tovushlarini to„g„ri talaffuz qilishadi ular til xissi tarkib topadi ularning nutqi
tobora rivojlana boradi. Bola faol nutqining o„sishi bolalik davrining muhim
tomonidir. Bola dastlab (1 Yosh u 6 oygacha) katalarning nutqini tushuna
boradi. Undan keyin esa shu tushunish asosida bolaning faol nutqi tobora o„sadi.
Hayotning 2- yilida bola kattalarning narsa nomlari bilan bog„liq bo„lgan
hamma so„zlarni tushunadi. Bolaning nutqi tobora tusha borishi uning xulq
atvoriga so„z yordamida raxbarlik qilishiga imkon beradi.
3 yashar bolada xulq atvorining asosiy qoidalari faqat taxlid yo„li
bilangina emas balki kattalarning og„zaki ko„satmalari yordami bilan ham
vujudga keladi.
Dastlab bola bir bo„g„inli gaplarda so„ngra esa 2-3 bo„g„inli gaplardan
foydalanadi. Bola hayotining 3-yoshli oxiriga kelib uning so„zlashuv leksikasida
bog„cha so„z turumlariga tarkibiga kiradigan bu so„z uchraydi. Bolalar
kattalarning gapini eshitishni yaxshi ko„radi, kichik-kichik she‟r, xikoyalarni
esda saqlashadi, bu uning nutqini o„stirishda yordam qiladi. O„sib borayotgan
nutq barcha psixik jarayonlarga - xotira, taffakkur, xayol va shunga
o„xshashlarga katta ta‟sir ko„rsatadi. 3-yoshdagi bolalar kattalar bilan birgalikda
suratlar ko„rib chiqishni va suratlar asosida aytiladigan xikoyalarni eshitishni
sevadi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolaga (1-yoshdan 5-yoshgacha bo„llgan
bolada) xos beixtiyor (ixtiyorsiz) esda qoldirish xususiyati maktabgacha tarbiya
yoshidagi katta bolada tobora ixtiyoriy (ataylab) esda qoldirishga aylana beradi.
Bolaning tiklovchi xayoli o„sadi, so„ngra ijldiy xayol paydo bo„ladi. Bu
yoshdagi bolalarning xayoli etarli darajada kuchli taraqqiy etganligi sabali
ko„pgina xayoldagi narsa bilan xaqiqiy narsani aralshtirib yuborishadi. Bolalar
idrokning faol ravishda rivojlanishining, tevarak atrofdagi muhitga qiziqishining
olib borishi tufayli uning ixtiyoriy diqqati jadallik bilan tarkib topadi.
Kattalarning ta‟siri va uning tarkiblari bilan faoliyat jarayonida maktabgacha
tarbiya yoshdagi 5-6 yashar katta bolalar endi shaxsga xos ba‟zi bir barqaror
sifatli xulq-atvorning ba‟zi tarkib topgan formalarini ko„rinadi. Bo„ yoshdagi
katta bolalarda dastlabki aqliy tassavvur ham o„sa boradi. Maktabgacha tarbiya
darida bolaning ijtimoiy, aqliy va axloqiy kamol toptirish uchun maktabda
o„qishga tayyorlaydi. Bolalarni sistemali ta‟lim olishga psixologik jixatdan
tayyorlash, ularda o„qishga xavas bilim olishga intilish bolalar muassasalarida
ham oilada ham maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarda o„quvchi bo„lish,
o„qiy boshlash va o„zi uchun yangi hayotga o„quvchi bola hayotiga qo„shilish
istagi namayon bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: