Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
319
XO’JA ALAMBARDOR MAQBARASI -Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (19-a.).
Maqbara islom dini arboblaridan Xo‘ja Abdul Aziz Alambardor nomi bilan bog‘likdir.
Islom
fotixdari Choch (Shosh, hoz. Toshkent)ga kelganida lashkarning bayroq ko‘taruvchisi -
alambardori Abdul Aziz Samarqand darvoza tashqarisiga islom tugini qadagan. O’sha joy
hoz. Xo‘ja Alambardor qabristonining o‘rtasi bo‘lib, keyinroq bu yerda bir sag‘ana
qurilgan. Xo‘ja Alambardor umrining oxirgi yillarini Isfijob (Sayram)da o‘tkazadi va o‘sha
yerda vafot etadi. Keyinroq uning qabri yon atrofiga Ahmad Yassaviyning ota-onalari
ham qo‘yilgan. Demak mazkur maqbarada Xo‘ja Alambardorning o‘zi yo‘q. Ammo ichida
katta-kichik beshta qabr mavjud. Maqbara bir necha marta qayta tiklangan. Ichida o‘sha
vaqtda qo‘yilgan islom bayrog‘i tug‘i hamon saqlanadi. Tug‘da "Alloh" va "Muhammad"
so‘zlari yozilgan.
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
320
- Y -
YALANG’OCH OTA - turkiy xalqlarda qadimda shamol homiysi. 20-a. boshida etnograf
A.Divaev keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, qozoqlarda shamol chaqirish marosimida ijro
etiladigan qo‘shiq namunasida shamol homiysi sifatida Ya.o.ga murojaat etilgan. Ya.o.
nomi Toshkent atroflari hamda Jan. Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar o‘rtasida keng
tarqalgan. Uning shaxsiyati bilan bog‘liq mikrotoponimlar ham mavjud. Mas., hoz.
Toshkent sh. 2-Shim.-Sharq massivi ilgari Yalang‘och ota deb yuritilgan.
YASSAVIY Ahmad (taxalluslari:
Hazrati Xoja Ahmad Yassaviy, Kul Xoja Ahmad, Qul
Ahmad va b.) (1105-1166/67) - donishmand, shoir, yassaviylik tariqatining asoschisi.
Sayramda tugilgan. Otasi Shayx Ibrohim uzoq yillar Yassi va Sayramda shayxlik qilgan.
Ya. piri Arslonbob
maslahati bilan Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniydan tasavvuf
bo‘yicha mukammal ma’lumot olgan. So‘ngra, Turkistonga qaytib so’fiylikni targ‘ib
etgan. El orasida katta obro‘ orttirib, avliyo deb ulug‘langan. "Madinada - Muhammad,
Turkistonda - Ahmad" degan ovozalar tarqalgan. Muridlari ko‘payib,
yassaviylik tariqati
tarkib topgan. Yassida qazo qilgan. Mozori muqaddas qadamjoga aylangan. 1395-97
ylarda Amir Temur Ya.ning qabri uzra mahobatli maqbara kurdirgan. Ya. tuzgan
tariqatning barcha aqidalari "Devoni hikmat" she’riy asarida bayon etilgan. Unda poklik,
to‘g‘rilik, kamsuqumlik,
mehr-shafqat, halol kun kechirish, nafsni tiyishga intilish, imonli
bo‘lish kabi asl insoniy fazilatlar maqtalgan. Zolimlar, poraxo‘rlar, mutaassib
shayxlar,
johil va nodon kimsalar esa qoralangan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda Ya. hayoti, faoliyati va ijodi keng
o‘rganilib, i.tlar yaratildi. "Devoni hikmat" 2 marta (Toshkent, 1991, 1992) ko‘p nusxada
chop etildi.
Dostları ilə paylaş: