O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
constitution oz

102-modda. 


Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari 
boshqaradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. 
(102-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 apreldagi O‘RQ-89-
son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2007 y., 15-son, 152-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
(102-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O‘RQ-
439-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 35-son, 914-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(102-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O‘RQ-
439-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017 y., 35-son, 914-modda) 
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda 
— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda) 
103-modda. 
Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga 
oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan 
javobgardirlar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, 
shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar 
taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi. 
(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi O‘RQ-366-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda) 
Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish
ularning vakolat doirasini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasining 
«Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g‘risida»
gi va 
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida»
gi 
qonunlariga qarang. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin