www.ziyouz.com kutubxonasi
19
uch ibora bilan boshlanadi.
A. mil. av. 6-a.da yashagan va o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan Spitama Zardusht
faoliyati tufayli diniy asar sifatida tizimga solingan. Zardushtiylik jamoalari hozir ham
Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida hamda Eronning ba’zi shaharlarida
mavjud. Kaliforniya (AQSh) shtatida zardushtiylarning ilmiy markazi mavjud.
Eronlik tadqiqotchi Pur Dovud 1920-1940-y.larda A.ning qad. nusxalarini fors tiliga
tarjima qildi.
Zardushtiylik dini ibtidoiy jamoa tuzumidan ijtimoiy tabaqalanishga o‘tish davrida
vujudga kelgan, ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni diniy shaklda ifodalagan va ko‘p
xudolik (politeizm)dan yakka xudolikka (monoteizmga) o‘tishni aks ettirgan. A. "Eng
mo’tabar, qad. qo‘lyozmamiz... Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo
oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga
qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A.Karimov, "Adolatli jamiyat sari", T., 1998, 39-
40-bet).
AVLIYO (arab. valiy so‘zining ko‘pligi, xudoga yaqin odam) - tasavvufda Allohning zoti
va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyurganlarini bajarib, gunoh ishlardan o‘zini
saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz o‘giruvchi kishi. Islom an’anaslda
A.lar qaysidir bir ishi, xizmati yoki xislati tufayli Allohga yaqin bo‘lib qolgan, duolari
mustajob, solih, qobil, kamtar kishilardir. A.lar payg‘ambarlar darajasidan keyin turadi.
A.larning mozorlarini ziyorat qilib ibrat olish islom dinining hanafiylik mazhabida savobli
ishlardan hisoblanadi.
AVRAT (arab.) - 1) himoyalanmagan, zaif joy; 2) jinsiy a’zo - shariatga ko‘ra, ibodat
(diniy amallar) paytida namozxon tanasining kiyim bilan yopib turishi lozim bo‘lgan
qismi. Namozda er kishining kindikdan to tizzagacha bo‘lgan gavda qismi, ayollarning
esa, yuz va kaftlaridan boshqa hamma joylari hatto sochlari ham A. hisoblanadi.