Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

AJDODLARGA SIG’INISH - ibtidoiy din shakli. A.s.ning turli shakllari mavjud bo‘lgan. 
A.s. dafn marosimlari (o‘lgan kishilarning joni va ruhi haqidagi tasavvurlar), shaxsiy 
homiy ruhlarga, oila-urug‘ oqsoqol homiylariga sig‘inish kabilar asosida tarkib topgan. 
A.s.da ajdodlarning ruhlari urug‘ning a’zosi bo‘lib qolishi, lekin ular odamlardan kuchli 
bo‘lgani sababli urug‘ning farovonligi shu ruhlarga bog‘liq, degan tasavvur katta 
ahamiyat kasb etgan. Bu tasavvurlar obro‘-e’tiborli urug‘ oqsoqoli timsolini qabila xudosi 
darajasiga ko‘tarish uchun g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan. Jamiyatda kishilarning 
ijtimoiy belgilariga ko‘ra, tabaqalashuviga mos ravishda ajdodlar ruhlarining ham 
tabaqalashuvi sodir bo‘ladi, natijada qabila boshliqlari, urug‘ oqsoqollariga sig‘inish 
birinchi o‘rinni oladi. Buning asosida qad. dinlarda qahramonlarga sig‘inish, keyin esa, 
avliyolarga sig‘inish vujudga kelgan. O’rta Osiyo xalqlari orasida ham bu odat mavjud. 
Arvohlarni eslash, ularga sig‘inib, madad so‘rash, jonliq so‘yish, is chiqarish kabi 
shakllarda namoyon bo‘ladi. Islomda A.s. qoralanadi.
AJR (arab. - to‘lanadigan haq, mukofot) - islomdagi tushuncha. Qur’onga ko‘ra, odamlar 
bu dunyodaga yaxshi ishlari uchun oxiratda A.ini topadi, ya’ni nasib etgan mo‘min-
musulmonlarga savobli ishlari evaziga turli maqom va martabalar, nozu ne’matlar 
beriladi. 
AZAYIMXONLIK, duoxonlik - duo o‘qish, dam solish yo‘li bilan tabiblik qilish. A. bilan 
shug‘ullangan shaxslar azayimxon, duoxon, baxshi va h.k. deb ataladi. Nomi chiqqan, 
tajribali, martabali duoxon azayimxon deb atalgan. Azayimxon issiq-sovuq qilish
jodugarlik bilan ham shug‘ullangan. Ibtidoiy jamiyatning urug‘chilik bosqichida ayrim 
kishilar odamlarni oddiy usul (dorivor giyoh, qon olish va b.) bilan davolashgan. Lekin 
ularning ba’zilari bemorni davolash jarayonida, go‘yo kasal "sababchisi" bo‘lgan "yomon 
ruhlar"ni har xil xatti-harakatlar (avrash, duo o‘qish, sehrlash, afsungarlik) bilan 
"haydab chiqara olishlariga" odamlarni ishontirishgan. Jahonning ko‘pgina xalqlarida 
keng tarqalgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin