.ning ikki ishini avloddar ehtirom bilan esga oladilar.
U zot nahv
ilmiga asos solgan hamda Qur’oni karimning harflariga nuqtalar qo‘yib chiqqan (avvalgi
Qur’on nuqtalarsiz va harakatlarsiz edi).
ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy (? -
1157) - fiqhshunos olim. Uning Abu Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning "al-
Jomi’ al-Kabir" ("Katta to‘plam") kitobiga yozgan "Sharh ul-Jomi’ al-Kabir" ("Jomi’ al-
Kabirning sharhi") nomli bir necha jildli asarining 1-si bizgacha yetib kelgan. U "Kitob ul-
imon" ('Imon haqida kitob"), "Kitob un-nikoh" ("Nikoh haqida kitob"), "Kitob ush-
shahodat" ("Shahodat kitobi"), "Kitob ul-qazo" ("Hukm kitobi") kabi boblarga bo‘linadi.
Mazkur asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad
ibn Umar Samarqandiy
tomonidan 1361 y.da ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston FA
Sharqshunoslik institutida (inv. № 5558) saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: