Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
16-modda.
Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va
manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat
Konstitutsiya normalari va
qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
IV bob. Tashqi siyosat
17-modda.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning
tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari
va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning,
xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa
davlatlararo tuzilmalarga
kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining
Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi
Qonuniga
qarang.
IKKINCHI BO‘LIM. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI,
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
V bob. Umumiy qoidalar
18-modda.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib,
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i
nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy
adolat prinsiplariga
mos bo‘lishi shart.
19-modda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va
burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab
qo‘yilgan huquq
va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni
cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.
20-modda.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va
jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Dostları ilə paylaş: