Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
ALAM (arab. - alomat, belgi, bayroq) - 1) aziz-avliyolar mozorida, qadamjolarida o‘sgan 
daraxtlarga osiladigan har xil (ko‘pincha oq) lattalar. O’ldirilgan kishilar qabrida tayoqqa 
osilgan latta ham A. deyiladi. A. joy nomlari tarkibida ko‘p uchraydi (Alamlisoy, 
Xo‘jaalambardor va b.); 2) Eronda har yili o‘tkaziladigan bayram. Shialar e’tiqodiga 
ko‘ra, avliyo Imom Rizo besh o‘g‘li bilan haj qilish uchun Makkaga ketayotganda yo‘lda 
qaroqchilar ularni o‘ldiradi. Har yili xalq shu kunni xotirlash maqsadida A. - rasm 
tushirilgan bayroq ko‘tarib ko‘chaga chiqadi. Mis yoki birinj (bronza)dan quyilgan besh 
panjali (besh avliyoni ifodalovchi) A. shu marosim asosida paydo bo‘lgan.
AL-ASMO al-HUSNO (arab. - go‘zal ismlar) - Allohning ismlari. Mazmunan uning 
sifatlari, fazilatlarini ifodalaydi. Qur’onda Allohni shu ismlar bilan yodga olish buyuriladi: 
"Allohning go‘zal ismlari bordir. Bas, uni o‘sha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar)" 
("A’rof" surasi, 180-oyat); "Alloh, deb chorlangiz, yoki Rahmon - Mehribon, deb 
chorlangiz. Qanday chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, U zotning go‘zal ismlari bordir" 
("Al-isro" surasi, 110-oyat). Bu ismlar - 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim o‘rin 
tutadi. Alloh ismlari ko‘p duolarda qo‘shib aytiladi. Odatda tasbih donalari soni Alloh 
ismlari soni bilan tengdir. Hamma ismlar Qur’onning turli joylarida uchraydigan Alloh 
sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bog‘langan fe’llaridan hosil bo‘lgan. Bu ismlar va 
ularning mazmuni quyidagicha: 
1. Alloh - Tangri, Ma’budi bar haq. 
2. ar-Rahmon - o‘ta mehribon. 
3. ar-Rahim - juda rahmli. 
4. al-Malik - podshoh. 
5. al-Quddus - nuqsonlardan xoli. 
6. as-Salom - ofat va balolardan salomat. 
7. al-Mu’min - amonli va omon beruvchi. 
8. al-Muhaymin - egallab, qoplab oluvchi. 
9. al-Aziz - izzat va qudrat sohibi. 
10. al-Jabbor - bandalari ishini isloh etuvchi. 
11. al-Mutakabbir - kattalik yarashuvchi zot. 
12. al-Xoliq - yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. 
13. al-Bori’ — yaratuvchi. 
14. al-Musavvir - maxluqot va mavjudotlarga surat va shakl beruvchi. 
15. al-G’affor - bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu ma’siyatlarini fosh qilmay yopib 
turuvchi, kechiruvchi. 
16. al-Qahhor - barchani bo‘ysundiruvchi, g‘olib. 
17. al-Vahhob - o‘z ne’matlarini tekin ato etuvchi. 
18. ar-Razzoq - barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi. 
19. al-Fattoh - kushoyish beruvchi, rahmat xazinalarini ochuvchi. 
20. al-Alim - biluvchi, dono, ilm sohibi. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin