Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


Muammoli savol: Psixik taraqqiyotda tabiiy xususiyatlarning o„rni qanday?



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

Muammoli savol: Psixik taraqqiyotda tabiiy xususiyatlarning o„rni qanday? 
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuch emasligiga 
qaramay psixik taraqqiyotga ma‟lum darajada ta‟sir ko„rsatadi. 
Birinchidan, tabiiy xussusiyatlar taraqqiyotning turli yo„llarini va 
usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining hususiyatlari o„z-o„zicha 
shaxsning xech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi. Xech bir normal 
bola dadil yoki qo„rqoq, irodasiz, mexnatsevar yoki intizomsiz bo„lib 
tug„ilmaydi. Agarda tarbiya to„g„ri tashkil qilinsa, nerv sistemasining istalgan 
tipi asosida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini hosil qilish 
mumkin. Masalan, sabot-matonat va o„zini tuta bilish xislatlarini nerv 
sistemasining tipi shiddatli bo„lgan bolalarda ham tarbiyalash lozim va 
tarbiyalasa bo„ladi. Lekin birinchi holdagi bolalarni tarbiyalash ikkinchi xollarni 
tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo„ladi. Har ikkala holda kerakli sifatlarni 
tarbiyalash yo„llari va usullari ham turlicha bo„ladi. 
Ikkinchi tabiiy xususiyatlar odamning biron bir sohada erishgan yutuqlari 
darajasiga ham ta‟sir qilishi mumkin. Masalan, qobiliyat kurtaklarida tug„ma 
individual farqlar bo„ladi. SHu sababli ba‟zi odamlar boshqa odamlardan 
ma‟lum bir faoliyat imkoniyati jihatidan ustun turishlari va shuning bilan bir 
paytda bir faoliyatning turini egallash imkoniyati jixatidan esa ulardan olislik 
qilishlari mumkin. Masalan, o„zining musiqiy qobiliyati rivojlanishi uchun qulay 
tabiiy kurtakka ega bo„lgan bola boshqa hamma sharoitlar bir xil bo„lishiga 
qaramay musiqiy qobiliyatini rivojlantirishi uchun tabiiy kurtakka ega 
bo„lmagan boladan nisbatan musiqa soxasida tez rivojlanadi va nisbatan katta 
yutuqlarga erishadi. Mana shu ma‟noda biz mashhur amerikalik psixolog 
D.Brunerning xar bir bola o„z taraqqiyotining har qanday materiallarini to„la 
o„zlashtirishga qodirdir, - degan fikrlari bilan xech bir kelisha olmaymiz. 
Bizning o„ylashimizcha masalan, birinchi sinf o„quvchisini qanday geneal 
pedagog va metodistlar o„qitmasliklari etti yoshli bolaning miyasi boshlang„ich 
differensial va integral xisoblashlarini yoki dialektik falsafa asoslarini bilishga 


hali chindan ham etilgan emas. Biroq miya tuzilishining mavqei ma‟lum 
muhitga, ta‟lim tarbiyaga mutlaqo bog„lanmagan holda o„zining qaxtiiy asosida 
sodir bo„ladi deb bo„lmaydi. Muhit, ta‟lim tarbiya va tegishli mashq miya 
tuzilishining organik jixatdan etilishini ta‟minlaydi va muhitga. ta‟lim-
tarbiyaga mutlaqo bog„lanmagan holda o„zining qatxiiy biologik jixatdan 
qonunlari asosida sodir bo„ladi deb bo„lmaydi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin