ETUKLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI
YOshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo„lib, bu darvning o„ziga xos
bo„lib, bu davrning o„ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha
jabaxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab
chiqarishda mexnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. YOshlarning
mexnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa Yosh davrlardan
farqlanadi:
1. Mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga,
mehnat jamoasi a‟zolarining xususiyatiga moslashish (ko„nikma)- mexnat
faoliyatining dastlabki yillari (ta‟minan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o„z o„rnini
topish va qadr qimmatga erishish;
2. Mutaxassis sifatida o„zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni
amalga oshirish yoki kasb-korlik maxoratini egallash;
3. Maxorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko„rsatish, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki ijod
faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot
yaratish namunasini ko„rsatish.
YUqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo„lsa-da, lekin
ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o„rtasida Yosh
jixatdan tafovut mavjud bo„ladi. Masalan, kasb-xunar kollejlarini tamomlagan
yigit-qizlar o„z mexnat faoliyatini oliy ma‟lumotli yoshlardan oldin
boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o„tishlari shart.
Xozirgi mutaxassislarning ko„pchiligi o„quv yurtlaridagi nazariy bilimlar
bilan amaliy ko„nikmalar o„rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil
faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar.
Bu qiyinchiliklar o„z moxiyatiga ko„ra 3 xildir:
a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo
munosabatlarlar, mexnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter
xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma‟naviyati, anxanalari va
xakazo;
b)bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o„quv yurtida olgan
bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining
zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar;
v) mutaxassislik bilan bog„liq o„ziga xos qiyinchiliklar, ishlab
chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy
ko„nikmaning bo„shligi yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbning
iqtisodiy negizini to„la anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari
oldida lol qolish.
Bu qiyinchiliklarni engish davridagi insonniing ruxiy xolatlari,
jarayonlari, va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o„zgarishlari ro„y beradi.
Psixofiziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko„rish, periferik va
kinesttetik sezgirlikningo„zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma‟lumotni chet
el psixologlari Ful‟ds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib aqliy va
mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 Yosh deb xisobladilar. B.G.Anan‟ev o„zining
ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o„zgarishlarni murakkab
shaxs jixatlaridan umumiy ruxiy xolat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy
funksiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmdan issiqlik paydo bo„lishdan
metobolizm-modda almashinuvigacha), xatto shaxsning xususiyatigacha
bo„lgan xolatlarni o„z ichiga qamrab olishini matematik usullarga aoslangan
ilmiy ma‟lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko„rsatib o„tadi.
Ko„zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o„zgarishini tadqiq
qilgan S.V.Kravkov ko„rish sezgirligining ortishi 25 yoshgacha davom etishini,
barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta‟kidlaydi.
B.G.Anan‟ev labaratoriyasidan olingan natijalar inson funksional darajasining
23-27 yoshlaridagi yigit-qizlarda 44%, funksional xolatning barqarorlashuvi
19,8%, funksional darajasining pasayishi 36,2% tengdir. Bu ma‟lumotlar
kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o„sish jihatlarining o„zaro
munosabati xar-xil kechishini ko„rsatib turibdi. YU.N.Kulyutkin katta
kishilarning diqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda oraliqni
tekshirib, 22-25 yoshlarda diqqat va xotira 100,5% tafakkur 102,5%(xotira 97,0
ballga tengligini 26-29 yoshlarda esa diqqat 102,8 xotira 97,0 tafakkur 95,0 ball
ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.SHevchuk voyaga etgan
odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadqiq qilib, 11-20 yoshlar
oralig„ida 12,5%, 21-30 yoshlarda esa 66% ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy
maxsuli dinamikasini o„rgangan Z.F.Esarova uning boshlanishi matematiklarda
18-23, fiziklarda 24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda
27-32, filologlarda 28-33 yoshlarni tashkil qilishni ko„rsatib o„tadi.
YOshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o„rgangan V.SHevchuk ijtimoiy
faoliyatga kirishni eng yuqori cho„qqisi 25 Yosh ekanini aniqlab, bu xol
odamlarning 45,4% bo„lishini ma‟lum qiladi. Uning fikricha, qolgan Yosh
davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni
tashkil qiladi, xatto u 45 yoshda 3% teng bo„ladi.
Kishilarda ko„rish maydoni chegarasi xususiyatini o„rgangan
L.N.Kuleshova va M.D. Aleksandrovalar 18-35 yoshlardagi xaydovchilarda
uning uch xil: normadan ortiq 11%, normada 47%, qolgalarida etalon bo„yicha
normadan kam bo„lishini ta‟kidlaydilar. 23-28 yoshgacha davrda qator
funksiyalar darajasining o„zgarishi, takomilashuvi: ko„rish maydonining
ko„lami, ko„z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari;
anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o„zgarmaslikning o„sishi boshqa
faoliyat va ko„rish ta‟sirchanligi, qisqa muddatli ko„rish xotirasi yoki
mustaxkamlanishi namayon bo„ladi: 22-25 yoshlarda 2 xil omillar doirasi
vujudga keladi va ular mnemologik va attensional majmuasidan iborat bo„ladi.
YOshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik
mexanizm; mehnat jamoasi, oila mikro muhiti va norasmiy ulfatlar ta‟sir
ko„rsatadi. Masalan, mexnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma‟naviyat olami,
berqarorlik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an‟analar va odatlar
yangi a‟zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o„zgarishni vujudga keltirish
mumkin. Mazkur ta‟sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib
topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai-nazar yo„qolishi mumkin. Mexnat
jamoasiga yangi quyilgan a‟zo unda o„z o„rni va qadr-qimmatini qaror toptirish
uchun bir qator yon berishga, o„z maslagidan sal bo„lsa-da chetlashishga majbur
bo„ladi. Bu yo„l jamoasidagi psixologik iqlimga moslashish maqsadida ichki
ruxiy ziddiyatlarga, murakab kechinmalarga, unsiz tug„yonga qarshi qo„yilgan
qadam xisoblanadi. SHuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi
yoki uning mustaqil ichki rishtalarini emiruvchi omil mexnat jamoasidagi
ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo„ysunish xar bir a‟zoning burchidir. Ayrim xollarda
ko„pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari
xislar, shaxsiy nuqtai-nazar bo„shashib qoladi., natijada unda ikkilanish tuyg„usi
paydo bo„ladi. YOshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-
buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush o„rtog„iga farzandlariga
oqilona munosabatda, oila a‟zolarining har biri bilan to„g„ri muloqotda bo„lishi,
muayyan qoidaga asoslangan muomala qilish shart. Oiladagi shaxslararo
munosabatlar ko„lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga
asoslanishi shart. Lekin oila tinchligi, totuvligi va axilligiga xalal bermaslik
niyatida Yosh yigit va qizlar vijdon amriga qarshi xatti-xarakat qilishga ham
majbur bo„ladilar. O„z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo„l
tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a‟zosi bilan umumiy «til» topishga
intiladilar. SHunga ko„ra oila muhiti ham yigit qizlarning ruxiyati hamda
ma‟naviyatini o„zgartiradigan omil vazifasini o„taydi.
Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar
davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi,
maqsadi, qarashalri, yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir.
Ko„ngilchanlik, do„stlar ra‟yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida
xislar, barqaror e‟tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va
tashabbuskorlik tuyg„ulari namayon bo„ladi, ya‟ni «Do„sting uchun zaxar yut»
qabilida ish tutiladi. Natijada maxsuliyatsizlik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik,
bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. SHuni alohida ta‟kidlash kerakki,
ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni ishbilarmonlikni, amaliy ko„nikmalarni
egallash imkoniyati ham yuzaga keladi.
SHu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai-nazaridan yondoshmay,
uning mazkur imkoniyatlaridan foydalnish ayni muddaodir.
YOshlik davri insonning kuch-quvvatga orzu havasga, ijodiy rejalariga,
izlash va izlanishlariga, imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri,
mo„lko„lchilik, farovonlik, madaniyat yoshlarga bog„liq, shuning uchun
ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyixalari, shakllanayotgan ma‟naviy va ruxiy
olami xech kimni befarq qoldirmasligi kerak.
Kamol topishning bu bosqichiga 28-35 yoshlardagi erkak va ayollar
kiradilar. Etuklik davrida odam o„zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-
zakovati, ichki imkoniyatlarini o„z kasbiga ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga
to„la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy
faoliyatida muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari etaklaydi. Etuk
shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipda
sezilarli o„zgarishni yuzaga keltiradi. U endi faqat o„zining xatti-xarakati uchun
emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari, uchun ham javobgarligini anglay
boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega bo„lmagan yoshlarning o„z
farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham kuydiradi, ularga
imkoniyat boricha yordam berishga intiladi.
Etuklik, kattalik, donishmandlik, rahnamolik, g„amxo„rlik, xomiylik
davridir. Boshqa Yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada
inqiroz bo„ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi
imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli,
ko„ngilsizliklar vujudga kelganini anglay boshlayli. O„ziga o„zi xisob berish shu
davrning muhim psixolgik xususiyatidir. Organizmdagi ayrim o„zgarishlar,
umrning tez o„tishi, kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan
keyingi hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim
orzu istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari
etishmasligini anglash uning psixikasida «turg„unlik» tuyg„usini vujudga
keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda mnemologik-attension majmua
tubdan qayta qurilishidir. YAxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va
mantiqiy (tafakkur) qismlariga ajralishi ro„y beradi. Attensional xolatning
omilari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellektida xotira va taffakur
muhim o„rin tutadi. Biroq o„zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida,
his-tuyg„ularida chuqur iz qoldirmaydi, etuk shaxs xotirasida illyuzion
xususiyatga ega bo„lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg„usi, kayfiyati, orzusi,
xom xayoli) saqlanib qoladi. Etuklik bosqichida jismoniy va aqliy
imkoniyatlardan to„laroq foydalanish ko„nikmasi paydo bo„ladi. Bu xol butun
kuch-quvvat, aqliy, zo„riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas,
balki muayyan ko„nikma, malaka va mahorat asosida ro„y beradi.
Etuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining o„zaro
munosabatini tadqiq qilgan B.G. Anan‟ev labaratoriyasida xodimlari 29-32
yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2 barqarorlashuvi 15,8 funksional
darajaning pasayishi 38,,0, 33-35 yoshlarda 11,2, 33,3%, 55,5% tashkil qilishni
aniqlashgan
YU.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30-35 yoshlarda
diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka barovardir. Etuklik davri
faoliyatining
maxsuldorligini
o„rgangan G.Leman uning cho„qqisi
kimyogarlarda 30 yosh, matematiklarda 30-34, geologlarda 30-35 Yosh
ekanligini va o„rtacha maxsuldorlik cho„qqisi 37 yoshda bo„lishni qayd qilgan.
Psixofiziolog S.V.Kravchkov ko„zning farqlash sezgirligi yoshga qarab
o„zgarishini 4 yoshdan 80 yoshgacha bo„lgan odamlarda tekshirib,
sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha, sezgirlikning barqarorlagshuvi 25-50
yoshgacha davom etishi mumkinlini aniqlagan.
Z.F.Esarova oliy maktab o„qituvchilari aqliy faoliyatining maxsuldorligi
muammosini tadqiq qilib, kandidantlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar-
26, psixologlar-32, filologlar-34, tarixchilar-31, fiziklar-30, biologlar-32
yoshida amalga oshirish mumkinligini aniqlagan.
Kamolotning birinchi bosqichidagi etuk kishilarda ijtimoiy faoliyatida
qatnashish istagi 30 yoshda 18,3%, 35
yoshda 6,2% ni tashkil etadi.
V.SHevchuk demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish ko„lami torayib
boradi. Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namayon bo„ladi: jismoniy,
jinsiy, ruxiy kamoloda ayollar ilgarilab kelgan bo„lsalar, endi erkaklar oldinga
o„tib oladilar va bu xol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Etuklik
davrida ijodiy faoliyatning maxsuldorligini Z.F.Esarova quyidagi mezonlar
bilan o„lchashni lozim topadi:
1. e‟lon qilingan ilmiy ishlarning miqdori:
2. chop qilingan asarlar ichida o„quv qo„llanma, darslik va
monografiyalarning mavjudligi;
3. ilmiy tadqiqotda yangi yo„nalishning ochilishi;
4. ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi;
5. ilmiy maktabning tashkil qilinishi;
6. boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish
miqdori;
7. o„qituvchining ilmiy ma‟lumotlaridan talabaning mustaqil ishlaridan
foydalanish ko„lami:
8. o„qituvchi raxbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarning miqdori
va sifati;
9. o„qituvchining ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyat munosabat bilan
taqdirlanish;
10. dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor
bo„lish kabilar.
Mazkur
yoshda
shaxsiy
hayotdagi
yutuqlar,
g„alabalar yoki
muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiq ta‟sir etadi. Natijada
unda takaburlik, mag„rurlik xislari paydo bo„ladi, o„zining boshqalardan ustun
qo„ya boshlaydi yoki aksincha, hayot zaxmatlari unda loqaydlik tuyg„usini
vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko„rinishga ega bo„lgan ruxiy xolat ham oila
a‟zolari, tengqurlari , mexnat jamoasi, a‟zolarining ta‟siri orqali asta-sekin
muayyan yo„nalishga tushib qoladi. Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar
istiqbol rejasi bilan xarakat qiladi, voqelikka turmush ikir-chikirlariga. Tabiat,
jamiyat koinot, xodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik,
totuvlik, tinchlik, do„stlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg„usi
bilan yashaydilar.
Etuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o„z ichiga oladi.
Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o„z ifodasini topuvchi
yangi xislat namayon bo„ladi. ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor
ketidan quvib yurgan bo„lsalar, endi mexnat maxsulining sifati ustida bosh qotira
boshlaydilar. Oilaviy turmushga ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson
qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o„zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon
bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-xodisalarga
vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda
bo„ladilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o„z
fikrlarini biladiradilar. Hayotda qo„ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va
kamchiliklari ularda etti o„lchab, bir kes qabilida ish tutish tuyg„usini vujudga
keltiradi. SHuning uchun ular umrining biror daqiqasi bekor o„tishiga
achinadilar. YOshlik yillarida yo„qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan
to„ldirishga intiladilar. Etuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari
ko„proq o„rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin
odamlarning o„ziga xos xususiyatlariga ko„ra bu chegara turlicha, masalan, bu
bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo„lishi mumkin. SHu
sababli Yosh davrning chegaralari faqat shartli belgilanadi. Bu omil odamlar
yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga jo„g„rofiy iqlim va
xokozolarga ham bog„liqdir.
Mazkur Yosh davrning o„zgaruvchanligini insonning biologik,ijtimoiy va
tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy ta‟sir)
belgilaydi. YU.N.Kulyutkin bir xil davrdagi odamlarda har-xil jarayonlar,
xolatlar, xossalar, xususiyatlarning o„sishi, o„zgarishi baravar emas, balki
ularning birovdan oldin xotira, keyin tafakur, boshqa birovda aksincha,
rivojlanishni, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisini jadal sur‟at bilan
o„stirishini o„qtiradi.
SHaxsning o„z ichki imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishga intilishi
faoliyatning barcha turlarida ma‟naviy va ruhiy jihatdan o„zini anglashini yanada
takomillashtirdi. Etuklik davridagi erkak va ayollarning o„zligini anglashdagi
«Men» uch xil ko„rinishdan ifodalanadi: «Men» ko„pincha «Men-obraz»
shaklida o„zi tomonidan talqin qilinadi. SHaxsning «Men-obrazi»
1.retrospektiv «Men» dan iborat bo„lib, o„tmishdagi o„zligini aks ettiradi;
1.
aktual «Men» sifatida tasavvur etilib, o„zining hozirgi davrini
ifodalaydi;
2.
ideal «Men» obrazi esa yaqin kelajakda o„zini qanday tasavvur
qilish bilan bog„liq holda yaratiladi.
SHuning uchun o„z imkoniyatlarini hayotda to„la safarbar qilish istagi
ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o„zining o„tmishi obrazini xozirgisi
bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur
modeliga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-xarakat maqsadini, usul va
vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o„tmishdan xozirgi kunda, xozirgi
kundan kelajakka intilishi o„zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi.
O„zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo„lib, o„zini o„zi
baxolash, nazorat qilish, tekshirish, qo„lga olish, o„ziga buyruq berish kabilarda
aks etadi. O„zini anglash ko„pincha, o„ziga boshqa kishilar:
A)yoshi ulug„ odamlar;
B)tengdoshlar;
V)o„zidan kichik odamlar nuqtai-nazaridan qarashda ko„rinadi.
Mazkur Yosh davridagi odamlarning ko„rish maydonini o„rgangan
L.N.Kulenova va M.D.Aleksandrovalar 36-50 yoshli erkaklarda ko„rish
chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar:
Normadan ortiq 4%, normada 53%, qolganlari normadan kam.
YU.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-
130 gacha shkalada 94,8, 93,7, 99,0 birligiga ega ekanligini isbotlab berdi.
B.G.Anan‟ev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni bipopulyar va
mopopulyar yo„llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.
Qator olimlar (Klapared, Mayle, Bellis, Filipp) mazkur yoshdagilarning
tovush va yorug„likdan ta‟sirlanish vaqti o„zgarishini o„rganganlar. Olingan
ma‟lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo„lib, o„z qimmatini xozirgacha saqlab
kelmoqda. Ful‟de, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intelektning qobiliyatini
tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda 75% bo„lishni
aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatiga kirish xususiyatini faollik nuqtai-
nazaridan V.SHevchuk 35 yoshidagi odamlarning 6,2% bu faoliyatda
qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2% qatnashishini xoxlaydi, 2,8% esa
undan chiqishga qaror qiladi. Ahvol shunday davom etadi.
Z.F.Esarova
oliy
maktab
o„qituvchilarining ijodiy faoliyatini
xususiyatlarini o„rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33,
psixologlar 46, filologlar 46,tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda
amalga oshirishni aniqlagan. Umuman etuklik davrining ikkinchi bosqichiga
mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy
faoloyatlariga bag„ishlanadi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib
boradi. CHunki, insonning keksayishi ham quvonchli, ham o„tinchli damlarga,
kechinmalarga, xis-tuyg„ularga serobligi bilan boshqa Yosh davrdagi
odamlardan ajralib turadi. Xotirjam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan
uzoqlashish tuyg„usi o„rtasida inqiroz vujudga keladi. Qanday qarorga kelish,
ya‟ni mehnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy
faoliyatdan cheklanish muayyan xolatlardagi motivlar kurashiga bog„liqdir.
Xozirgi zamon kishilarining o„rtacha umr ko„rishi XX asr boshlaridagiga
nisbatan qariyib 1,5, 2 marta uzayganligini, etuklik davridagi erkak va
ayollarning ijtimoiy baquvvatligi, ma‟naviyati va ruxiyati tekisligi ijtimoiy
faollikni susaytirish xaqida so„z bo„lishi mumkin emasligini ko„rsatmoqda.
Demak, ularning ishchanligi, aqliy qobiliyati, kasbiy maxorati, turmush tajribasi,
ongining yuksakligi, ma‟naviyatining boyligi, ruxiyatining sofligi yangi zafar,
mexnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to„la kafolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |