42-modda.
Har kimga ilmiy
va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish
huquqi kafolatlanadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
X bob. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
43-modda.
Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan
huquqlari va
erkinliklarini ta’minlaydi.
44-modda.
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,
davlat organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari
ustidan sudga
shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-
harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi
Qonuniga
qarang.
45-modda.
Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat
himoyasidadir.
46-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
XI bob. Fuqarolarning burchlari
47-modda.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.
48-modda.
Fuqarolar Konstitutsiya
va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
49-modda.
Fuqarolar O‘zbekiston
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab
asrashga majburdirlar.
Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
Dostları ilə paylaş: