113-modda.
Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda
belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
19
va
560-
moddalariga
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining
10
,
162
va
188-moddalariga
,
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining
8-moddasiga
qarang.
114-modda.
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
115-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki
muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan
tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la
tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi
ta’minlanadi.
116-modda.
Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi.
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish
huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish
uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi
qonun
bilan
belgilanadi.
XXIII bob. Saylov tizimi
Oldingi
tahrirga qarang.
117-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash
va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z
xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi
Qonuniga
qarang
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning
konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining
birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz
yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik
organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng
bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi
bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va
saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati
vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylovni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik,
qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda
amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston
Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa
qonunlarga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari
orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida
saylanadi.
(117-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi O‘RQ-366-sonli
Qonuniga
asosan oltinchi — to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»
,
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»
,
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to‘g‘risida»
,
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»
gi
qonunlarga qarang.
(117-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son
Qonuni
tahririda
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)
|