O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix06.07.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#62671
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
constitution oz

85-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan 
Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning 
o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan 
Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz 
berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan 
ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari 
chaqirib olinishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri: 
1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy 
rahbarlik qiladi; 
3) Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib 
boradi; 
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi 
ustidan nazoratni tashkil etadi; 
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament 
tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet 
davlatlar, xalqaro va o‘zga tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi 
nomidan ish ko‘radi; 
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi; 
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar 
chiqaradi. 
86-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi va uning 
o‘rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 
saylanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi. 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari yashirin 
ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga 
saylanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi yashirin ovoz berish orqali 
senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan 
Senat qarorlariga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi: 
1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; 
3) Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan 
nazoratni tashkil etadi; 
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament 
tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat 
organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Senat 
nomidan ish ko‘radi; 
7) Senat qarorlarini imzolaydi; 
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin