Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini
xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Mulkdor
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
199
,
202—204-moddalariga
qarang.
54-modda.
Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi,
fuqarolar, yuridik shaxslar va
davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
55-modda.
Yer,
yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
zaxiralar
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir.
XIII bob. Jamoat birlashmalari
Dostları ilə paylaş: