Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


O„SMIRLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

O„SMIRLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI 
  O„smirlik insonni balog„atga etish davri bo„lib, o„ziga xos xususiyati 
bilan kamolotning boshqa pog„onalaridan keskin farq qiladi. O„smirda ro„y 
beradigan biologik o„zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish
nuqtasi vujudga keladi. Balog„at davriga 11-15 yoshli qizlar va o„g„il bolalar 
kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o„sish va jinsiy etilish
amalga oshadi.
O„smirlik yoshida qizlar va o„g„il bolalarning jismoniy qiyofasida 
muhim o„zgarishlar ro„y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o„g„il 


bolalarga nisbatan tezroq o„sib ulg„ayadilar. Bu narsa qiz bolalarnig ertaroq 
jinsiy balog„atga etishiga bog„liqdir. 
6, 7- sinflarda novcha, salobatli bo„lib ko„rinadigan bo„ychang qizlar
bilan yonma-yon past bo„yli, serxarakat o„g„il bolalar tez o„sib, qiz bolalar 
bilan tenglashib oladilar. YUqori sinfga o„tganlarida esa ulardan o„zib 
ketadilar.
O„smirlik davrida o„g„il blolalarning bo„yi 25-30sm, qiz bolalarning 
bo„yi 18-20 sm o„sadi. Bu davrda tananing intensiv o„sishi yuzaga keladi.
Ma‟lumki, bo„yiga o„sish, naysimon suyaklar va umurtqa pog„onasining 
uzayishi xisobiga ro„y beradi. Bu davrda naysimon suyaklarning oxirgi tayanch 
qismlari xali etarli darajada suyaklashmagan, yumshoq bo„ladi. Bu
xususiyatlarni nazarda tutish, o„smirning sportning murakkab og„ir turlari bilan
shug„ullanishiga yo„l qo„ymaslik kerak. Aks xolda bolaning umurtqa pog„onasi 
qiyshayib, bo„yi o„smay qolishi mumkin.
O„smirlik yoshining ikkinchi davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning 
umurtqa qismi (burun, yuqori jag„, yonoq) juda tez shakllana boshlaydi. YUz
keyinchalik qariyib o„zgarmaydigan muayyan shaklga kiradi. Og„iz bo„shlig„i 
va xalqum o„zgaradi, bo„g„izda ham o„zgarish ro„y beradi: ovoz paylari uzayadi 
va kuchayadi. Natijada o„smirlarning, ayniqsa o„g„il bolalarning ovozi yo„g„on 
va past bo„lib qoladi. «Ovozning buzilishi» Yosh bolalarga xos o„tkir, 
ovozning nisbatan past, kattalarga xos ovoz bilan almashinuvidir. 
Biroq bu ovozlar orasiga xali bolaning o„tkir ovozi qo„shilib ham turadi. 
Kattalar xazil bilan o„smirlar ovozini «xo„roz ovozi» deb ataydilar. Ovozning 
o„zgarishi o„smirning o„zini taajubga soladi. Qizlarning ovozi keskin 
o„zgarmaydi. SHunday bo„lsa-da qizlarga xos o„tkir, jaranglagan ovoz asta-sekin 
qizlarning mayin, tekis va nozik, salgina pasaygan ovoziga o„z o„rnini beradi.
O„smirlik yoshida muskul sistemasining o„sishi ham o„ziga xos 
xususiyatlarga ega. Muskullar tez o„sib, mustaxkamlanib boradi. Oyoq va qo„l 
suyaklarining o„sishdan orqada qoladi. O„smirlarning muskullari xali ingichka, 
nisbatan kuchsizdir. Natijada o„smirning gavdasi nomutanosib, xarakatlari, 
yurishi notekis, beso„naqay bo„ladi. Oyoq tovonlari tez o„sadi. Oyoqlar uzun, 
muskullar nozik bo„lganidan o„smir 
yurishidagi beso„naqay bo„ladi.
O„smirlarda o„z muskullarini o„stirishga zo„r ishtiyoq tug„iladi. Ular og„ir 
narsalarni 
ko„taradilar. 
Muskullarini 
o„stiradigan 
mashqlar 
bilan 
shug„ullanadilar. O„smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin