QORI (arab. - o‘quvchi) - Qur’onning barcha suralarini yod olgan va qiroat bilan
o‘qiydigan kishi. Q.larni tayyorlaydigan maktablar (qorixonalar) musulmon
mamlakatlarda keng tarqalgan.
QORIXONA - qorilar tayyorlanadigan diniy o‘quv yurti. Dastlab arab mamlakatlarida,
keyinchalik O’rta Osiyoda paydo bo‘lgan. Qlar odatda eski maktablar qoshida va katta
mozorlar yonida ochilgan. Q.ga eski maktabni tugatgan 10 yoshdan katta o‘g‘il bolalar
qabul qilingan. Q.lar xususiy bo‘lib, domlalar daromadi bolalar hisobiga bo‘lgan. Q.da
bolalar 3-4 yil o‘qitilgan. O’qish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom
etgan. Diniy bayram kunlari mashg‘ulotlar to‘xtatilgan. Q.da, asosan, Qur’oni karim
suralari yodlatilgan. Qur’onni yod olgan bola Q.ni tugatgan hisoblangan. O’rta Osiyoda,
ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qonda Q.lar ko‘p bo‘lgan.
QOSHONIY (yoki al-Qoshiy), Kamoliddin Abdurazzoq ibn Ahmad ('? - 1329) - yirik
mutasavvif va sharxlovchi. Uning tarjimai holiga oid ma’lumotlar oz. Qoshonda tug‘ilib
o‘sgan. Nuriddin Abdusamadning shogirdi, Ibn Arabiy va uning vahdati vujud
ta’limotining ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Mana shu asosda u vahdat ash-shuhud ta’limoti
asoschisi va Ibn Arabiyning tanqidchisi Alo ud-davla Simnoniy (1336 y. v.e.) bilan
yozma munozaraga kirishgan va unda, Jomiyning so‘zlariga qaraganda, g‘olib chiqqan.
Ibn Arabiy, Ansoriy, Ibn al-Faridning tasavvufga oid asarlariga sharh yozgan. Q.ning
mustaqil asarlari jumlasiga Qur’onga yozilgan kamida 2 sharh, "Latoif al a’lom", "Risola
fi-l-qada va l-qadar", so’fiylikka doir terminlarning mashhur lug‘ati "Istilohot as-so’fiya"
va b.ni kiritish mumkin. Ibn Arabiyning ko‘plab g‘oyalari Q.ning mohirona sharxlari
tufayli keyinga avlod so’fiylariga yetib kelib, keng tarqalgan.
QO’IM - shialik aqidasiga ko‘ra, g‘ayriqonuniy hokimiyatga qarshi ko‘tarilib (qo’im) yer
yuzida adolat o‘rnatish uchun kelishi kutilayotgan "Payg‘ambar oilasi" a’zosi (Oli
Muhammad)ni anglatuvchi atama. Mahdiylik g‘oyalari shialik muhitida islomning butun
tarixi mobaynida rivojlanib va singdirib kelindi. Q. haqidagi tasavvur 8-a. boshida