Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


O„SPIRINLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

O„SPIRINLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI. 
15 yoshdan 18 yoshgacha bo„lgan davr o„spirinlik davridir. O„spirinlar 8-10 
sinf o„quvchilari bo„lib,ular oldida kelgusida kim bo„lish, qanday faoliyat turi 
bilan shug„ullanish kerak degan tashvish turadi. 
Bu yoshdagi bolalar o„smirlardan farq qiladi. Agar o„smirlikda 
o„quvchining asosiy faoliyati o„qish bo„lgan bo„lsa, yuqori sinf o„quvchilarining 
faoliyati o„qish, bilim olish va mehnatga tayyorlanishdan iborat bo„ladi.
O„spirinlik davrida o„quv faoliyatining murakkablashishi, ularning yangi 
jamoada tutgan o„rni ulardan ko„p narsa talab qiladi. O„spirinlarning maktab 
hayotida, oilada tutgan mavqei o„zgaradi, ya‟ni o„zidan kichiklarga nisbatan 
boshliq, tashkilotchi va tarbiyachi bo„lish talab qilinadi. 
18 yoshda kattalikka erishadi. Organizmning o„sishi to„xtaydi, «tinch» 
davr boshlanadi. Organlarning tarkib topishi va organizm to„qimalarining 
takomillashishi nihoyasiga etadi. Jismoniy rivojlanish shaxsning ba‟zi bir
xususiyatlarini va bundan keyingi hayotiy faoliyatini belgilashga ta‟sir 
ko„rsatadi. 
Yigit va qizlarning 17-20 yoshlarida organizm normal rivojlanishiga va 
unga mos keladigan ish bilan band qilish maqsadga muvofiqdir. Ular 
organizmdagi o„zgarishlar og„irligiga va bo„yiga xos bo„lishi bilan birga
o„pka, yurak, qon tomirlariga, nerv sistemasining faoliyatiga ham ta‟sir etadi.
O„spirinlarda yurak charchashi-xarsillash, yurakning to„xtab-to„xtab ishlashi 
kabi xollar asta-sekin yo„qolib beradi. Buning uchun jismoniy mehnat, aqliy 
faoliyat va dam olishning to„g„ri yo„lga qo„yilishi katta ahamiyatga ega. 
Bu davrda ularning nerv sistemasi rivojlanadi va katta kishilarning miya 
po„stlog„i xususiyatiga asta-sekin yaqinlashadi. Bosh miya po„stlog„ining 
atroflarida nerv bog„lanishlarining soni ko„payadi. O„qish va mexnat qilish
natijasida bosh miya yarim sharlarida analitik va sintetik faoliyat rivojlanadi. Bu 
xolat tashqi ta‟sirni aniq ajrata oladigan xususiyatni o„stiradi. Farq qilish 
xarakteridagi tormozlanish vujudga keltiradi. 
 Bu davrga kelib o„qish mashg„ulotlari ancha murakkablashadi: bir qator 
yangi fanlar o„qitila boshlaydi, dars mazmuni kengayadi, murakkablashadi, 
bilim, hayot, amaliy ishlar qo„shib olib boriladi, o„quvchilar ishlab chiqarish
jamoasida bo„ladi, ekskursiyalarga, ko„rsatmalikka, aloxida e‟tibor beriladi. 
Bu davrda nazorat bilimlar, amaliy ishlar bilan qo„shib o„rganiladi. 
O„quvchilardan materialni tushunish va uni hayotga tadbiq eta bilish talab 
etiladi. Bola bu yoshda o„zini ancha eslik xis qiladi, tajriba ortadi va bilimlarini 
mustaqil hayotga tadbiq eta boshlaydi. Bu esa ularning darsga bo„lgan 
munosabatlarini o„zgartiradi. Bu davrga kelib o„zlariga ma‟qul bo„lgan biror 
fanni tanlaydilar. Bunday xususiyatlarni o„smirlarda ham uchratish mumkin, 
lekin bunda aloxida fanlarga bo„lgan qiziqish ko„proq o„qituvchining
maslahati bilan bog„liq bo„lsa, yuqori sinf o„quvchilaridagi qiziqish ularning 
extiyojlari, intilishlari asosida tarkib topadi. Ba‟zan ular shoshma-shosharlikka 
yo„l qo„yadilar va natijada xodisalar xaqida noto„g„ri fikr yuritib, noto„g„ri 
xulosalar chiqaradilar.


YUqori sinf o„quvchilarining o„z atroflarini, o„rab olgan voqelikni bilib 
olishga bo„lgan intilishi ularda dunyoqarashning tarkib topishiga sharoit 
yaratadi. Ulardagi nazariy bilimlarning ortib borishida sinfdan tashqari ishlar, 
to„garaklar ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
V.A. Krutetskiy, I.N. Lukin yuqori sinf o„quvchilarining bilim
egallashidagi aqliy individual faoliyatning o„ziga xos xususiyatlari to„g„risida
to„xtalib, bu borada o„quvchilarni asosan 4 guruhga bo„ladi.
1) YUqori darajada o„zlashtiruvchi o„quvchilar. Bular bilim olishda 
mustaqillik, tashabbuskorlik ko„rsatmaydilar. O„quv materialini darslikdan 
yodlab oladilar, materialni o„qituvchi so„rab qolganda javob berish uchungina 
o„rganadilar. Agar material «qiyin» bo„lsa, uni butunlay o„rganmaydilar. Bu 
bilimlarni o„rgana bilmaydilar, o„quvchilarga ishlab chiqarish bilan bog„liq 
bo„lgan maktablarda o„qish qiyin bo„ladi. Bu guruh o„quvchilarining ba‟zilari 
1X sinfgacha a‟lochi bo„lib kelib, keyin og„ir axvolga tushib qoladi bunday 
o„quvchilar bilan ko„proq individual ish olib borish lozim.
2)O„qish faoliyatida amaliy qobiliyatlari borligi sezilib turadigan 
o„quvchilar bo„lib, qiyin masalani o„rganishga, uni amalda sinab ko„rishga 
xarakat qiladilar. Darslar to„g„ri yo„naltirilsa, bu guruh o„quvchilarining darsga 
bo„lgan qiziqishini oshirish mumkin. Ularga xar-xil dars usullaridan foydalanib 
amaliyotda nazariy bilimning ahamiyati katta ekanligini tushuntirish kerak.
3) Bu o„quvchilar nazariyaga juda ham berilib, amaliy ishlarga ahamiyat 
bermaydilar. Ular ko„p fikr yuritadi. Lekin o„z fikrlarini amalda sinab 
ko„rishdan qochadi. Ularning fikrlashlarida umumlashtirish, abstraksiya qilish 
ustun turadi, shunga qaramay konkretlashtirish xususiyati past darajada bo„ladi. 
Ular yaxshi gapiradi, isbotlab beradi, yakunlar yasaydi, aqliy faoliyat
bilan ko„proq shug„ullanadi, o„z bilimini mustaqil kengaytirishga xarakat qiladi, 
lekin nazariyani amaliyot bilan bog„lay olmaydi. Bu guruhga ijtimoiy fanlarga 
qiziquvchilarni ham kiritish mumkin. 
4) Bu o„quvchilar o„qish faoliyatida nazariya bilan amaliyotni birga 
qo„shib olib boradilar. Ularning bilimi keng bo„ladi, ular fikr yuritishini, tatbiq 
qilishni biladi, jamoat ishida faoldir. Lekin bu guruh o„quvchilari hamma 
narsaga barobar qiziqadilar-u, alohida bir narsaga chuqurroq qiziqmaydi. 
 Katta maktab yoshida shaxsning ma‟naviy kuchlari intensiv rivojlanadi, 
uning ma‟naviy qiyofasi tarkib topadi, xarakter xislatlari aniq bo„ladi, 
dunyoqarashi shakllanadi. 
Katta maktab yoshida shaxsning rivojlanishiga uning maktabda, oilada,
ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutayotgan mavqeining o„zgarishi xal 
qiluvchi ta‟sir ko„rsatadi. Maktab o„quvchisi bo„lgan o„smirning faoliyati
asosan o„qish faoliyatidan iborat bo„lib, u maktab doirasi bilan cheklangandir. 
O„smirning ijtimoiy faoliyati ham odatda maktab ichida ro„y beradi. Katta
yoshdagi o„quvchi esa boshqacharoq bo„ladi.
Katta maktab yoshidagi o„quvchi o„smirdan farqli o„laroq o„zidagi
oddiy, sezilarli ravishda namayon bo„ladigan shaxsiy sifatlarnigina emas, balki 
shaxsnning ko„p qirrali munosabatlarini xarakterlovchi ancha murakkab 
sifatlarni anglashga qodirdir. O„smir o„zining xozirgi axvoliga muvofiq 
ravishda o„ziga baho beradi. O„smir o„zicha «Men maktab jamoasining a‟zosi» 


sifatida qandayman deb savol beradi. Katta maktab yoshidagi o„quvchi esa 
o„ziga «Men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? Men yaroqlimanmi?» 
- deb savol beradi.
Katta maktab yoshidagi o„quvchilarda o„zini anglash asosida o„z-o„zini 
tarbiyalash odatda xatti-xarakatlardagi ayrim kamchiliklarga barham berishiga
yoki ba‟zi bir ijobiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilibgina qolmasdan. SHu 
bilan birga shaxsni umuman, yigit va qizlarda vujudga keladigan 
umumlashtirilgan ideallarga muvofiq ravishda tarkib toptirishiga ham qaratilgan 
bo„ladi. Olimlar ayrim yigit va qizlar fiziologiyasini, genetika nazariyasini 
o„rganar ekanlar odam organizmi va psixikasidagi ko„p narsalar tug„ma bo„ladi,
degan xulosaga keladilar. 
Albatta, agar ana shu yigit va qizlarga qarashlarning xato ekanligi 
ko„rsatib berilmasa, o„quvchilar o„z-o„zini tarbiyalashning qayta 
imkoniyatlarini borligiga ishontirilmasa, odam o„z-xatti-xarakatlari uchun o„zi
javobgar ekanligiga ishontirilmasa, ularni o„z-o„zini tarbiyalashga undash 
qiyin narsa, u natija ham bermaydi.
SHuni nazarda tutish kerakki, katta maktab yoshidagi o„quvchilar ba‟zan 
o„zlarida biron bir sifatni noto„g„ri usullar bilan rivojlantirishga xarakat 
qiladilar. O„spirinlar soxta qo„rqmasliklari bilan o„zlarini botir qilib 
ko„rsatishga, beixtiyor xatarli xatti-xarakatlarga moyil bo„ladilar. Ular o„zlarida
qo„rqmaslikni, irodani tarbiyalashmoqchi bo„lib, elektr simining ochiq, 
joylarini ushlaydilar baland qirg„oqdan daryoga sakrab hayotlarini xavf ostida 
qoldiradilar. 
 Katta maktab yoshidagi axloqiy rivojlanishda e‟tiqodning, axloqiy
ongning roli kuchayib borishi bilan ajralib turadi. Katta maktab yoshidagi 
o„quvchilarning xulq-atvori o„smirlar xulq-atrofiga qaraganda ko„p darajada
ularning axloqiy tasavvurlari va tushunchalari bilan axloqiy ustanovkalar
hamda e‟tiqod bilan belgilanadi. Xuddi ana shu yoshda turli sharoit va 
vaziyatlarda kishining o„zini to„g„ri tuta bilishi tarkib topadi. Katta maktab 
yoshidagi o„quvchilarning axloqiy ongi ularning jamiyatdagi hayoti va
faoliyati ta‟siri ostida, jamoaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi ta‟siri 
ostida rivojlanadi, odatda o„quvchilar axloqiy kategoriyalarning mazmuni va 
moxiyatini ancha chuqur tushuna boshlaydilar. Katta maktab yoshidagi bolalar 
ko„pgina axloqiy tushunchalarning ijtimoiy jihatdan ko„p ma‟noli ekanligi bilan
bog„liq bo„lgan eng nozik tomonlarini ham sevishga qodirdirlar. Burch, vijdon, 
shaxsiy g„ururlik va o„zining qadr-qimmatini bilish tuyg„ulari xaqidagi eng 
murakkab tushunchalar yuqori sinf o„quvchilarini chuqur va xar tomonlama
tushunib olish etarlidir.
Katta maktab yoshidagi noto„g„ri va etilmagan axloqiy tushunchalari 
to„g„risida turli vaqtlarda psixologlardan A.S. Alyakrinskaya, V.I. Selivanov, 
I.M. Krasnovaev, N.S. Lukin va boshqalar gapirib o„tganlar. V.I. Braskiyning 
bergan ma‟lumotlariga qaraganda burch, vijdon, uyatsizlik, adolasizlik, 
faxrlanish kabi axloqiy tushunchalarning mazmunini tekshirib chiqilgan va 
o„rta maktabni bitiruvchi o„quvchilardan 44,5% gina bu hislarni bir qadar 
to„g„ri yoritib bergan. T.N.Mal‟kovskayaning bergan ma‟lumotlariga qaraganda, 
yuqori sinf o„quchilaridan 94% vijdonlilikni ma‟naviy fazilat deb yuqori 


baxolaganlari xolda o„qituvchilar va ota-onalarni aldash mumkin, deb 
xisoblaydilar. 
Katta maktab yoshidagi balog„atga etganlik tuyg„usi o„ziga xos 
o„zgarishga uchraydi. Bu tuyg„u chuqurroq va jiddiyroq bo„lib qoladi. Katta 
maktab yoshidagi o„quvchilar o„zlariningg balog„atga etganligini erga 
urishlariga, o„zlariga bolalar kabi munosabatda bo„lishlariga, o„smirlarga 
qaraganda xali kamroq murosa qilishga moyildirlar. 
Katta maktab yoshidagi bolalar katta bo„lib qolganlik tuyg„usi o„ziga xos 
xarakterga ega bo„ladi. Katta maktab yoshida o„quvchilarning kattalar bilan 
teng xuquqli ekanligini xaqiqiy ravishda yoki soxtalik bilan tan olmaslik
tufayli kelib chiqadigan nizolarning keskinligi biroz yo„qoladi. 16 yoshda 
o„quvchi pasport oladi, uning kino va teatrga borishidagi cheklashlar kamayadi. 
Katta maktab yoshidagi o„quvchi ko„p o„tmay 18 yoshga to„lib, saylash
xuquqiga, nikoxdan o„tish xuquqiga ega bo„ladi. Bu yigit va qizlarning katta 
bo„lib qolganligini e‟tirof qilishning ob‟ektiv belgilaridir.
Keyingi vaqtlarda psixologlar qiziqarli faktni aniqladilar. Birinchidan, 
yuqori sinfdagi o„quvchi qizlar, o„smir qizlar singari , o„g„il bolalar va 
o„spirinlarga qaraganda kattalarning ta‟siriga ko„proq berilishiga moyildirlar.
Katta maktab yoshidagi o„quvchi shaxsining tarkib topishiga tengdosh 
jamoasi 
ta‟sir ko„rsatadi. Jamoa umumiy maqsadni, jamoa o„zaro 
munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar o„rtasidagi axloqiy 
munosabatlarni, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar o„rtasida axloqiy 
munosabatlarni rivojlantirishda muayyan ta‟sir o„tkazadi. 
Mustaqil mexnat faoliyatiga o„tish istiqbolning ta‟siri ostida katta 
maktab yoshidagilar uchun xarakterli bo„lgan kelajak maqsadlar sari yo„nalish
tarkib topadi. Katta maktab yoshi hayotda o„z-o„zini aniqlab olish yoshi bo„lib, 
bu vaqtda o„quvchi o„zining mehnatdagi iste‟dodini jiddiy ravishda izlay 
boshlaydi, unda o„zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo 
bo„ladi.  
 Xozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o„quv yurtlaridagi ta‟lim-
tarbiya ishlari samaradorligini keskin oshirishdan iboratdir. CHunki 
Respublikamizning rivoji, ravnaqi va istiqboli ko„proq oliy maktab 
tayyorlayotgan mutaxassislarning maxoratiga bog„liqdir. SHuning uchun 
o„qitishning ilg„or, faol usullarini qo„llash, oqilona vositalardan foydalannish 
maqsadga muvofiqdir.
Oliy o„quv yurtlaridagi ta‟lim-tarbiya jarayonlarini samarali amalga 
oshirish uchun talabalar bilan o„qituvchilar o„rtasida uzluksiz ta‟sir ko„rsatish 
xukm surishi lozim. 
O„qituvchi bilan talabaning hamkorligidagi faoliyati negizida tarbiya 
ishlarini to„g„ri yo„lga qo„yish muammosi yotadi. Bu muammo oliy maktab
psixologiyasida juda kam tadqiq qilingani sababli xuddi ana shu muammo 
yuzasidan kengroq muloxaza yuritish maqsadga muvofiqdir.
 Tadqiqotlarda 
talabalar 
deganda 
moddiy 
va 
ma‟naviy ishlab
chiqarishdagi ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida 
va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoy gurux
tushuniladi.


Oliy o„quv yurtidagi ta‟limning o„ziga xos xususiyatlari talabalarining
boshqa ijtimoiy guruxlar bilan (ular xox rasmiy, xox norasmiy bo„lishidan 
qat‟iy nazar) muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik 
davrining asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy etuklikning jadal sur‟at bilan 
ro„yobga chiqishidir. Ma‟lumki, ijtimoiy etuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy 
qobiliyatini hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallashga 
(oila qurishga), farzandni tarbiyalashga, foydali mexnatda qatnashishga (mas‟ul 
vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh 
mezonlari va ko„rsatkichlari o„rta ma‟lumotlilik, jamoatchilik, mutaxasis bo„lish 
imkoniyati uchun unga intilish to„g„risida irodaVIY zo„r berish, Yosh otalik 
va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini o„tash, ijtimoy guruxga raxbarlik 
qilish, sport bilan shug„ullanish, bo„sh vaqtni tashkil eta olish, to„garakda 
qatnashish va xakazolardan iboratdir.
Talabalik davri o„smirlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo„lib 17-22
(25) yoshni o„z ichiga oladi va o„zining qator betakror xususiyatlari va qarama-
qarshiliklari bilan xarakterlanadi. SHu boisdan o„spirinlik davri shaxsining 
ijtimoiy va kasbiy mavqeini anglashdan boshlanadi. Mazkur pallada o„spirin 
o„ziga xos ruxiy inqiroz tanglikni boshidan kechiradi, jumladan kattalarning 
xar-xil ko„rinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qayotiy nazar ) rollarni 
tez suratlar bilan bajarib ko„rishga intiladi, turmush tarzining yangi jixatlariga 
ko„nika boshlaydi katta odamlarning turmush tarziga o„tish jarayoni shaxsning 
kamol topish xususiyatlariga bog„liq ichki qarama-qarshiliklarni keltirib 
chiqaradi. 
Pedagogik psixologiya fanidan ma‟lumki, o„rta maktab o„quvchilarining 
(biologik, fiziologik, pedagogik-psixologik) jixatdan oliy maktab ta‟limiga 
tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavhumlashtirish, sistemalashtirish kabi 
qobiliyatlari ko„rinadigan fazilatlari namayon bo„ladi. SHu bilan birga 
o„spirinlarda aqliy, axloqiy, estetik,g„oyaviy siyosiy jixatidan muayyan darajada 
o„sish ro„y beradi. SHunga qaramay ular oldida o„quv yurtida mutaxassislikni 
egallash bilan bog„liq yangi vazifalar paydo bo„ladi. Xozirgi fan texnikaning 
rivoji bir tomonlama barqaror qiziqishning yo„qolishiga olib keladi, chunki 
qat‟iiylik, ijodiy izlanish, irodaviy, zo„r berish o„rnini loqaydlik, faoliyatsizlik 
egallaydi. Boshqacha aytganda ular tayyor axborotlarning quliga aylanadilar, 
chunki kompyuter, displey EXM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini 
engillashtiradi, ularni aqliy zo„r berishda xalos qiladi. Ana shular sababli oliy 
o„quv yurti ta‟limi oldidagi muhim vazifa talabalarga dasturdagi bilimlar 
majmuasini berishdir. 
Talabalarga mustaqil bilim olish, o„z faoliyatini o„zi tashkil qilish, o„zini-
o„zi boshqarish, yangi g„oyalarni ishlab chiqish va xokozolarni o„rgatish muhim 
ahamiyatga ega. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili monologik 
ma‟ruza shaklidan diologik (talaba va o„qituvchining muloqotiga asoslangan) 
ma‟ruza shakliga o„tish zarur. 
Psixologlardan B.G. Anan‟ev, N.V. Kuzimina, N.F. Talizina, 
V.YA.Lyaudis, I.S. Kon, V.T Lisoveskiy, A.A. Bodolev, A.V. Petrovskiy, 
M.G.Davletshin, I.I. Ilg„yasov, A.V. Dimitreva, Z.F.Esarova, A.A.Verbitskiy, 
V.A. Tokareva, E.G„.G„oziev va boshqalarning tadqiqotlariga ko„ra, oliy o„quv 


yurtlarida ta‟lim olish talabalar uchun juda og„ir kechadi, chunki bu davrda
shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari, takomillashish bosqichida
bo„ladi. 
Mazkur 
Yosh 
davridagi 
ijtimoiy-psixologik 
o„sishning
xususiyatlaridan biri o„qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir.
Talabalarda axloqiy jarayonlarning o„sishi sust amalga oshsa-da lekin xulqning 
eng muhim sifatlari mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va 
xokozolar takomillashib boradi. SHuningdek ularda ijtimoiy-xollarga, voqelikka 
axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni angalshga intilish tobora kuchayadi. 
Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayoti tajribasini egallashida unda 
o„zligini anglash vujudga kelishini, jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini 
anglashi, aniq turmush rejalarini tuzish, kelajak hayot yo„lini belgilashi va 
xakazolar amalaga oshishini ko„rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruxning 
notanish sharoitlariga ko„nikib boradi, o„zining xaqqi-xuquqlari va 
majburiyatlarini 
bila 
boshlaydi, 
shaxslararo 
munosabatining 
yangicha 
ko„rinishini o„rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda sinab ko„rishga 
intiladi. Ulardagi romantik xis-tyg„ular voqelikka muayyan yondoshishiga 
birmuncha xalaqit beradi. CHunki ular turmushdagi yutuqlar va 
muvaffaqiyatsizlikning ijtimoiy-psixologik ildizlari nimadan iborat ekanligi 
to„g„risida aniq tasavvurga ega bo„lmaydilar.
Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida to„plangan materiallar
tahlilidan ko„rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o„z xulqi va bilish faoliyatini
ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo„lmaydi va shunga ko„ra xulq 
motivlarining asoslanmaganligi, uzoqni ko„ra olmaslik, extiyotsizlik kabi 
holatlar ruy beradi. V.T. Listovskiyning fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy 
xatti xarakatlar ko„zga tashlanadi. Mazkur yoshda xohish va intilish iroda va 
harakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol
o„ynaydi, chunki talaba shu tajriba etishmasligi natijasida nazariya bilan 
amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan 
illyuziyani, orzu bilan xohishni, optimizm bilan qattiylikni aralashtrib yuboradi. 
 Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o„zini o„zi kamolatga 
etkazish jarayoni muhim rol uynaydi, lekin o„zini boshqarishning tarkibiy 
qismlari (o„zini-o„zi taxlil qilish, nazorat etish, baxolash, tekshirish va 
boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) 
«men»ni real «men» bilan taqqoslash orqali o„zini-o„zi boshqarishning tarkibiy 
qismlari amaliy ifodaga ega bo„ladi. Talabaning nuqtai-nazaricha, ideal «Men» 
ham muayyan mezon asosida etarli darajada tekshirib ko„rilmagan, shuning 
uchun ular goho tasodifiy, g„ayritabiiy xis etilishi muqarrar, binobarin, real 
«men» ham shaxsning xaqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba shaxsning 
takomillashuvida bunday ob‟ektiv qarama-qarshiliklar o„z shaxsiyatiga nisbatan 
ichki ishonchsizlikni, o„qishga nisbatan esa salbiy munosabatni vujudga 
keltiradi. Jumladan o„quv yili boshida talabada ko„tarinki kayfiyat, oliy o„quv 
yurtiga kirganida zavqu-shavq tuyg„usi kuzatilsa, ta‟limning shart-sharoitlari, 
mazmuni, moxiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan yaqindan 
tanishish natijasida uning ruxiyatida keskin tushkunlik ro„y beradi. YUqorida 
aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta‟siri oqibatida uning ruhiy dunyosida
umidsizlik, ruxiy parokandalik kayfiyati, ya‟ni istiqbolga ishonchsizlik, 


ikkilanish, xadiksirash, kabi salbiy xis-tuyg„ular namayon bo„ladi. Bizningcha 
oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda ta‟lim jarayonida talabaga o„ziga 
xos munosabatda bo„lish mazkur davrning muhim shartlaridan biridir.
YUqorida aytilganidek yigit va qizlarni oliy o„quv yurtiga qabul qilish 
ularda o„z kuchlari, qobiliyatlari, aql-zakovatlari ichki imkoniyatlari va 
irodalariga qat‟iy ishonch tug„diradi, ana shu ishonch o„z navbatida to„laqonlik 
hayot va faoliyatini uyushtirishga umid his-tuyqg„ularini vujudga keltiradi. 
O„spirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baxo berish
imkoniyatidan tashqari talab qo„yish va qat‟iyatlilik xususiyati bilan
farqlanadi. SHuning uchun talabalar har doim prinsipial bo„la olmaydilar.
Ba‟zan qat‟iyatlilik salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning o„qituvchi 
tavsiyalarini inkor qilishi nizolarni keltirib chiqaradi.
B.G.Anan‟ev raxbarligida o„tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma‟lum 
bo„lishicha, talabalar kamol topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari 
ularning aqliy imkoniyatlarini to„la ishga solish va sermaxsul o„quv faoliyati
tashkil qilish uchun muhim imkoniyat, shart-sharoit yaratadi.
YU.A. Samarinning ta‟kidlashicha o„spirinlar ruhiyatida o„ziga xos 
qarama-qarshiliklar, ichki ziddiyatlar mavjud bo„ladi. Ularning moddiy jixatdan 
ota-onaga, oliy o„quv yurti maxmuriyatiga bog„liqligi iqtisodiy ziddiyatni 
keltirib chiqaradi. Bu xol talablaarning xoxishlari bilan mavjud imkoniyatning 
nomutanosibligi tufayli sodir bo„ladi. 
Odatda talabalar II va III kurslarda oliy o„quv yurti va mutaxassislikni 
to„g„ri tanlangani xaqida yanada jiddiy o„ylaydilar. 
Mazkur Yosh davrida o„zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy
taffakkur, muayyan hayotiy tajriba, o„zlashtirilgan bilimlarini tartibga solish 
asosida xis-tuyg„ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, o„zligini anglash va 
barqaror e‟tiqod shakllanadi. Talaba xukm va xulosa chiqarishga o„rganadi, o„z 
xatti-xarakatida qat‟iy turib ularni ximoya qiladi, u hayotning turli soxalari
bo„yicha xar xil darajadagi ko„nikma va malakalariga nazariy bilimlar, ijtimoiy-
psixologik tushunchalarini amaliy faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatiga ega 
bo„ladi. .
 Talabalar o„quv faoliyati muvaffaqiyatining muhim sharti oliy o„quv
yurtidagi ta‟lim jarayonining o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish, diskomfort 
tuyg„usini bartaraf qilish, mikromuhitda yuz beradigan ziddiyatlarning oldini 
olishdan iborat. 
Odatda quyi kurslardagi talabalar o„quv faoliyatini mumkin qadar
to„laroq tasavvur etishga xarakat qiladilar, lekin uni boshqarish to„g„risida etarli 
ma‟lumotga ega bo„lmaydilar. Ko„pincha ular o„quv faoliyatini boshqarish
deganda, o„quv materiallarini o„zlashtirishni rejalashtirish, nazorat qilish,
baholash kabilarni tushunadilar. Talabalar varaqa savollariga bergan 
javoblaridan ma‟lum bo„lishicha ularda o„quv faoliyati tizimini tasavvur
etishdan tashqari, uning ayrim imkoniyatlari yuzasidan muayyan bilimlar ham 
bo„ladi.
Ayrim talabalr o„z javoblarida biror xususiyatlariga ega bo„lmagan
materialni o„zlashtirishning usullarini ham yozganlar. quyi kurs javoblaridan 
biri: «Men avvval o„quv materiallarini qismlarga ajrataman, sung ular o„rtasida 


mantiqiy uyg„unlikni vujudga keltiraman, muhim va birlamchi kalomatlarni 
topishga xarakat qilaman. Mazkur materialning oldingisi bilan solishtirma 
o„xshash va farqli jixatlarni aniqlayman». Xuddi shunga o„xshash talabalarning 
to„rtdan bir qismidan olidi. Ularning 85% o„quv faoliyatni boshqarishning 
ayrim tarkibiy qismlarini ifodalay olganlar. Ammo ko„pchiligi o„quv faoliyatini 
boshqarishning umumlashgan usullarini taxriflash, anglash, faoliyatning 
xarakatlarini qanday tartibda amalga oshirishni tasavvur qilishdan ancha
yiroqdirlar. SHunga qaramay talabalarda taqqoslash, reja tuzish, leksiya va 
birlamchi manbalarn6i konspektlashtirish bo„yicha ma‟lum tushunchalar
mavjud. Biroq, bu borada ham ayrim nuqsonlar uchrab turadi. CHunonchi 
talabalar rejalashtirish, konspektlashtirish, ta‟limi usullaridan foydalanishga
qo„yiladigan umumiy talablarni aniq ko„rsatishda qiynaladilar, muammo 
doirasidan chetlashadilar va xakazo. 
Mana shu qiyinchiliklarni moxiyati va shakliga ko„ra uch guruxga 
ajratish mumkin: 
1. Bilishdagi qiyinchiliklar: o„rta maktab va oliy o„quv yurtidagi o„quv
materiallarining mazmun va ko„lami jihatidan keskin farqlanishi; oliy o„quv 
yurtida o„qitishning turli shakli usullari (ma‟ruzalar, seminar mashg„uloti, 
kollokvium, sinov, baxs, amaliy mashg„ulot, maxsus praktikum, maxsus 
seminar, masus kurs va xakazolar) mavjudligi o„quv matni, ma‟ruza va seminar 
materiallarining murakkabligi, muammoliligi, ilmiyligi, talabalarda mustaqil
bilim olish malakalari etishmasligi:
2. Ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar: atrof-muhit va hayot sharoitining
o„zgarishi; hayot va faoliyatining barcha jabxalarida mustaqilikka o„tilishi: 
irodaviy zo„r berish, qobiliyat, aqliy imkoniyatlar bo„yicha qat‟iyatsizlik 
masalan, 
sessiyalarida 
o„qishdan xaydalishdan cho„chish, qo„rqish,
xavfsirashning paydo bo„lishi. 
3. Kasbiy qiyinchiliklar: oliy o„quv yurti mutaxassisligini tanlashdan
ikkilanish; oliy maktab shart-sharoitlariga moslashish jarayonini noto„g„ri 
tasavvur qilish; ta‟lim olish usullari va vositalarini ko„nikma malaka va 
odatlarning egallashida orqada qolish, turli xususiyatga ega bo„lgan 
mutaxassislik-ixtisoslik amaliyotidan unumli foydalana olmaslik, nazariy
bilimlar bilan amaliyotning ajralib qolgani; talabalarning professiogramma 
talablariga javob beradigan kasbiy fazilatlarga ega emasligi. 
O„qituvchi va talabaning hamkorligi - ta‟lim samaradorligining muhim 
omili. 
YAkka shaxs faoliyatining psixologik taxlili faoliyat sub‟ektining boshqa 
odamlar bilan aloqasini mavxumlashtiradi. Lekin bu mavxumlashtirish 
nixoyatda muhimligidan qat‟iy nazar, o„rganilayotgan xodisalarning bir 
tomonlama yoritish imkonini beradi. 
O„qituvchi 
va 
o„quvchining 
hamkorligidagi 
faoliyatiga 
doir
tadqiqotlarida, asosiy e‟tibor o„zaro munosabatning rivojlanishini o„rganishga 
qaratilgan o„qitishni guruxli tashkil qilish jarayoni bayon qilingan. 
A.V.Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatidan kelib 
chiqishini o„rganib, ta‟lim jarayonida o„qituvchining o„quvchilar bilan 
hamkorligini tashkil qilish faqat ularning muloqotga extyojini qondirish vositasi 


emas, balki o„quv materiallarini o„zlashtirishning ham vositaligini ta‟kidlagan 
edi. 
Hamkorlikda maxsuldor faoliyatni psixologik jixatdan o„rganishni
V.YA. Lyaudis boshchiligidagi psixologlar guruxi amalga oshirdi. Uning asosiy 
maqsadi yangi fazilatlarning shakllanishida o„qituvchi bilan talaba rolini
ifodalash edi. Ushbu nazariyaga binoan, o„quv faoliyatining shakllanishi fan 
asoslarini o„zlashtirishning negizi emas, balki shaxsning ijtimoiy-madaniy
qadriyatlarini egallash jarayonidir. Mazkur nazariya asosida o„quv vaziyatini 
talaba shaxsining rivojlanishidagi «yaqin kamolot zonasi» ninggina emas, balki
«perseptiv rivojlanish zonasi» ni ham yaratadigan yo„sinda, loyixalash mumkin. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin