Muammoli savol: O„smirlik davridagi jins tafovutlari nimalardan
iborat?
O„g„il bolalarda 11 yoshda 1900-2000 ml; 15 yoshda 2600-2700ml
shuning uchun nafas olish xar daqiqada 2 marta kamayadi. O„g„il bolalar
qorin bilan, qizlar esa ko„krak bilan nafas ola boshlaydilar.
Kislarodga ochlik o„smirning psixik faoliyatiga ta‟sir etib, miya muskul
sistemasidan farqli ravishda kislaroddan bir necha marta ko„p iste‟mol qiladi.
Ana shuning uchun ham yaxshilab shamollatilmagan va ko„p o„quvchi
o„qiydigan sinfxonalarda o„smirlar tez charchaydilar va ish qobiliyatlar tez
susayadi. Natijada bola darsga quloq solib o„tirmasligi, intizomga rioya
qilmasligi mumkin.
O„smirlarning yurakning xajmi va tiriklik sig„imi xar yili 25%
kattalashib boradi.
Mazkur davrda tananing umumiy xajmidan 7-8%ni qon tashkil qiladi.
Qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida
bo„ladi. YUrak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi. Masalan, 11
yoshda daqiqada 85-90 marta urgan bo„lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha
pasayadi.
O„smirlarning jismoniy jihatdan o„sishida jinsiy balog„atga etish katta
rol o„ynaydi. Jinsiy etilishning boshlanishi ko„p jixatdan iqlimga va milliy-
etnografik omillarga va shu bilan birga individual hayot xususiyatlariga
(sog„ligiga, boshdan kechirgan kasalliklar, ovqatlanishga, mexnat va dam olish
rejimiga, tevarak-atrofdagi sharoitga va boshqalarga) bog„liqdir. Jinsiy
etilishning boshlanishi davri o„g„il bolalarda 12-13 yoshga, qiz bolalarda 11-12
yoshga to„g„ri keladi. Ko„pchilik o„g„il bolalar xozirgi vaqtda jinsiy jixatdan 15-
16 yoshda, qiz bolalar esa, 13-14 yoshda etilyapdilar. Natijada boshqa jinsga
qiziqish ortadi, orzu, xoxish, nozik tuyg„u, sog„inish, iztirob kabi kechinmalar
paydo bo„ladi.
O„smirlar jinsiy, etilish sirlarining 17%ni ota-onadan, 9%ni
o„qituvchilardan, 4%ni maktab vrachidan va qolgan yashirin jixatlari, xolatlari
to„g„risidagi ma‟lumotlarni ko„cha kuydan, o„rtoqlari va dugonalaridan eshitib
bilib oladilar.
SHaxsning axloqiy jixatdan intensiv tarkib topishi, xatti-xarakatlarining
axloqiy etnik nomalarini o„zlashtirish o„smirlik yoshining muhim psixologik
xarakteristikalaridandir.
O„smirlik yoshida faqat jismoniy taraqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning
shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi
voqelikning ta‟siri ortida maktabdagi, ta‟lim tarbiya jarayonining ta‟sirida,
kolektiv va tarbiyachilarning g„oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi.
O„smirlik
yoshi
xatti-xarakatlarida
suyana
boshlaydigan
dunyoqarashlarning, ma‟naviy e‟tiqod, prinsip, qoida, idealarining, baxolash,
muloxazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab
yoshidalik davrida u kattalarning, ya‟ni o„qituvchilar va ota-onalarning
bevosita ko„rsatmalari bilan, yoki o„zining tasodifiy va impulsiv istaklari ta‟siri
bilan xarakat qilgan bo„lsa, endilikda uning uchun o„z xatti-xarakatlarining
prinsipi, o„zining qarashlari va e‟tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi.
O„qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda
axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qo„yiladi.
O„smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus
paytida o„ynab turib stulni sindirib qo„ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim
bo„lsa, bu jazo emas. Agar o„zining iflos qilgan joyini supurishga majbur
qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o„smir uchun ravshan, ya‟ni bu
jazolash emas, balki xati-xarakatlarining natijalarini tuzatishdir.
Psixologlar o„z oldilariga o„smirlar ma‟naviy ongining mazmunini,
ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o„rganish vazifasini qo„yganlar.
Tadqiqotlar umuman o„smirlar ma‟naviy ongining yuksak darajada ekanligini
ko„rsatadi. O„smirlarning ko„pchilik qismi yoshlarga munosib ma‟naviy
tushunchalarni to„g„ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz; qat‟iylik-
«bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning xech qanday
muvaffaqiyatsizlikdan qo„rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko„rinadigan
xususiyatdir» (12yosh) «qatiylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon
odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.»
(12yosh) o„smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta,
sezilarli o„sadi. «Kamtarlik-bu, o„ziga oqilona baxo bera bilish, o„z-o„ziga va
xatti-xarakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo„lishdir».
E‟tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog„langan
xolda o„smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar
etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar o„ziga xos axloqiy
etalon bo„lib xizmat qiladi, o„smir esa o„z xatti-xarakatlarini ana shu etalon
bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o„smirlar uchun odatda qandaydir konkret
bir kishi ideal bo„ladi. Bu odam o„smir yuksak darajada baxolaydigan sifatlarni
o„zida gavdalantirgan bo„ladi. Ko„pgina bunday ideal ota-onalar,
o„qituvchilar
yoki
yaxshi
ko„radigan kitobidagi va kinofilmidagi
qaxramonlardir.
O„smirlar o„zlarining kelajakdagi hayot va faoliyatlarini o„z orzularida
loyixalashtiradilar. Katta ishlar va qaxramonona kasb kishilari fan va mexnat
kishilari o„smirlarimizning aql-xushini o„rab olgandir. Bu mamlakatimiz
hayotidagi keng va chuqur ijtimoiy xodisalar bilan xozirgi vaqtdagi xaqiqiy
qaxramonona ishlar bilan bog„liqdir. So„nggi yillarda o„smirlarning
qaxramonlik xaqidagi orzu va umidlari tobora ko„proq o„z hayotini fazoni zabt
etishga, raketa texnikasiga, quvvatning yangi turlaridan foydalanishga, ximiya,
fizika, biologiya va meditsina soxalari bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish
bilan bog„lanmoqda. O„smirlarimizning orzulari ularning mamlakatimiz
hayotida, ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishi uchun bo„lgan ishtilishlardan
darak bermoqda.
O„smir o„g„il bolalarda jasorat ko„rsatishiga, oliftalikka moyil
bo„ladilar. Bu narsa ba‟zan xatto jiddiy ravishda intizomni buzishga olib keladi.
Ular: jassurlik yoki dadillik bu, hayotni xavf ostida qoldirib xarakat qilish,
nima uchun bo„lishidan qatiy nazar , bari-bir odamning eng xavfli ishga
kirishidan iboratdir deb xisoblaydilar. Bunda eng muhimi qo„rqmaslik hech
kimga keragi yo„q mardlikdir, lekin xar xolda mardlik. Oqilona qo„rqoqlikdan
axmoqona mardlik yaxshidir.
Bunga misol tariqasida qo„yidagi hayotiy voqeani keltirish mumkin:
maktablardan birida o„smir bolalar shunday bir mashqni o„ylab chiqarishgan:
to„rtinchi qavatdagi balkondan uchinchi qavatdagi balkonga sakrab tushishardi,
ular qo„lda osilib turib, u yoki bu yoqqa tebranib, so„ng sakrashadi. Nima
sababdan ular bu ishni qilganlarini bilish uchun direktor bu bolalarni o„z
kabinetiga chaqirdi. Dastavval bolalar urishib berishadi deb indamay turishdi,
lekin bir ozdan so„ng dadillanib, bu qilgan ishlari «jasurlik attestati uchun
imtixon» ekanini gapira boshlaydilar. Kim bu ishni qilgan bo„lsa, u jassur, kim
bu ishni qilmagan bo„lsa, u qo„rqoq. Juda ko„p noxush minutlarni boshdan
kechirgan direktor bolalarga bunday deydi: «Mana bunday desak, sizlarga
qanday tuyularkin, kimki bu ishni qilgan bo„lsa, u axmoq, agarda kim qilmagan
bo„lsa, u aqlli». Bolalar bunga shunday javob qaytarishdi: «Nima ham der edik,
meni qo„rqoq degandan ko„ra, yaxshisi axmoq deb xisoblab qo„ya qoling».
O„smirlik yoshida, ya‟ni odam shaxs sifatida tarkib topayotgan bir
paytda o„zini kattalardek xis qilishi, kattalarning irodalarga qarshi tura olishini
anglash muhimdir. Katta yoshli o„smirlardan biri o„qituvchining oldida
kechirim so„rashni talab qilayotgan direktor bilan bo„lgan suxbatda mag„rur
ravishda bunday deydi: «Men prinsipial odamman, men hayotimda xech qachon
va xech kimning oldida kechirim so„ragan odammasman!». Bularning hammasi
o„ziga xos axloqiy dunyoqarashdan iboratdir. Psixologlar o„smirlarning
xarakteristikalari bilan tanishganlaridan so„ng shu narsa ma‟lum bo„ldiki,
o„smirlarning xarakteristikalari xatti-xarakatlari bilan to„la mos keladi, ya‟ni
ularning axloqiy ongi xatti- xarakatlari darajasiga «o„sib chiqib», xatti-
xarakatlarni belgilaydi. So„nggi paytlarda L.N. Desev o„smirlarning axloqiy
tushunchalari mzmunini tadqiqot qilib (A.G. Kovalov raxbarligi ostida),
ularning axloqiy kategoriyalarni tushunishlari ko„pincha yuzaki, formal
xarakterga ega ekanligini ko„rsatib berdi.
O„zini anglash extiyoji hayot extiyojlaridan va amaliy faoliyatlaridan
kelib chiqadi. O„zini anglash kattalarning, guruhning o„sib borayotgan
extiyojlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayot va jamoaga bo„lgan qiziqishning
rivojlanishi munosabati bilan o„smirlarda o„z imkoniyatlariga baxo berish,
jamoada o„z o„rnini aniqlash, xatti-xarakatlari va o„z shaxsining qanday
xususiyatlari uning oldiga qo„yiladigan talablarga yuksak darajada javob
berishga yordam berishi yoki xalaqit berishini anglash extiyoji paydo bo„ladi.
O„smirlarda o„zini anglashning rivojlanishi ularning o„z xatti-xaraktlarini
anglashlaridan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o„smirlarning o„zini anglashi
asosida uning xaqida boshqa odamlarning, kattalarning (o„qituvchilar, ota-
onalarning), jamoaning va o„rtoqlarining muloxazalari yotadi. Kichik yoshdagi
o„smir o„ziga go„yo atrofdagi odamlarning ko„zi bilan qaraydi. Yosh ulg„ayishi
bilan o„z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baxolash tendensiyasi boshlanadi.
Nixoyat, shaxsning ko„p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab
sintetik
sifatlar
(
burch
xissi,
qadr-qiymat,
va
vijdon
xissi,
prinsipiallik)anglanadi. SHaxsni tobora kengayib boradigan sifatlarini
anglashdagi bunday izchillik ma‟lum va uni osongina tushuntirib berish
mumkin.
O„smirlik yoshiga o„tish o„quvchilarning o„qish faoliyatidagi muhim qayta
o„zgarishlar bilan bog„liqdir. O„qish faoliyatining yangi va yuqoriroq bosqichi
uning mustaqillik darajasi bilan belgilanadi. D.B.Elkonin, T.V.Dragunova va
boshqa psixologlar materiallarining ko„rsatishicha, o„smirlik yoshining dastlabki
davrida o„qish faoliyati taraqqiyotining bosqichlarida juda katta xar xillikni
kuzatish mumkin. Mustaqil ishlarni elementar darajada ham tashkil qila
olmaydigan, nihoyatda past, quyi bosqichdan boshlab, mustaqil ishlar fakat uy
vazifalarini bajarishda kuzatiladigan qator oraliq shakllardan o„tib, yangi
materiallar va xatto bilimlarning yangi sohalari (astronomiya, mexanika,
radiotexnika) mustaqil o„zlashtiriladigan eng yuksak bosqichlarni kuzatish
mumkin. O„smirlik yoshining boshlanishi o„qish faoliyati eng yuksak
boskichining tarkib topa boshlashi bilan bog„lanadi. O„smir uchun bilish
extiyojlarini qondirishga qaratilgan mustaqil bilim orttirish tarzidagi o„qish
faoliyatining ma‟nosi sekin-asta ochila boshlaydi.
Vokelikka bo„lgan ongli munosabatning umuman o„sishi bilan
o„smirlarning o„qishga bo„lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi.
O„zlarining o„qish faoliyatlarida ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma‟no kasb
etadigan xaqiqiy, chukur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda bog„langan
yangi, yuksakrok bosqichga ko„tariladilar. Rus psixologlarining tadqiqotlari
shuni belgilab berdiki, o„smirlar o„qish faoliyatining motivlari murakkab
tuzilishga egadir. O„smirlar o„qish faoliyatining motivlari tarkibiga keng ijtimoiy
motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jixatdan muhim ekanini anglash, mustaqil
hayot va mehnatga tayyorlanish uchun o„qish zarurligi), aslida muvaffaqiyatga
intilish, izzat nafs bilan bog„lik bo„lgan bilish motivlari va shaxsiy motivlar
(bolalar jamoasida obro„ qozonishga intilish va rahbarlik rolini o„ynash) birga
ko„shilib ketgandir. Bunda ba‟zan qarama-qarshilik kuzatiladi. Bilim orttirishga
bo„lgan intilish maktabdagi o„qishga befarq yoki hatto salbiy munosabatda
bo„lish
bilan,
maktabdagi
baholarga
«xushchaqchaq-mensimaslik»
(D.B.Elkonin) munosabati bilan aralashib qo„shilib ketishi mumkin. Bu
o„qishdagi u yoki bu xildagi muvaffaqiyatsizlikka, o„qituvchi bilan bo„lgan
nizoga nisbatan o„ziga xos reaksiya bo„lishi mumkin. O„smir odatda o„zining
o„qishdagi muvaffakiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning izzat
nafsi ba‟zan bu muvaffakiyatsizlikka bo„lgan xaqiqiy munosabatni niqoblash
xoxishini tug„diradi. Natijada o„quvchi o„qishdagi muvaffakiyatlarga o„zini
mutlaqo befarqdek va beparvodek tutadi, xatto soxta mardlik ko„rsatmoqchi
bo„ladi.
Nihoyat, o„smir xotirasining o„ziga xos xususiyati ancha murakkab
assotsiatsiyalarni, yangi materialning eskisi bilan bog„lanishini aniqlash, yangi
materialni bilimlar sistemasiga kiritishdir. YU.A.Samarin va uning xodimlari
bilimlar tizimini tarkib toptirish jarayoni xar xil darajadagi assotsiatsiyalarni
belgilab olishga aoslanishini aniqlaganlar. O„smir kichik maktab yoshidagi bola
uchun xarakterli bo„lgan ayrim assotsiatsiyalar (YU.A.Samarinning fikricha,
lokal assotsiatsiyalar) va alohida sistemali assotsiatsiyalar (bir-biridan ajralgan
xolda mavjud bo„ladigan alohida masalalarga doir xususiy bilimlar) xosil
kilishdan ancha yukori darajada-fanlar ichidagi (sistemalar ichidagi)
assotsiatsiyalarni (o„quv predmeti ichidagi bilimlarini aks ettiruvchi
assotsiatsiyalarni) tarkib toptirish darajasiga o„tadi, o„smirlik yoshining oxirida
eng yuksak darajaga-fanlararo (sistemalararo) assotsiatsiyalarga o„tish uchun
sharoit yaratiladi. Bu turli o„quv predmetlarining materiallarini bir-biri bilan
bog„lash, xar xil fanlardan beriladigan bilimlarning umumiyligini, birligini
tushunish imkonini beradi.
Diqqatning taraqqiy etishi ma‟lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan,
o„smirlik yoshida barqaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, boshqa
tomondan, o„smirdagi taassurotlar, kechinmalar, jo„shqin aktivlik va impulsivlik
ko„pincha beqaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalg„ishi bilan ajralib
turadi. Hamma narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, o„quvchining
kayfiyati va psixik xolatiga, uning ishga bo„lgan munosabatiga bog„liq bo„ladi.
Diqqatning tanlovchilik qobiliyati, ya‟ni uning turlicha xarakteristikasi o„sha
narsaga bo„lgan qiziqish ko„lami va darajasiga bog„liq bo„lishi o„smirda juda
yaqqol ifodalangan. Bu darsda (uzi yoktirmagan darsda) e‟tiborsiz va
parishonxotir bo„lib o„tirgan o„quvchi boshqa, o„zi yaxshi ko„rgan darsda
nihoyatda, xushyor, fikrini bir erga to„plab olib, hech narsaga mutlaqo
chalg„imasdan bemalol ishlashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni kursatdiki, o„smirlik yoshida diqqatning kulami,
shuningdek, diqqatni bir operatsiyadan boshka operatsiyaga karatish,
faoliyatning bir turidan boshka turiga jalb etish kobiliyati sezilarli darajada
ortadi. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilardan farkli ularok, o„smir uchun
odatda uz faoliyatini uzgartirishga kandaydir aloxida psixologik tayyorgarlik
kurish talab etilmaydi.
Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli o„qituvchining qandaydir
aloxida usullarni kullanishga emas, balki o„kish faoliyatini o„smirda diqqatni
uzoq vaqt mobaynida biror narsaga chalg„itish uchun na vakt, na istak va na
imkoniyat qolmaydigan qilib uyushtira olishiga bog„likdir. Qiziqarli ish,
qiziqarli dars o„smirni shunchalik qamrab olishga qodirki, u juda uzok vaqt
davomida zo„r ishtiyoq bilan ishlaydi. SHunisi ham borki, o„smir uchun qiziqarli
bo„lgan narsa-hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir turidan
boshqa turiga vaqti-vaqti bilan o„tib turiladigan mazmunli mashg„ulotlar, aktiv
bilish faoliyati, ana shu narsa darsni o„smir uchun qiziqarli darsga aylantiradi,
ana shuning o„zi uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. N.F.Dobrыnin va
uning xodimlarining tadqiqotlari shuni ko„rsatadiki, o„smirlar irodaviy zo„r
berish bilan ushlab turiladigan ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat deb ataladigan
diqqatga tobora ko„prok o„tib bormokdalar. Bu diqqat oldindan uylab quyilgan
va muayyan maqsadga qaratilgan diqqat bo„lib, ishga «kashfiyotlar»ga bo„lgan
qiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko„ra ham bu
diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi.
O„smirlik yoshida fikrlash faoliyatida muhim siljishlar yuz beradi. Kichik
maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi o„smirga fan
asoslarini muvaffaqiyatli va sistemali o„rganish imkonini beradi. O„rganiladigan
fanlarning mazmuni va o„quv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni
uzlashtirishning yangi xarakterini, mustakil tafakkurga tayanishni talab etadi,
abstraksiyalash va umumlashtirish, taqqoslash, mulohaza yuritish, xulosalar
chiqarish, isbotlash qobiliyati zarur bo„ladi. Birok, shuni nazarda tutish kerakki,
hamma o„smirlar ham isbotlovchi tafakkurga osongina utavermaydilar. Ulardan
ba‟zilariga, masalan, umumlashtirilgan geometrik isbot goyasining uzi tushunarli
bulmaydi: uzingning xak yoki noxak ekanligingni kurib turib ishonch xosil
kilganingdan keyin isbotlab utirishning nima kerakgi bor? O„smirlardan biri
hayron bo„lib, bunday deb javob bergan: «O„qituvchi doskaga ikkita teng
uchburchakni chizadi va ularning teng ekanligini uzok vaktgacha tushuntirib
utiradi».
Umumlashtirilgan va muhokamali tafakkurni tarakkiy ettirish uchun
matematikani o„qitish juda muhimdir. Algebrani sistemali tarzda o„rgana
boshlash umumlashmani umumlashtirish bilan bog„lik bo„lgan yuqoriroq
darajasiga o„tishga yoki ikki baravar abstraksiyaga o„tishga rag„batlantiradi
(arifmetika predmetidan soni abstraksiyalashdir). Geometriyani o„rganish
fikrlash, isbot qila bilish, mantiqan qat‟iy asoslash ko„nikmalarini o„stiradi.
Dostları ilə paylaş: |