o„g„il bolalar qishloq bolalariga qaraganda tezroq voyaga etishi ko„rinmoqda,
vaholangki, qishloq odamlari quYosh nurida ko„proq toblanadilar. Demak,
xozirgi davrda geleogen nazariya ziddiyatlarga sabab bo„lmoqda.
Umuman
oftobda toblanishni akseleratsiya jarayonining muhim jihatlaridan biri deyish
noto„g„ridir.
Geteroziya nazariyasi. 19 asr oxiri 20 asr
boshlardan buyon ijtimoiy
hayotda, turmushda keskin o„zgarishlar sodir bo„lgani insonlar o„rtasidagi
ijtimoiy, diniy, milliy, irqiy tafovutlarning keskin kamayishiga olib keldi. Turli
millat vakillarining aralash nikohga kira boshlagani bunga yorqin misoldir.
Diniy e‟tiqodlar, irqiy farqlar, etnik va milliy xususiyatlar, xarakter, urf-odatlar
va xokozolar aralash nikohga hech qanday to„siq bo„lolmadi. Hayot tarzi har xil
mamlakatlarning xalqlariga xos hususiyatlar ham aralash nikohni to„xtata
olmadi. Mazkur nazariyaga muvofiq psixik dunyodagi
qayta qurishlar nasliy
belgilar keskin o„zgarishiga sabab bo„ldi, natijada farzandlarning o„sishida
kuchayish, jadallashish, akseleratsiya xodisasi vujudga keldi.
Biroq mazkur
muammoni ilmiy jihatdan atroflicha asoslab berish uchun yuqorida ta‟kidlangan
omillar etarli emas.
Dostları ilə paylaş: