15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va
muhokama qilish;
(78-modda birinchi qismining 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi
O‘RQ-284-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda)
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning
o‘rinbosarini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasiga hujum
qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma
majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini
tasdiqlash;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon
qilish,
favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi
farmonlarini tasdiqlash;
20) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
Oldingi
tahrirga qarang.
21) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.
(78-modda birinchi qismining 21-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi
O‘RQ-366-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar,
qoida tariqasida, avval
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatida ko‘rib
chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: