Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni
izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan
axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining
«Axborot olish kafolatlari va erkinligi
to‘g‘risida»
gi va
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»
gi qonunlariga qarang.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli
bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi
Qonuniga
qarang.
30-modda.
O‘zbekiston Respublikasining
barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va
mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan
hujjatlar,
qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
31-modda.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi
Qonuniga
qarang.
Dostları ilə paylaş: