LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining «
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida
»gi,
«
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida
»gi qonunlariga qarang.
XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati
106-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish
yuritadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
107-modda.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent
shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va
ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar
ma’muriy sudlaridan iborat.
(107-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 apreldagi O‘RQ-426-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 14-son, 213-modda)
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining
«Sudlar to‘g‘risida»
gi va
«O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»
gi qonunlariga qarang.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son
Qonuni
tahririda
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: