Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

AZRAQIYLAR - xorijiylardan ajralib chiqqan o‘ta murosasiz firqa tarafdorlari. Asoschisi - 
Nafi ibn al-Azraq (685 y. v.e.). 7-a. ning 2-yarmida arab xalifaligining sharqiy hududida 
xorijiylar harakati kuchayadi. A.ning umaviylar xalifaligiga hamda shialarga qarshi 
qaratilgan eng yirik isyoni Iroq va Eronda boshlandi va 15 y. davom etdi (684-699). 
Qullarni ozod etgani, ezilganlarni himoya qilgani uchun qishloq aholisi, ayniqsa forslar 
A.ni qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga A.ning islomdagi boshqa oqimlarga nisbatan 
mutaassiblarcha murosasiz va qattiqqo‘lligi, o‘z qarashlariga qo‘shilmagan barcha 
kishilar, shu jumladan ayol va bolalarni ham o‘ldirishni talab qilishi, zinoga belgilangan 
jazoni bekor etishi A. harakatining ijtimoiy negizini susaytirdi. A. tarafdorlari 8-a.dayoq 
butunlay yo‘qolib ketgan. 
AZROIL - islom dinida to‘rt bosh farishtadan biri (Jabroil, Mikoil va Isrofil bilan birga), 
jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga ko‘ra, A. dastlab oddiy farishta bo‘lgan, Alloh 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer 
qarshilik ko‘rsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat 
A. bajarganligi sababli u o‘limdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. A. 
taqvodorlarning jonini oson, gunohkorlarning jonini esa qiynab oladi degan fikrlar 
mavjud. 
AYNULQUZZOT, asl ismi Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Miyonjiy Hamadoniy (1099-
1132) - shayx, mutasavvif. Hamadon sh.da tug‘ilgan. Uning ilohiy hikmat va 
tabiatshunoslik ilmlariga oid "Yazdon shenoht" ("Xudoni tanish"), tasavvufning o‘n 
asosini talqin qiluvchi "Tamhidot" ("Tekislash"), xudoning sifatlari va zotiga 
bag‘ishlangan "Zubdat-ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar qaymog‘i") kitoblari bor. U aqlni bilim 
hosil qilishning muhim vositasi deb bildi. Mutafakkir fikricha, aql faqat moddiy dunyodagi 
voqealarnigina tushunib yetishi mumkin, Haqning mohiyatini anglashda esa, ojizdir. A. 
insonning mohiyatini ishq tashkil etadi, ishq vositasidagina inson kamolotga erishadi, 
ishq dunyoni harakatlantirib turadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, oliy darajadagi ilohiy 
ishq quyi darajadagi insonning dunyoviy ne’matlarga bo‘lgan rag‘batini inkor etmaydi, 
balki uni to‘ldiradi. "Kimki xudoni sevsa, uning rasuli, o‘zining piru murshidi va o‘z 
hayotini ham sevishi lozim", - deb yozadi. A. bir necha yil qozi ul quzzot - bosh qozi 
bo‘lib ishlagan va adolat yo‘lini tutgan, diniy ixtiloflarga qarshi turgan. Uning ijtimoiy-
axloqiy fikrlari O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron mutafakkirlariga ta’sir o‘tkazgan.
AYYUB (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. A. ismi Qur’onda to‘rt 
o‘rinda zikr etilgan: Niso surasi 163-oyat, An’om surasi 84-oyat, Anbiyo surasi 83-oyat. 
Sod surasi 41-oyat. A. Muso (as)dan ilgari yashab o‘tganligi rivoyat qilingan, ba’zi 
rivoyatlarda esa, Ibrohim payg‘ambardan yuz yil ilgari yashagan deyiladi. A. o‘ta 
taqvodor, kambag‘allarga mehribon, yetim va bevalarga saxovatli, mehmondo‘st inson 
hamda o‘zi nihoyatda badavlat va serfarzand bo‘lgani rivoyat qilingan. Shunday 
imkoniyatlar sohibi bo‘lgan A. biron marta ham Allohga osiy bo‘ladigan ish sodir etmay, 
ibodatni tark qilmagan, har doim shukrona aytib yurgan. A. katta boylik egasi bo‘la 
turib, Allohga biron bir gunoh ish qilmaganidan shaytoni lain iztirobda edi. Chunki 
boshqa boylar har qadamda Allohga osiylik qilishardi. Va shaytoni lain hasad qilib 
Allohga xitob qiladi va: "Bu A. sening bergan molu davlating, farzandlaring va salomat 
qilib qo‘yganing uchungina senga ibodat qilib yuribdi. Men kafillik berurmanki, agarda 
sen uning molu dunyosini va sog‘ligini ketkazib, imtihon qilsang, albatta u kufrga ketib, 
seni unutadi" - deydi. Shu boisdan Alloh A. molu-dunyosini, farzandlarini halokatga 
uchratib, o‘zini ham og‘ir xastalikka mubtalo qilib sinaydi. Lekin A. boshiga har qancha 
musibat yetganda ham Allohning zikrini tilidan qo‘ymay, ibodatini aslo tark qilmaydi. A. 
yetgan og‘ir xastalik oqibatida u joyidan qo‘zg‘ala olmaydigan holga yetganida ham 
uning vafodor ayoli unga qarab, uni parvarish qilib turadi. Nihoyat shuncha og‘ir 
sinovlarni boshidan o‘tkazgan A.ga Alloh yana sog‘liq in’om qiladi va unga farzandlaru 
ko‘pgina molu dunyo ato etadi. Shu o‘rinda ulamolar bir mulohazani qayd etadilar: A.ga 
yetgan xastalik borasida turli rivoyatlar kelgan, jumladan A.ning tanasini yara bosib, 
qurtlar yeb, odamlar A.ni dashtga chiqarib yuborgan emish. Tavhid ulamolari qayd 
etadilarki, payg‘ambarlar bunday jirkanch xastalikka mubtalo qilinmaydilar. Zero, 
bunday holatga tushishlik payg‘ambarlik maqomiga to‘gri kelmaydi. A. qissasida va 
uning boshiga tushgan musibatlaru xastalikda hamda A.ning Allohga duo qilishi 
oqibatida uning shifo topib yana molu dunyo sohibi bo‘lishida mo’minlarga ibrat va 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin