Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
240
lozim.
Ayrim hollarni hisobga olmaganda, Q.lar faqihlar orasidan chiqqan. Garchi, Q.lik
nasldan
naslga o‘tishi mumkin bo‘lmasa-da, ko‘pincha bunday lavozimga ko‘p yillar davomida bir
oila vakillari tayinlanib kelgan. 8-a.dan boshlab Q. faqihlar va muftilarga o‘xshab alohida
kiyim kiygan, bu tartib ko‘p mamlakatlarda hozirgacha saqlanib keladi. Hoz. vaqtda Q.
shariat sudlariga rahbarlik qiladi, bu sudlar urf-odat, oila,
xususiy va qisman jinoyat
huquqiga taallukli ishlarni ko‘rad
QORA TOSH (arab. al-Hajar al-asvad) -musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. Kumush
chambar bilan birlashtirilgan bir necha bo‘lakdan iborat. U Ka’ba devorlaridan biriga
tashqarvdan joylashtirilgan. Makkaga hajga borgan musulmonlar Q.t.ni o‘pib yoki qo‘l
tekkizib ziyorat qiladi. Q.t. islomda mo’tabar hisoblangan narsalardan biri. Shariatga
ko‘ra, umra yoki haj ziyoratiga borgan odam Q.t.ni o‘pishi yoki qo‘lining ichki tarafi bilan
unga
ishorot qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom) sunnat amallardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: