Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
238
QIROAT (arab. - o‘qish) - islom an’anasida Qur’on oyatlarini tajvid qoidalariga rioya
qilgan holda, o‘ziga xos ohangda o‘qish. Q.lar ichida islom olamida eng ko‘p tarqalib,
singab ketgani - Imom Hafs (805 y. v.e.) rivoyati bilan naql qilingan Imom Osim (744 y.
v.e.) Q.idir. Qur’oni karimning barcha mamlakatlarda qayta-qayta nashr etilayotgan Misr
nashri (1919, 1923, 1928) aynan mana shu Q.ga asoslangan.
Bizning diyorimiz
musulmonlari o‘rtasida ham qadimdan shu Q. ta’lim berib kelinadi. Qur’onni tajvid
qoidalariga mos hodda eng yoqimli ohangda Q. qilish bo‘yicha Misr qorilari dunyoda
birinchi o‘rinda. Q. bilan tilovat o‘rtasidagi farq shuki, Q.
ilohiy oyatlar, vahiyni o‘qishga
ham, inson tomonidan bitilgan yozuv va she’rlarni o‘qishga ham qo‘llanaveradi. Tilovat
esa, asosan vahiy etilgan oyatlarni o‘qishga ishlatiladi.
QOBIL VA HOBIL - Odam (as)ning farzandlari; ularning qissasida ko‘pgina
ibrat va
hikmatlar bo‘lganidan, Qur’oni karimda zikr qilingan. Qobil qalbi xasta, yomonlikka
moyil, tama’ va gunohga intiluvchi, haq hukmiga unamay sarkashlik qiladigan inson edi.
Uning
ukasi Hobil esa, haqqa bo‘ysunuvchi, solih, taqvoli edi. Q. va H. o‘rtasida paydo
bo‘lgan ixtilof yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash bo‘lib, Qobil o‘z ukasi Hobilni
qatl qilishi bilan tugaydi. Ular orasida ixtilof paydo bo‘lishining sababi haqida 2 xil rivoyat
keltirilgan. 1-rivoyatda
aytilishicha, "Hobil qo‘ychilik bilan Qobil esa, dexqonchilik bilan
mashg‘ul edi. Ulardan har biri o‘zidagi bor narsani Alloh yo‘lida kurbonlik qilishga jazm
etadi. Hobil qo‘ylarining ichidan eng yaxshisini qurbonlikka tanladi. Qobil esa, kurbonlik
uchun sifati eng past bo‘lgan bug‘doydan ajratadi. Ikkalasi
ham Alloh uchun atagan
kurbonligini bir joyga qo‘ydilar. Shunda osmondan o‘t tushib Hobilning atagan
qurbonligini yedi-yu, Qobilning qurbonliga qoldi. Qobil ukasi Hobilning kurbonligani Alloh
qabul etib, o‘zining qurbonligani qabul etmagani uchun unga nisbatan hasad qilib, o‘z
ukasini o‘ldiradi".
2-rivoyat esa quyidagicha: "Odam (as) har farzand ko‘rganida 1 o‘g‘il va 1 qiz tug‘ilar
edi. Ilgari tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga 2-vaqtda tug‘ilgan qizni
olib berar va shu tarzda
insonlar ko‘payar edi. Xuddi shunday Q. va H. ham 1 qiz bilan egaz tug‘ildilar. Qobil
bilan tug‘ilgan qiz nihoyatda chiroyli edi. Odam (as) qoidaga ko‘ra, bu qizni Hobilga
bermoqchi bo‘ldi. Lekin Qobil bunga ko‘nmay: "Bu mening singlim, o‘zim olaman, Hobil
ham o‘z singlisini olsin. Bu ishni siz o‘z
fikringaz bilan qilyapsiz, Alloh sizni bunga
buyurgani yo‘q", deb e’tiroz bildirdi. Shunda Odam (as) u ikkoviga qarata: "Siz
ikkovingiz ham Alloh yo‘lida qurbonlik qilinglar, qaysi biringazni qurbonligangaz qabul
bo‘lsa, bu qizni o‘shanga berurman", dedi. Alloh osmondan olov tushirdi.
Bu olov
Hobilning qurbonligani yutgach, akasi Qobil uni hasad qilib o‘ldirdi". Bu hakda Moida
surasi 27-31 oyatida bayon qilingan.
Dostları ilə paylaş: