Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
AZOB (arab. - qiynoq) - shariatda gunoh uchun belgilangan jazo. Gunoh uchun qozi
tomonidan belgalanadigan jazo ham, narigi dunyoda beriladigan jazo ham A. deb
atalgan (yana q. Azob al-qabr).
AZOB al-QABR (sinonimi
azob al-barzox; "qabr jazosi") - sinov, qabrdagi jazo, inson
o‘lgan zahoti bo‘ladigan kichik sud. Shunga ko‘ra, qabr jannat yoki do‘zaxga
kirishdan
oldingi o‘tloq (yaylov)dir va unda dastlabki sud sodir etilib, bandaning qilgan amallariga
yarasha dastlabki hukm belgilanadi. Ikki farishta - Munkar
va Nakir bandaning islomga
bo‘lgan munosabati haqida savol-javob qiladilar. Mo‘minlarni to qiyomat kuniga qadar
qabrda tinch-osoyishta, orom olib yotishi uchun qoldiradilar. Gunohkorlarni og‘ir yuk
(bosim)
bilan qiynaydilar, dinsizlarni farishtalar bundan tashqari yana Alloh taoloning
xohishiga qarab, ba’zan qiyomatgacha betinim suratda uradilar.
AZON (arab. azana - bildirish, e’lon qilish; sinonimi nido chiqarish) - namozga chaqirish.
A. namoz uchun buyurilgan sunnat hisoblanadi. Odatda
har bir masjidda muazzin
bo‘ladi. Uning aytgan A.i namoz vaqti kirganini bildiradi. A. baland ovoz bilan o‘ziga xos
ohang ila aytiladi. A. 622-623 y.larda Muhammad (sav) tomonidan belgilangan. Birinchi
muazzin Bilol bo‘lgan. Sunniylikda A. aytish qoidasi: ikki qo‘lning bosh barmoqlarini
quloqning
yumshoq joyiga tekkizib, ko‘rsatkich barmoqlarni quloq ichiga tiqib, shunday
deyiladi: "Allohu akbar" ("Alloh -eng ulug‘dir") - 4 marta; "Ashhadu
al-la iloha illalloh
("Guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q") - 2 marta; "Ashhadu anna
Muhammadur-rasululloh" ("Guvohlik beramanki, Muhammad Allohning payg‘ambaridir")
- 2 marta; "Hayya alas-solah" ("Namozga kelinglar") - 2 marta; "Hayya alal falah"
("Najotga kelinglar") - 2 marta; "Allohu
akbar - Allohu akbar, La ilaha illalloh". A.
hamma namoz uchun bir xilda aytiladi, lekin faqat bomdod namozi A.ida "Hayya ala
falah" degandan so‘ng "As-salotu xoyrum min-an-navm" ("Namoz uyqudan afzaldir")
deb 2 marta qo‘shib aytiladi. Islomda yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘ng qulog‘iga A.
aytish odati ham bor. Bunda avval o‘ng qulog‘iga A., chap qulogaga takbir aytiladi. Bu
odat go‘dakning bokira shuuriga Alloh taolo nomini muhrlash mazmunida talqin etilgan.
Takbirda A. lafzlariga "hayya alal falah"dan so‘ng ikki marta "qad qomati saloh" (namoz
o‘qishga tayyor) lafzini ziyoda qilinadi.
Dostları ilə paylaş: