CHAQALOQLIK VA GO„DAKLIK DAVRLARI
Bolaning ona qornidagi o„sish davri onaning organizmiga uzviy bog„liq
xolda kechadi. CHaqaloqning tug„ilishi sifat o„zgarishi ijtimoiy rivojlanishning
yangi ko„rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga ega. SHu
tufayli tug„ilish tabiatning chaqaloq organizmini kuchli larzaga keltiruvchi
mo„jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulotda
yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo„lgan
qo„zg„ovchilar doirasiga tushadi.
CHaqaloqlik davrida ana shunday yangi muhitga moslashish jarayoni
amalga oshadi.
Go„dakning hayotiy faoliyati va tarixi uni qurshagan, parvarishlaydigan
katta yoshdagilarga bevosita bog„liq bo„lib, uning barcha extiyoji va talablari
faqat kattalar tomonidan qondiriladi. Kattalar go„dak uchun yaratgan ob‟ektiv
va sub‟ektiv shart-sharoitlar uning o„sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini
o„taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xossalarini kattalar go„dakning psixik
dunyosiga singdiradilar. SHiqildoqlarning shakli, rangi, xar-xil o„yinchoqlar va
xokozolarni bolaning diqqatiga xavola qilish, unda jismlar to„g„risida tasavvur
obrazlarni yaratadi, go„dakning xissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi.
O„zaro muloqot jarayonida jismlarni ushlashga o„rgatish mashqlari natijasida
go„dak «Tanish» jismlarga talpinadigan ularga qo„l uzatadigan bo„la boshlaydi,
unda rang va shaklni farqlash imkoniyati tug„ila boshlaydi.
Tasavvur o„tkazishning murakkab bosqichida bola kattalar yordamida
o„tirish, tik turish, ovqatlanish, qurollardan to„g„ri foydalanish, uzluksiz va
mazmunli xarakatlarni amalga oshirishni o„rganadi. SHuning uchun aks ettirish
qaysi bosqichda bo„lishidan qat‟iy nazar, bevosita yo„l bilan amalga oshadi.
Umuman go„daklik davrining dastlabki bosqichida olamdagi barcha ashyolar,
jismlar to„g„risidagi tasavvurlarga ega bo„ladi. Mazkur davrning aksariyat
boskichlarida go„dakda bilim va tajribalarni, ko„nikma va malakalarni mustakil
egallash imkoni bo„lmaydi.
Go„daklik davrining hususiyatlarini o„rgangan L.S.Vыgotskiy «Go„daklik
davri» asarida bolaning voqeylikka munosabati dastlab ijtimoiy munosabatdek
tuyilishi, ana shu jihatdan jonzot deyish mumkinligini uqtiradi. Go„dak tabiiy,
biologik jixatdan onadan ajragan bo„lsa ham, aslida u bilan ijtimoiy
bog„liqligicha qoladi.
Go„dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o„rganish
bo„yicha qator tadqiqotlar mavjud. SHular orasida N.L. Figurin, M.P. Denisova,
M.YU.Kistyakovskaya,
A.Vallon,
D.B.Elkonin,
E.A.Arkin,
S.Fayans,
SH.Byuler, F.I. Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S. Fayans tajribasida go„dakka chiroyli va jozibador uyinchoklar 9 sm
masofadan ko„rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oralik
60 sm bo„lganda bolaning intilishi, qo„l cho„zishi sustlashgan, va nihoyat ular
100 sm dan ko„rsatilganda bolada intilish, cho„zilishi, ixtiyorsiz xarakati
mutlaqo so„ngan. U o„yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana
shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi,
qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin.
YUqoridagi tajriba materillari asosida shunday xulosa chiqarish mumkin:
go„dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go„dakni qurshab to„rgan
jismlar borgan sari uning nigohini o„ziga tortib, maftun qilib, qo„zg„atuvchi
vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo„ljalga olish, chamalash faoliyatini
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim yoshlik go„daklarda jozibali
narsalarning o„zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma‟lumotlarga
qaraganda go„dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni)
tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko„ruv
qo„zg„atuvchisiga diqqatni to„plash 26 sekundddan 37 sekundgacha harakat
qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sekunddan 38 sekundgacha,
xarakatdagi ko„ruv qo„zg„atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha,
harakatdagi insonga e‟tibor berishi 49 sekunddan 88 sekundgacha ortgan.
Tajribada go„dakning xarakatlanayotgan odamga diqqatini to„plab turishi
4 marotaba ortgani aniqlangan.
Go„dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi
uning kattalarga munosabati o„zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga
kirishganda sust retseptor o„rnini faolrog„i egallaganidandir. Go„dakda fazoviy
tassavvurning
boyishida
jumlalarning
idrok
qilishidagi
farqlashning
takomillashuvi muhim vosita xisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar
natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o„quvi paydo bo„ladi.
Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar
bilan tanlab munosabatda bo„lishi vujudga keladi. Uch oylik go„dak begonalar
orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar
ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M.YU.Kistayakovskaya
ma‟lumotiga ko„ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz
tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o„giradi, xatto, qo„rqib yig„lab
yuboradi. Bolada o„zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog„lanib qolishi
sodir bo„ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko„rsa qiyqirib
qarshilaydi, unga talpinadi, qo„l-oyog„ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim
yoshga to„lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-urug„lariga, xatto qo„ni -
qo„shnilarga ham bog„lanib (o„rganib) ko„nikib qoladi. Ta‟minan 8-9 oyligidan
kattalar bilan dastlabki o„yin faoliyatini boshlaydi.
O„yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg„ulari avval faqat
kattalar ishtirokida namayon bo„ladi, vaqt o„tishi bilan uyinning o„zi bolaga
quvonch bag„ishlaydi. Go„dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-
xarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko„mak berish
ishtiyoqi tug„iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi
faoliyatga ham o„ta boshlaydi. Ma‟lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot
ko„lamini kengaytirishga yordam beradi.
SHunday qilib, go„daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish
extiyoji tug„iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o„ziga xos yangi
shakli sifatida bolaning o„sishida muhim rol o„ynaydi. Bir yoshgacha davrda
paydo bo„lgan extiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha ma‟lumot
cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi.
Vujudga kelgan qarama-qarshilik o„z echimini nutq orqali muloqot davrida
topadi. Va bola o„tishning birinchi bosqichida o„tayotganini ifodalaydi.
Go„dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmuni boyib,
ko„lami kengayib boradi. Natijada xaqiqiy ma‟nodagi shaxslararo munosabat
vujudga keladi, go„dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng
imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go„dakning o„sishini ta‟minlovchi
ob‟ektiv va sub‟ektiv sharoitlar yaratilishi bolaning faolligi ortishi uchun
psixologik negiz bo„ladi.
Xarakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida
o„rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta‟kidlashicha 2-3 xaftalik
go„dakda ko„z konvergensiyasi vujudga kelsa ham, o„z nigoxini turli jismlarga
qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi, hayotining keyingi 3-5 haftalarida esa
uning nigoxi oz fursat bo„lsada, muayyan ob‟ektga to„plana boshlaydi. 4-5
haftalik go„dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko„nikmasi xosil
bo„ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o„rganadi, u 3
oyligida 4-7 metr oralig„idagi jismlarni ham payqay oladi, nixoyat 6-10 xaftalik
go„dak xatto aylanayotgan predmetlarning xaraktini idrok qilish imkoniyatiga
ega bo„ladi. Keyinchalik xissiy organlarning ko„z bilan turli funksional aloqalar
o„rnatishi qaror topadi. Go„dak 4 oyligida uning jismga tikilishi va uni tomosha
qilishi nisbatan barqaror bo„ladi.
YUqoridagi fikrlarga qaramay mazkur yoshdagi bolalarda qo„l xarakati
beixtiyor
xususiyatga
ega
bo„lib,
jismlarni
maqsadga
muvofiq
xarakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go„dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo„lini
yo„naltiradi, asta-sekin unda paypaslash uquvi namayon bo„la boshlaydi. 5-6
oyligida predmetni va uni o„ziga tortib olish ko„nikmalari shakllanadi. Xarakat
va teri tuyush organlari sifatidagi qo„l vazifasini o„tovchi ko„rish qobiliyati bir
maromda rivojlanishdan bir muncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda turish,
o„tirish, emaklash, yurish, gapirish ko„nikmalari shakllanadi.
YUqoridagi xollarning moddiy asosini o„rgangan N.M.SHechelovanov 2
oylik bolada bosh miya yarim sharlari po„stlog„i o„z funksiyasini boshlashini, bu
xol barcha idrok qilish organlarida, jumladan, eshituv, ko„ruv, apparatlarida
reflekslar paydo bo„lganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha
eshitish, ko„rishning yuksak analizatorlari xattoki, ularning kortikal bo„limlari
rivojlanganidan keyin bolada xarakat va xarakatni idrokqilish xodisasi
rivojlanadi.
Go„dak bir necha marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini
yaqinlashtiradi, shunday qulay xolat yaratadiki qo„lining uchi jismga tegishi
bilanoq uni ushlab oladi. Qo„l ushlash xarakatining vujudga kelishi ham
go„daklik davrining muhim rivojlanish pallasi xisoblanadi. CHunki, qo„l bilan
ushlash xarakati birinchidan, ko„rish, xarakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan,
mazkur psixologik xolat birinchi yo„naltirilgan xarakatni ifodalaydi,
uchinchidan, jismlarni ushlashga intilishining o„zi predmet bilan turli
xarakatlarni bajarish (manipulyasiya) ning eng qulay shartidir.
R.YA.Abramovich-Lextman go„dakning bir yoshgacha davrida predmetlar
bilan xarakat qilishni o„rganib, ularning 6 ta rivojlanish bosqichidan iborat
ekanligini aytadi. Bo„lar: a) faol sergaklik (tetiklik) 2 xaftalikdan 4-5
xaftalikkacha; b) sensor faollik 1,5 oylikdan- 2,5-3oylikkacha; v) xarakat oldi
2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha; g) sodda «sermaxsul» xarakat 4 oylikdan 7
oylikkacha; d) o„zaro bog„langan (uyg„un) xarakat-7-10 oylikkacha; e)
funksional xarakat 10-11 oylikdan 12-13 oylikgacha davom etadi.
Predmetning xususiyatiga qarab bola xarakatidagi o„zgarishlarni M.YU.
Kistyakovskaya, D.B. Elkonin, E.A. Arkin, V.S.Muxina, N.A. Menchinskaya va
boshqalar, repseptor faoliyati mexanizmlarini I.P. Pavlov va uning shogirdlari
F.R.Dunaevskiy va boshqalar o„rganishgan. Ularning talqiniga emaklash-
go„dakning fazoda mustaqil xolda o„rin almashtirishi, xarakat qilishining
dastlabki ko„rinishidir. Mustaqil yurish-go„dakning insonlarga xos yo„sinda
fazoda siljishi, joyidan qo„zg„alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada
tayyorgarlikni taqazo qiluvchi xarakatlarning yangi ko„rinishidir.
SHunday qilib go„dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga
kirishuvchi va ular yordamida xarakatlanishi narsalarning yangi xossa va
xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirish uchun
imkon yaratadi.
Hayotning ikkinchi yarmida bolaning predmetlar bilan xar-xil xarakatlarni
amalga oshirishdagi ildamligi, orentirlashtirish faoliyatining murakkablashuvi,
fazoda o„rin almashtirishning yangi shakllari vujudga kelishi uni katta yoshdagi
odamlarga bevosita bog„lab qo„yadi.
Go„dak o„sishining murakkabligi uning xilma-xil faoliyati bilan o„zaro
bog„langandir. SHuning uchun katta yoshdagi odamlar bu davrda go„dakning
extiyojlarini to„la qondirishga xarakat qilishlari kerak. SHundagina ularning bola
psixikasiga muntazam va maqsadga muvofiq ta‟sir etishi bola bosh miya katta
yarim sharlari po„stining faoliyatini takomillashtiradi.
Go„dak hayotining dastlabki oylaridan boshlaboq o„yin faoliyati uning
hayotida muhim o„rin egallaydi, ko„rib va eshitib idrok qilish uquvini o„stiradi.
Jismlarning rangi, shakli katta-kichikligini ajrata olish qobiliyatini rivojlantiradi.
O„yin faoliyati go„dakning borliqni bilishda va uni aks ettirishda muhim rolg„
o„ynaydi.
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilish, go„dakning qurshab to„rgan
odamlar nutqini idrok qilish tom ma‟nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi.
Muloqotning so„nggi turlari go„dak hayotining 2- yarim oyligida ko„zga
tashlanadi. Uning o„zini parvarishlayotgan, odamlarga iliq tabassum, quvonch va
shodlik tuyg„usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas balki ichki
mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy
ta‟sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan
ta‟sirlanish xis-tuyg„usi go„dakning hayot faoliyatida bir necha yo„nilishda
qaror topib beradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg„usida: butun
vujudi bilan talpinishi tikilib turishi, xarakatlarni ko„zg„atuvchi kelgan tomonga
burishi, o„ziga xos tovushlar chiqarishi yoki g„ug„ulashida yaqqol ko„rinadi.
Ta‟sirlanish xis-tuyg„usi «jonlanish majmuasi» bilangina emas, uning aloxida
tarkibiy qismlarini (tovush, chexra va xakazolar) ta‟sirida ham vujudga keladi.
Ta‟sirlanish tuyg„usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat
ayrim (yaqin tushgan) kishilarga nisbatangina xosil bo„ladi.
Ta‟kidlanganidek ta‟sirlanish tuyg„usi avval umumiy xususiyatga ega
bo„ladi. Keyinchalik 4-5 oylik paytlarida kishilarni tanish va begonaga ajratish
bilan yakunlanadi. YA‟ni tanishlar go„dakda chuqur ijobiy kechinmalar xosil
qilsa, begonalar quvonch va tabassum xislarini butunlay to„xtatishga ham olib
keladi. Tanish kishi psixik jarayon sifatida bolaning psixikasiga aloxida
ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan katta yoshdagi odamlar go„dak uchun
dastlabki tanish jarayonining ob‟ektiga aylanadilar va muloqot davomida ijobiy
ta‟sirlanish tuyg„usini paydo qiluvchi qo„zg„atuvchi vazifasini o„taydilar.
Bola hayotining 2 yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilish va uni tushunish
jadal sur‟at bilan o„saveradi. CHunki, ona yoki tarbiyachi parvarish qilish va
tarbiyalash jarayonida xar bir xarakatni tushunchalar, so„z birikmalari, atamalar
bilan birga amalga oshiradi, xarakat bilan predmetning uzviy bog„liqligini
yoritishga kirishadi. Ma‟lumki, xar qaysi predmet va voqea o„z nomi bilan
ifodalanadi, natijada bola uchun onaning yoki tabiyachining nutqini tushunish va
ilg„ab olish birmuncha engillashadi. Ularning barchasi bola bilan katta yoshdagi
odamlar o„rtasida uzluksiz hamkorlik vujudga kelishini taqazo qiladi. Bolaning
hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiya yoki tug„ushganlari ishtirokidagi)
o„yin faoliyati ham, xis-tuyg„uga berilishi ham nutq va nutq faoliyati bilan
chambarchas bog„liq bo„ladi.
D.B.Elkonin xulosasiga ko„ra, nutqni tushunish vujudga kelishining asosiy
shartlari quyidagilardan iborat: a) umumiy xolatdan predmetni ajrata olish; b)
predmetga diqqat-e‟tiborni to„plash; v) favqulotda xolatiga qarab, anglanadigan
xis-tuyg„uning mavjudligi va boshqalar.
O„zgalar nutqini tushunish ko„ruv idrokining zamirida vujudga keladi. Boladagi
o„zgarishlar nutqini tushunishga o„rgatishda katta odam biror o„yinchoqdan
ta‟sirlanishni xosil qiladigan qo„zg„atuvchini uyg„otadi. Bunda jism va
rasmlarga bolaning diqqatini jalb etadi, yoki uning qo„lidagi yoxud stol ustidagi
ob‟ektlarni ko„rsatib «Surnay qani?», «Katta ayiqcha qani?» kabi savolar bilan
murojaat qiladi.
Kattalarning bola bilan mashg„ulotlarni bir necha marta takrorlashi
natijasida tallaffuz qilinayotgan so„z bilan predmet uzviy bog„lanadi va bu
bog„lanish bir necha bosqichlarda namayon bo„ladi. Dastavval kattalarning
savoli bolada xech qanday ta‟sirlanish tuyg„usi ko„zga ko„rinmaydi, xatto
go„dak o„sha predmetga qiyo ham boqmaydi. Ikkinchi bosqichda bolada savolga
nisbatan sust xarakatlanish xosil bo„ladi va u predmet turgan tomonga diqqatini
yo„naltiradi. Nutqni idrok qilishning uchinchi bosqichida go„dak uchun jismning
moxiyati va mazmuni muhim ahamiyat kasb etmaydi, balki berilayotgan
savolning intonatsiyasi, ritmi, tempi, mantiqiy urg„usi bosh mezon, asosiy turtki
vazifasini bajaradi. O„zgalar nutqini tushunishning oxirgi bosqichida go„dak
predmetni anglatuvchi so„z bilan predmetni o„zaro bog„lash imkoniyatiga ega
bo„ladi, natijada boshqa joylardan ham shu predmetni topish uchun ijodiy
izlanishga xarakat qiladi. Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi
go„dakning 9-10 oyligidan boshlanadi va uni o„zgalar nutqini tushunishning ilk
shakli va ko„rinishi deb aytiladi.
Tadqiqotchi F.I. Fradkina kattalarning go„dakka qaratilgan nutqida
quyidagi ta‟sirlanish xolatlarini ko„rish mumkinligini aniqlangan. Birdan
bajarishga intilish (7-8oylikda), 3) Kattalarning nutq orqali ko„rsatmasi bo„yicha
oddiy topshiriqlarni bajarish (9-1% oylikda), 4) Nutq orqali ko„rsatma bo„yicha
zarur predmetni tanlab olish (10-11 oylikda), 5) «Mumkin emas» degan
takidlovchi so„z ta‟sirida xarakatni to„xtatish ( 12 oylikda va xakozo).
D.B.Elkonin fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o„sishining o„ziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Kattalar nutqini tushunish hamda dastlabki so„zlarni mustaqil talaffuz qilish:
2. Predmetlar bilan xilma-xil xarakatlarni uyg„unlashtirib, ish-xarakatini
bajarish:
3. YUrishga o„rinishning ro„y berishi:
4. Xatti-xarakatni so„z bilan boshqara olish:
5. So„z bilan go„dakning idrok qilish faoliyatini boshqara olish va xakazo.
SHunday qilib, bir yoshgacha go„dak egallagan eng qimmatli xususiyat
paydo bo„ladi va u boladagi ijtimoiy extiyojning vujudga kelishida va uning shu
extiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o„z
ifodasini topadi. SHuning uchun jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti-
xarakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari
zamirida muloqotga extiyoj tug„iladi. Go„dakning o„sishi kattalar bilan
muloqotga kirishish natijasida ro„y beradi.
Demak, 3 oylik go„dak gapirayotgan odamni o„z ko„zlari bilan topish
imkoniyatiga ega bo„ladi, chunki, unda shu paytgacha tovush manbaini izlash
uquvi shakllanadi. SHunga ko„ra bola tovush kelgan tomonga qarab
so„zlovchiga munosabatini xis-tuyg„uga o„rab ifodalay oladi. Go„dakning borgan
sari diqqat bilan atrof-muhit manzaralarini va xar-xil ovozlarni eshitish hamda
ko„rish imkoniyati uning umumiy o„sishida aloxida ahamiyat kasb etadi.
Tajribalar taxlilidan ko„rinishicha, ko„rish, eshitish analizatorlari go„dakning
voqeylik va borliq bilan, kattalr bilan o„zaro muloqotga kirishi natijasida
takomillashadi. Go„dakning o„z ko„zlari orqali inson va jismlar to„g„risida
muayyan ma‟lumot olishi turmush tajribasi ortib borishi bilan vujudga keladi.
Eshitish analizatorlari yordamida tovushlarni idrok qilish ovozlarni farqlashdan
iborat, shartli reflekslarning tabiatiga ko„proq bog„liqdir. SHu sababli, go„dak
inson bilan musiqaning tovushini ajrata biladi, ularning kuchsiz va kuchliligini,
yoqimli va shovqinligini sezadi. Uning eshitib tushunishi va nutqini idrok
qilishni ko„pgina shartli bog„lanishlarning sifati bilan o„lchanadi.
Inson zotining bir yoshgacha davrini nutqgacha davr deb atash odat bo„lib
qolgan. Bu davr mobaynida go„dak bosh miya yarim sharlari ikkinchi signallari
sistemasi faoliyati bilan bog„liq anchagina ishlarni amalga oshiradi. Nutqni
tushunib idrok qilish esa kun sayin o„sib, takomillashib boradi.
Go„dak ikki oylik bo„lguniga qadar g„udurlashni o„rganadi. G„udurlanish
ijobiy xis-tuyg„u, barqaror kayfiyatning maxsuli sifatida boshlanadi. U asta-
sekin artikulg„yar apparatning takomillashuvi natijasida tovushlarni o„zaro
farqlay boshlaydi. YUqorida aytilganlarning barchasi, bola amalga oshirayotgan
nutq faoliyatining nishonasi tug„ilayotganini ko„rsatadi.
Go„dak hayotining analizatorlari rivojlanib, orienterlash reaksiyasi aniqroq
ifodalana boshlaydi. SHartli reflekslar ko„lami tobora kengayishi natijasida
voqelikka hissiy munosabat takomillashadi. Go„dak hayotining ikkinchi yarmida
esa u kattalarning imo-ishoralarini tushunib idrok qila boshlaydi. Faol
alomatlarning vujudga kelishi bilan go„daklik davri tugaydi va ilk bolalik Yosh
dari boshlanadi.
Inson ontogenezida uning 1 yoshdan 3 yoshgacha o„sish davri aloxida
ahamiyat kasb etadi. CHunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar,
xarakter xislatlari, atrof-muhitga,o„zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va
ong kabi psixik aks ettirishning turli ko„rinishlari shakllanadi. Bo„larning
barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi.
Bolaning yurishga o„rinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashg„ul
bo„lish imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga
bog„liqligi nisbatan kamayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |