94-modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib
hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang. 95-modda. Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi
hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik
palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga
tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan
qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib
yuborilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib
yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda
holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) Oldingi tahrirga qarang. 96-modda. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi
Qonunga
to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi
o‘tkaziladi.
(96-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 apreldagi O‘RQ-284-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 16-son, 159-modda) Oldingi tahrirga qarang. 97-modda. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi
lavozimini egallaydi.
(97-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)