Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday
aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
236-moddasiga
qarang.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining
67—70-moddalariga
qarang.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi
mumkin
emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy
harakatlarda ishtirok etishi,
shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan
boshqa biron-bir faoliyat
turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan
asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining
71—74-moddalariga
qarang.
(112-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son
Qonuni
tahririda
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)
Dostları ilə paylaş: