Yosh davrini atrofdagilarga munosabat taraqqiyot darajasi bilan
bilimlar, usullar, qobiliyat taraqqiyoti darajasi o„rtasidagi aloqa belgilaydi.
D.B.Elkoninning ta‟kidlashicha, taraqqiyot jarayonining bu 2
turli tomonlar
o„rtasidagi munosabatning o„zgarishi keyingi Yosh davrlarda muxim ichki
asosni tashkil etadi. Masalan, go„daklik davrida bolaning tashqi muxit bilan
aloqasi uning kattalar bilan munosabati orqali amalga oshiriladi. Bola xuddi
shunday munosabatlar sistemasi sifatida ma‟lum malakalarni egallaydi. Unda
tasavvurlarning sodda bosqichlari shakllanadi. Kattalar bilan muloqat usullari
kengayadi, nutqi rivojlanadi va boshqalar. Bularning bari bolaning mustaqil
xarakat qilish imkoniyatlarining kengayishi uchun asos yaratadi. So„ngra
atrofdagilar bilan munosabat usullari ham o„zgaradi.
Bu esa psixik
taraqqiyotning keyingi borishi sharoitini o„zgartiradi. Bunday vaziyat o„smirlik
davrida ham vujudga keladi. Bunda oldingi taraqqiyot yutuqlari majmui bola
xayot sharoitlari o„zgarishi bolaning atrofdagilar bilan munosabat usullarining
o„zgarishiga olib keladi.
Psixologlar tomonidan Yosh davrlarning tabaqalashlarning nazariy
masalalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta
xissa bo„lib qo„shiladi, amaliy va nazariy muammolarning xal qilishda keng
qo„llanilmoqda.
Kiyingi yillarda bolalar va maktab o„quvchilarining
jismoniy va psixik
rivojlanishida
akseleratsiya (lotincha -
«tezlanish») xodisasi ro„y bermoqda.
Olimlar akseleratsiya xodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini
ko„rsatmoqda.
1. Biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlarning va radio
to„lqinlarining ta‟siri qishloq xo„jaligi va meditsinada o„sish va rivojlanishni,
stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qo„llanilishi, inson ozuqasida
hayvon oqsil moddalari miqdorining oshishi.
2. Ijtimoiy sabablari-hayot tipining kuchayishi,
hayot tonusining ortishi,
televideniya, radio, kino orqali bolaning o„smirlik chog„idan boshlab miyasiga
yig„iladigan g„oya ko„p miqdordagi informatsiyalar, ma‟lumot oqimining
ta‟siridan iboratdir.
Xozirgacha balog„atga erishish va jinsiy etilishning jadallashishi
to„g„risida bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. SHuning uchun o„sishdagi
jadallashish, ya‟ni akseleratsiya bo„yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan.
Ana shu boisdan har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e‟tirozli
qator
nazariyalar paydo bo„lgan. Qo„yida psixolog E.G„.G„oziev tomonidan sanab
o„tilgan akseleratsiya muammosiga oid qarashlarni keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: