Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
239
alohida tasavvuf yo‘li yo‘q. Hoz. vaqtda Sharqiy va Shim. Afrikada, Sudan,
Iroq va
Pokistonda Q.NING mavqei kuchli (Iroq va Pokistondagi Q. guruhi Bag‘doddagi maskanni
tariqatning markazi deb e’tirof etadi). Q.ning tashkiliy asosi mustaqil mazgil (xonaqox,
rabot, zoviya)
hisoblanadi, uni boshqarish an’ana bo‘yicha nasldan naslga o‘tadi. Q.ning
ijtimoiy tarkibi har xil bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib (samo, xadra, layliyo), ovoz
chiqarmasdan alohida (zikri xafiy) holda hamda baland ovozda (zikri jali) umumiy zikr
tushishgan. Tariqat a’zolari boshlariga kigaz telpakcha kiyib yurgan. Telpakchada Q.ning
timsoli -uch qator gulbargli yashil gul bor. Abdulqodir Giloniy sharafiga har yili bo‘ladigan
tantanalar ularning asosiy bayramidir.
QODISIYA JANGI - Sa’d ibn Abu Vaqqos qo‘mondonligi ostidagi islom qo‘shini
bilan
Xuroson hokimi Rustam ibn Farruhzod qo‘mondonligidagi sosoniylar qo‘shini o‘rtasida
Xira yaqinidagi Qodisiya qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan jang (636 y. sentyabr;
boshqa
ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyi yoki may oyining oxiri, iyunning boshi). Q.j.
uch kecha
kunduz davom etgan va islom lashkarining g‘alabasi bilan tugagan. Musulmonlar qo‘liga
Eronning davlat bayrog‘i tushgan. Bu bayroq qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bo‘lib,
uni 1 mln. oltin dirhamga baholashgan. Q.j.da b ming arab jangchisi va 10 ming fors
askari halok bo‘lgan. Sa’d ibn Abu Vaqqos jangdan so‘ng 2 oy davomida Qodisiyada
qolib, Umar. (ra)dan keyingi harakat rejalari haqida tegashli farmon kutgan.
Dostları ilə paylaş: