22-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z
hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini
huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.
23-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan
belgilangan burchlarni ado etadilar.
VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar
24-modda.
Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson
hayotiga suiqasd qilish eng
og‘ir jinoyatdir.
25-modda.
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi
mumkin emas.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
18
,
242—
248
va
558
-moddalariga qarang.
26-modda.
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda,
oshkora ko‘rib
chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda
ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
Hech
kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: