Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


Muammoli savol: SHaxs taraqqiyoti qanday davrlarga bo„linadi?



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

Muammoli savol: SHaxs taraqqiyoti qanday davrlarga bo„linadi? 
SHu vaqtgacha shaxs taraqqiyotini davrlarga bo„lib o„rganishga juda katta 
e‟tibor qaratilgan. Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan 
klassifikatsiyalaridan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko„ra, 1965 yili 
Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema 
hisoblanadi. U quyida berilgan jadvalda keltirilgan. 
Yosh davrlari 
Erkaklarda 
Ayollarda 
CHaqaloqlik 
1-10 kun 
1-10 kun 
Emiziklik davri 
10 kundan 1 yoshgacha 
10 kundan 1 yoshgacha 
Ilk bolalik 
1-2 yosh 
1-2 yosh 
Bolalikning 1-davri 
3-7 yosh 
3-7 yosh 
Bolalikning 2-davri 
8-12 yosh 
8-11 yosh 
O„smirlik davri 
13-16 yosh 
12-15 yosh 
O„spirinlik davri 
17-21 yosh 
16-20 yosh 
O„rta etuklik davri 
Birinchi bosqich 
22-35 yosh 
21-35 yosh 
Ikkinchi bosqich 
36-60 yosh 
36-55 yosh 
Keksalik davri 
61-75 yosh 
56-75 yosh 
qarilik davri 
76-90 yosh 
76-90 yosh 
Uzoq umr ko„ruvchilar 
90 yoshdan ortiq 
90 yoshdan ortiq 
 
Mashhur rus psixologi Vыgotskiy 1920-1930 yillarda o„zining oliy 
psixik funksiyalarining rivojlanishi nazariyasini e‟lon qildi. Vыgotskiy psixika 
taraqqiyotining umumiy genetik qonunini quyidagicha aniqlaydi: "Bola 
madaniy rivojlanishida har bir funksiya 2 bosqichda namoyon bo„ladi. Dastlab 
ijtimoiy, so„ng psixologik. Dastlab interpsixik kategoriya sifatida bola ichida 
namoyon bo„ladi. Har bir oliy psixik funksiya o„z taraqqiyotida tashqi bosqich 
orqali o„tishi kerak. 
Rossiya psixologiyasidagi Yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab 
L.S.Vыgotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Anan‟ev singari yirik psixologlarning 
asarlarida o„z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan 
shug„ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois Yosh davrlarini tasniflash 
muammosi o„zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga 
yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda 
Yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy 


qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish 
maqsadga muvofiqdir. 
L.S.Vыgotskiy 
psixologlarning 
Yosh 
davrlarini 
tabaqalash 
nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi 
ruhiy yangilanishlarga tayanib, Yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; 
1. CHaqaloqlik davri inqirozi. 
2. Go„daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz. 
3. Ilx bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. 
4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. 
6. Pubertat (jinsiy etilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz. 
L.S.Vыgotskiy o„zining Yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy
asoslab, ta‟riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy
va 
amaliy 
ahamiyatga 
molik 
mulohazalar 
bildirgan. 
Umuman 
L.S.Vыgotskiyning Yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy tarixiy 
ahamiyatta ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to„g„risidagi 
mulohazali va olga surgan g„oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. 
D.B.Elkoninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har 
qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga 
asoslanadi. Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli
nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. 
D.B.Elkonin Yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi: 
1. Go„daklik davri - tug„ilgandan 1 yoshgacha - etakchi faoliyat -bevosita 
emotsional muloqot; 
2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - etakchi faoliyat -predmetlar 
bilan nozik harakatlar qilish; 
3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o„yinlar; 
4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o„qish; 
5. Kichik o„smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, 
samimiy) muloqot; 
6. Katta o„smirlik yoki ilk uspirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - 
etakchi faoliyat - o„qish, kasb tanlash davri. 
D.B.Elkonin tasnifini ko„pchilik psixologlar tomonidan e‟tirof etilsa-
da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman 
D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa Yosh davrlari 
psixologiyasida muhim o„rin to„tadi. 
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson 
kamolotini Yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, 
quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi; 
1. CHaqaloqlik davri - tug„ilgandan bir oylikkacha; 
2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha; 
4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 
5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
6. O„rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha: 
7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha. 


Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Krutetstkiy insoning 
ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta‟kidlaydi: 
1. CHaqaloklik (tug„ilgandan 10 kunlikkacha); 
2. Go„daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 
4. Bog„chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha}; 
5. Bog„cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 
7. O„smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 
8. Ilk o„spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). 
YUqoridagi barcha tasniflar ularga qanday nuqtai nazardan 
yondashilganligidan qat‟iy nazar inson kamolotini to„la ifodalab berishga ojizlik 
qiladi. 
Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari 
haqida ko„proq ma‟lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, etuklik, qarilik 
davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to„g„risida nazariy va amaliy 
ma‟lumotlar etishmaydi.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili AV.Petrovskiy inson kamolotiga, 
shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, 
shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta‟kidlaydi: 
1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) -
tug„ilganidan 3 yoshgacha. 
2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha, 
4. O„rta maktab yoshi (o„smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha- 
5. YUqori sinf o„quvchisi (ilk o„spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
AV.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo„lsa-da, kamolotning oraliq 
bosqichlarini, ularning o„ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, 
o„sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo„lishidan qatxiy 
nazar, har ikkala yo„nalishning ham oraliq jabhalari bo„lishi ehtimoldan holi 
emas. 
Ma‟lumki, har bir Yosh davr, o„ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: 
oilada va maktabda bola holatining o„zgarishi, ta‟lim va tarbiya shakllarining 
o„zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim 
xususiyatlarning etilishi singari jarayonlarni qiritish mumkin. 
Hozirgi zamon psixologiyasida Yosh davrlarini shu nuqtai nazardan 
tabaqalash maqsadga muvofiqdir: 
1. Ilk bolalik davri -tug„ilgandan 3 yoshgacha; 
2. Bog„cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha; 
3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha; 
4. O„rta maktab yoshi (o„smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha; 
5. Ilk o„spirinlik (kollej va litsey o„quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha. 
Umuman, psixologlar tomonidan Yosh davrlarini 
tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo„lgan qator 
nazariyallari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni 
yoritishga katta hissa qo„shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal 


qilishda muhim o„rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo„lsada, hozir 
ontogenezni to„la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati 
mavjuddir. 
Amerikalik psixolog E.Erikson insonning umrini o„ziga xos bektakror 
xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadi. 
Birinchi davr – go„daklikda tashqi dunyoga ongsiz “ishonch” tuyg„usi 
vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr-muhabbati, g„amxo„rligi 
va jonkuyarligidir. Agar go„dakda ishonchning negizi paydo bo„lmay, borliqqa 
ishonchsizlik hissi tug„ilsa, voyaga etgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik 
vujudga kelishi shubhasizdir. 
Ikkinchi davr – ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat 
tuyg„usi shakllanadi yoki aksincha, ularning teskarisi – uyat va shubha hissi 
hosil bo„ladi. Bolada mustaqillikning o„sishi unga o„z tanasini boshqarish uchun 
keng imkoniyat yaratib, bo„lg„usi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom, 
maxsuliyat, javobgarlik, hurmat tuyg„ulari tarkib topishiga zamin hozirlaydi. 
Uchinchi davr – o„yin yoshi deb ataladi va unga 5-7 yoshli bolalar kiradi. 
Bu davrda tashabbus tuyg„usi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli 
tarkib topadi. Mabodo boladagi xohish-istakni ro„yobga chiqarish yo„li to„sib 
qo„yilsa, buning uchun u o„zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, 
ya‟ni guruh o„yinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat 
kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko„rishiga, uning hayoloti o„sishiga imkon 
yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg„usi, uni tushunish mayli tug„ila 
boshlaydi. 
To„rtinchi davr – maktab yoshi boladagi asosiy o„zgarishlar: ko„zlagan 
maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib 
turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu 
Yosh davrining salbiy jihatlari ham bo„lib, ular ijobiy hislatlari etarli 
bo„lmasligi, ong hayotining barcha qirralarini qamrab ololmasligi va hokazolar. 
Beshinchi davr – o„spirinlik betakrorlik hislati, o„ziga xosligi boshqa 
odamlardan keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy hayotda 
bajarayotgan rollarning ko„lami kengayadi, lekin barchasini egallash 
imkoniyatiga ega bo„lmaydi. SHuningdek rollarda o„zini sinab ko„rish bilan 
cheklanadi. Vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen 
jarayonlarni namoyon bo„lishi xosdir. 
Oltinchi davr – yoshlik, boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv 
qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa jinsiy 
mayl alohida o„rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholikni yoqtirish va 
odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan farqlanadi. 
Ettinchi davr – etuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida 
(mehnatda, ijodiyotda, g„amxo„rlikda pusht qoldirishda, tajriba uzatish va 
boshqalarda) maxsuldorlik tuyg„usi uzluksiz hamroh bo„ladi. 
Sakkizinchi davr – qarilik, inson sifatida o„z burchini uddalay 
olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuyg„ulari bilan 
xarakterlanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidlilik, 
ko„ngil sovush tuyg„ulari xos. Donolik, soflik, gunohlardan forig„ bo„lish ularga 
xos eng muhim xususiyatlardir. 


Fransuz psixologi A.Vallon nuqtai nazaricha Yosh davrlari quyidagi 
bosqichlarga ajratiladi: 
Xomilaning ona qornidagi davri; 
Impulsiv harakat davri – tug„ilgandan 6 oygacha; 
Emotsional (his-tuyg„u) davri – 6 oylikdan 1 yoshgacha; 
Sensomotor (idrok bilan harakatning uyg„unlashuvi) davri – 1 yoshdan 3 
yoshgacha; 
Personologizm (shaxsga aylanish) davri – 3 yoshdan 5 yoshgacha; 
Farqlash davri – 6 yoshdan 11 yoshgacha; 
Jinsiy etilish va o„spirinlik davri – 12 yoshdan 18 yoshgacha. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin