Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


Mammoli savol: Psixik rivojlanishi sharoitlari va uni xarakatga keltiruvchi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

Mammoli savol: Psixik rivojlanishi sharoitlari va uni xarakatga keltiruvchi 
kuchlar nimalardan iborat? 
Psixik taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuchlar xaqida so„z ketganda, 
avvalo asosiy omilni belgilab olish lozim bo„ladi. Ammo psixik taraqqiyotni 
ta‟minlovchi omil yagona emasligini, ular bir nechta ekanligini, shuningdek bu 
omillar o„zaro uzviy bog„liqlikda mavjudligi kabi faktlarni anglab etish kerak 
bo„ladi.
Psixik taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuchlar sifatida quyidagi 
omillarni e‟tirof etish mumkin; irsiy omillar, ijtimoiy omillar, maqsadga 
yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya, shaxsiy faollik. Ularning har biri alohida bir olam 
bo„lishiga qaramasdan taraqqiyotni o„zaro hamkorlikda ta‟minlaydi. Masalan, 
agar ta‟lim faoliyati aniq maqsad asosida amalga oshirilishi uchun shart-sharoit 
to„liq bo„lsa-yu, ammo o„quvchida shaxsiy faollik etarli darajada shakllangan 
bo„lmasa u xolda psixik taraqqiyotda muammo vujuda keladi va uni zudlik bilan 
to„g„rilash zarurati qujudga keladi. 
Psixik taraqqiyot sharoitlari va psixik taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi 
kuchlar xaqidagi masalani to„g„ri hal qilishga shaxs taraqqiyoti haqidagi ta‟limot 
yordam beradi.
SHaxsning mohiyati o„z tabiatidan ijtimoiy xarakterga egadir. SHaxsdagi 
barcha psixik xususiyatlarning, ijodiy faolligining rivojlanishi manbalari uning 
tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitga bog„liq xisoblanadi. Inson shaxsi 


determinlashgan bo„lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu 
ma‟noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatida yuzaga keladigan 
ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir degan xulosa chiqarish mumkin. 
Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, xarakteri, irodaviy xislatlari, 
qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlari tarkib topadi. 
YUqorida bayon etilganlarga asoslanib psixologiyada odamning psixik 
xususiyatlari uning hayoti davomida ya‟ni ontegenetik tarzda yuzaga keladi 
degan xulosaga kelingan. Bu xususiyatlarning tarkib topishi va rivojlanishida 
odamning ijtimoiy tajribasi uning hayoti va faoliyati sharoitlari, ta‟lim tarbiya 
etakchi, hal qiluvchi rolg„ o„ynaydi deb o„rgatadi. 
Muhit, ma‟lum maqsadga qaratilgan ta‟lim va tarbiya azaldan berilgan 
genetik jixatdan qat‟iy belgilangan narsadir. Muhit psixikani nomayon qilish 
uchun sharoitgina bo„lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib 
toptiradi. SHuni alohida qayd qilish lozimki jamiyat talablariga javob beradigan 
muayyan shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning Yosh 
avlodga ongli, maqsadga muvofiq ta‟sir ko„rsatish jarayoni sifatida ta‟lim va 
tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Birinchidan, odam muhit ta‟siri ostidagi 
passiv ob‟ekt bo„lmay, balki faol mavjudotdir. SHuning uchun tashqi hayot 
ta‟siri inson psixikasini to„g„ridan to„g„ri belgilamaydi, balki odamning muhit 
bilan bo„lgan o„zaro ta‟siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilaydi.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanish oqibati, natijasi tashqi sharoitlarga 
bog„liqdir. Lekin bu rivojlanishni bevosita tashqi sharoitdan va tashqi 
vaziyatdan keltirib chiqarib bo„lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha 
odamning hayotiy tajribasi uning shaxsi individual psixologik xususiyatlari va 
psixik qiyofasi orqali ta‟sir qiladi. Mana shu ma‟noda individ o„ziga xos 
psixikasi va shaxsiy tajribasini o„z ichki muhiti xususiyatlari orqali bilvosita 
ta‟sir kiladi. O„z davrida I.M. Sechenov odamning hatti-harakatlari tashqi 
tassurotlar orqali determinlashgani xaqidagi tezisni ilgari surganida tashqi 
taasurotlarni faqat muayyan paytda ta‟sir etib turgan mavjud taasurotlar kabi 
sodda ravishda tushunmaslikni, balki aslini olganda mazkur odamning hayotiy 
tajribasida mujassamlashgan barcha avvalgi taassurotlar yigindisini nazarda 
tutish kerakligini uqtirib o„tgan edi. 
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o„zi ham ongli ravishda o„z 
shaxsini o„zgartirishi, ya‟ni o„z-o„zini tarbiyalash jarayoni tevarak-atrofdagi 
muhitdan ajralgan xolda bormaydi. O„z-o„zini tarbiyalash muhit bilan 
moslashgan xolda va muhit bilan faol o„zaro munosabatda sodir bo„ladi. 
SHuning uchun o„zini-o„zi tarbiyalashda ham muhitning ta‟siri ko„rinib turibdi.
Keltirilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir xil tashqi sharoit, 
bir xil muhit turli bolalarga, o„smirlarga, yigit va qizlarga turlicha ta‟sir 
ko„rsatishi mumkin. Maktab o„quvchilarining psixik taraqqiyoti qonunlari 
shuning uchun ham murakkabki, psixik taraqqiyotning o„zi murakkab va 
qarama-qarshi o„zgarishlardan iborat jarayonning omillari, shu jumladan ta‟lim 
va tarbiya sharoitlari xilma-xil va ko„p qirralidir. . 
Oxirida shunday xulosa chiqarish mumkinki, odamning tashkil topgan 
va sistemalashtirilgan faoliyati uning vositasi hamda shartidir. SHu paytgacha
odamga mavjudot sifatida qarab kelindi, lekin odamning biologik moxiyatini 


inkor qilib bo„lmaydi. CHunki odam bevosita tabiiy mavjudotdir. O„z-o„zidan 
ravshanki odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar 
nixoyatda zarurdir. Insonning psixik xususiyatlari normal tarkib topishi uchun 
muayyan darajadagi biologik tuzilishga ega bo„lgan inson miyasi, inson nerv 
sistemasi bo„lishi shart. Insonning tabiiy xususiyatlari psixik rivojlanishning 
harakatga keltiruvchi omillar emas, balki dastlabki shartlaridir. Miya biologik 
tarzda tashkil topgan organ sifatida ongning yuzaga kelishi uchun dastlabki 
shartdir. Ong esa inson ijtimoiy turmushining maxsulidir. Nerv sistemasi 
tevarak-atrofdagi olamni aks ettirish uchun dastlabki shartdir. Ong esa inson 
ijtimoiy turmushining maxsuli bo„lib, juda katta imkoniyatlariga ega. Lekin 
tegishli qobiliyat faqat ijtimoiy sharoitdagi faoliyatda tarkib topadi. Qobiliyat 
kurtaklarining yangi nerv sistemasi va miyada ba‟zi bir tug„ma anatomik-
fiziologik xususiyatlarining mavjudligi qobiliyatlarning rivojlanishi uchun zarur 
tabiiy 
shart-sharoitdir. 
Ammo 
shart-sharoitlarning 
mavjudligi 
hali 
qobiliyatlarning rivojlanishini ta‟minlamaydi. Qobiliyatlar hayot va faoliyat 
sharoitlari, odamga beriladigan ta‟lim va tarbiya ta‟siri ostida tarkib topadi va 
rivojlanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin