O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
constitution oz

79-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum 
etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 
3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan
shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi. 
80-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, 
qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudini saylash; 
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudini saylash; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash; 
(80-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


(80-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 maydagi O‘RQ-430-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017 y., 22-son, 406-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini 
tasdiqlash; 
(80-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi O‘RQ-284-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda) 
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik 
xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
8) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni 
lavozimidan ozod etish; 
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; 
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi 
hujjatlarni qabul qilish; 
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi 
masalalarni hal etish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; 
(80-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 maydagi O‘RQ-430-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 22-son, 406-modda) 
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq 
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, 
shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin