O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
constitution oz

XXIV bob. Prokuratura 
118-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan 
nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar 
amalga oshiradi. 
119-modda. 
Prokuratura 
organlarining 
yagona 
markazlashtirilgan 
tizimiga 
O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh 
prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi 
tomonidan tayinlanadi. 
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining 
Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil. 
120-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat 
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga 
bo‘ysunib amalga oshiradilar. 
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni 
ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi 
qonun 
bilan belgilanadi. 
121-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-
qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ 
tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat 
ko‘rsatishi ta’qiqlanadi. 
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya 
qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam 
ko‘rsatishlari mumkin. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin