Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix09.08.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#63056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
k7McQImv6cKyE1jrLK6C52uBrbdGZnjzW5pSx84H



Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari 
Reja: 
1. Biologiya ta’limining maqsadi va vazifalari. 
2. Biologiya ta’limi mazmuni va uning tarkibiy qismlari. 
3. Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish. 
4. Biologik ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish yo‘llari. 
5. Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib 
toptirish. 
 
Biologik ta’limning maqsad va vazifalari. Umumiy o‘rta ta’limi 
muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarga tirik 
organizmlarning tuzilishi, ko‘payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o‘zaro 
munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi 
bilimlarni berish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va 
ijodiy fikrlashini shakllantirishdan iborat. 
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘qitishning 
vazifalari: 
asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish; 
tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarining vujudga kelishi 
mexanizmlari haqida ma’lumot berish; 
organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari 
bilan tanishtirish; 
o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga
sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish; 
biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan- texnika 
yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb 
tanlashga yo‘naltirish; 
tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini 
yosh avlod ongiga singdirish; 
biologik bilimlar zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya 
yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning 
biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash, 
biologiyadan 
olgan 
bilimlarini 
hayotda 
qo‘llay 
olish 
kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin