Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc


ALAVIYLAR - q. Nusayriylar



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

ALAVIYLAR - q. Nusayriylar.
 
AL-AZHAR, Azhar (al-Jome’, al-Azharning qisqa nomi) - Qohiradagi jome masjid
universitet, o‘rta va o‘rta maxsus bilim yurtlarini o‘z ichiga olgan yirik rasmiy diniy 
muassasa. Masjid Al-Mu’iz al-Fotimiy buyrug‘iga binoan Javhar as-Siqolliy tomonidan 
970-972 y.lari Qohira sh. bilan barobar qurilgan. Uning tarkibidaga madrasa (996) 11-
a.dan boshlab Qur’on, hadis, fiqh, til hamda balog‘at fanlari o‘qitiladigan universitetga 
aylantirilgan. 14-15-a.larda unga yana bir necha yangi qurilgan madrasalar qo‘shilgan. 
18-a.da A. eng mo’tabar umummusulmon fan va ta’lim maskani sifatida shuhrat 
qozondi. 1961 y.da "al-Azharni rivojlantirish haqida" qonun qabul qilingach, vazirlik 
maqomi berilgan. A. diniy muassasasiga rahbar - Shayxul Azharni Misr Prezidenti 
tayinlaydi. Ushbu qonunga ko‘ra, A. universitetida qator dunyoviy fakultetlar, jumladan, 
idora ishlari va savdo, politexnika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, pedagogika va xotin-qizlar 
fakultetlari ochildi. A. huzurida 50 yirik ulamodan tashkil topgan (shulardan 30 nafari 
misrlik va 20 nafari xorijlik) Islom tadqiqotlari Akademiyasi faoliyat ko‘rsatadi. A. 
kutubxonasida 20 mingdan ziyod qo‘lyozmalar jamg‘armasi mavjud. "Majallat al-Azhar" 
jurnalini nashr etadi. Universitet fakultetlariga shu muassasa tarkibiga kiruvchi 
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus bilim yurtlarini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar 
qabul qilinadi. O’rta ta’lim yurti (maohid i’dodiya)da o‘qish muddati - 3 yil, maxsus ta’lim 
(maohid sanaviya)da esa - 4 yil.


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
 
ALAYHISSALOM (arab. - unga salom bo‘lsin) - islomda payg‘ambarlar nomi tilga 
olinganda aytiladigan ibora. Bu ibora barcha payg‘ambarlar, jumladan, Muhammad (sav) 
nomi tilga olinganda ham aytiladi. Ammo, mazkur iboraning ikkinchi turi -"Sallallohu 
alayhi vasallam" ("Alloh taolo ul zotga o‘zining salavot va salomini nozil etsin") ham 
mavjud bo‘lib, u faqat Muhammad (sav) payg‘ambarga nisbatan aytiladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin