Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix09.08.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#63056
1   2   3   4   5   6   7   8   9
k7McQImv6cKyE1jrLK6C52uBrbdGZnjzW5pSx84H

Biologik tushunchalar. Biologiya o‘quv fani mazmuni mantiqiy izchillikda 
shakllantirish, rivojlantirish va o‘zaro aloqada bo‘lgan tushunchalar tizimidan 
iborat. 


Biologiya o‘quv fani mazmuniga biologiya fanining morfologiya, 
anatomiya, fiziologiya, sitologiya, genetika, seleksiya, ekologiya, gigiyena, 
sistematika, embriologiya, evolyutsion ta’limot, biotexnologiya, gen injeneriyasi 
kabi tarmoqlariga oid ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib, tushunchalar tizimi shu fan 
asoslari bilan belgilanadi. Shu sababli, biologiya o‘quv fanining asosiy biologik 
tushunchalari sirasiga morfologik, anatomik, fiziologik, sitologik, genetik, 
ekologik, gigiyenik, sistematik, embriologik, evolyutsion, shuningdek, agronomik 
tushunchalarni kiritish mumkin. 
Biologik tushunchalarni mazmuni va mohiyatiga ko‘ra oddiy va murakkab, 
xususiy va umumiy biologik tushunchalarga ajratish mumkin. Ma’lumki, har bir 
tushuncha avval oddiy, so‘ngra boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib, 
murakkab tushunchalarni hosil qiladi. 
Masalan, dastlab birlamchi tushuncha bo‘lgan barg uning tashqi tuzilishi, 
tomirlanishi, poyada joylashishi, oddiy va murakkab barglar, bargning hujayraviy 
tuzilishi, bargning suv bug‘latishi, nafas olishi, fotosintez, o‘simliklarning nam 
tanqisligiga moslanishi natijasida barglar metamorfozi bilan tanishish orqali 
murakkab tushunchaga aylanadi. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, bob 
yakunida birlamchi tushuncha bo‘lgan barg o‘zida morfologik, anatomik, 
fiziologik, sitologik, tushunchalarni mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga 
aylanadi. Biologiya o‘quv fani mazmunidagi barg tushunchasi sistematik, ekologik 
tushunchalar bilan o‘zaro aloqadorlikda yanada boyitiladi. Bunday holatni 
yuqorida qayd etilgan oddiy birlamchi tushuncha bo‘lgan o‘simlik organlari ildiz, 
poya, gul, meva, urug‘ misolida keltirish mumkin va ularning har biri o‘zida 
muayyan tushunchalarni mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi. 
«O‘simlik-yaxlit organizm» mavzusida mazkur murakkab tushunchalar 
o‘zaro aloqadorlikda yanada murakkab umumiy biologik tushunchalarga aylanadi. 
7-sinf biologiya o‘quv fanida har bir tip yoki sinf vakillari misolida hayvon 
to‘g‘risidagi 
tushuncha 
uning 
morfologiyasi, 
anatomiyasi, 
fiziologiyasi, 
ekologiyasi va ahamiyati yoki zarari haqidagi tushunchalar bilan uyg‘un holda 
beriladi. Ayni paytda ushbu tushunchalar organizmlarning oddiydan murakkabga 
tomon evolyutsion murakkablashib borishi nuqtai nazardan rivojlantiriladi. 
8-sinf biologiya o‘quv kursida oddiy tushuncha bo‘lgan organlar 
tushunchasi, organlar sistemasi, organlarning tuzilishi va funksiyasi tushunchalari 
bilan birlashib, murakkab tushunchalarga aylanadi. “Odam va uning salomatligi”
kursidagi tushunchalar (hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemasi, organizm 
yaxlit sistema) tizimni hosil qiladi. 
O‘quv kursi yakunida o‘quvchilarda har bir organning tuzilishi va vazifasi 
bo‘yicha morfologik, anatomik, fiziologik, gigiyenik, ekologik, embriologik va 
evolyutsion tushunchalar tizimini shakllantirish nazarda tutilgan. 
Bir o‘quv fani davomida rivojlantiriladigan tushunchalar xususiy 
tushunchalar deyiladi. Botanikada o‘simliklarning ildiz yordamida mineral 
oziqlanishi, 
barg 
orqali 
oziqlanishi-fotosintez, 
zoologiyada 
hayvonlar 
morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi, 8-sinf “Odam va uning 
salomatligi” o‘quv kursida odam organizmida boradigan hayotiy jarayonlar, ba’zi 


kasalliklarning belgilari va ularning oldini olish haqidagi tushunchalar xususiy 
tushunchalarga misol bo‘ladi. 
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan 
tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Lokal tushunchalar sirasiga «Poyalarning 
xilma-xilligi» mavzusidagi poyaning tik o‘suvchi, o‘rmalovchi, chirmashuvchi, 
palak otuvchi, ilashuvchi, qisqargan turlari, «O‘g‘itlar» mavzusidagi o‘g‘itlarning 
xillari kiradi. 
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o‘simlik 
hamda hayvonlarning organlari to‘g‘risidagi tushunchalar; o‘simlik hamda hayvon 
organizmida boradigan hayotiy jarayonlar to‘g‘risidagi tushunchalar; 
ekologik, sistematik va filogenetik bog‘lanishlar to‘g‘risidagi tushunchalar; 
Biologiya o‘quv fani mazmunida umumiy biologik tushunchalar asosiy 
o‘rinni egallaydi. Barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan biologik qonuniyatlar va 
ayrim biologik o‘quv kurslarining xususiy tushunchalarini umumlashtiruvchi 
tushunchalar umumiy biologik tushunchalar deyiladi. Umumiy biologik 
tushunchalarga quyidagilar kiradi: 
hujayra tirik organizmlarning tuzilish, qurilish va hayotiy birligi; 
organlar tuzilishi va funksiyasining birligi;
organizm bilan muhitning o‘zaro bog‘liqligi;
organizm – o‘z-o‘zini boshqaruvchi yaxlit sistema;
moddalar va energiya almashinuvi; 
irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organizmlarning ko‘payishi; 
organik olamning evolyutsion rivojlanishi. 
Umumiy biologik tushunchalar xususiy biologik tushunchalardan hosil 
bo‘ladi va ularning har biri maktab biologiya o‘quv fanlari mazmunida rivojlantirib 
boriladi. 
9-sinfda o‘qitiladigan «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) o‘quv 
fani mazmunida anatomik, morfologik, sitologik, fiziologik, genetik tushunchalar 
asosiy o‘rinni egallaydi va ular o‘quvchilarning avvalgi kurslarda o‘zlashtirgan 
bilimlari asosida rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. 
5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik 
xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) 
o‘quv fanini o‘qitishda xususiy tushunchalarga aylanadi. 
Tushunchalarning bir tartibdan boshqa tartibga o‘tishi, ya’ni umumiy 
biologik tushunchalarning «Biologiya» o‘quv fanini o‘qitishda xususiy 
tushunchalarga aylanishi biologik kurslarda tushunchalarni rivojlantirishning 
o‘ziga xos xususiyati sanaladi. Bu tushunchalar ko‘p tomonlama va ayni paytda 
harakatchan aloqalar bilan bog‘lanib, o‘zaro uzviylikda rivojlantiriladi. 
Masalan, 5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik 
tushuncha sanalgan hujayra tushunchasi va unga bog‘liq ma’lumotlar 
9-sinfda “II bo‘lim. Hujayra haqidagi ta’limot”da yangi tushunchalar bilan 
o‘zaro bog‘lanadi va uzviy rivojlantiriladi. Jumladan, yadro tushunchasi botanika, 
zoologiya, odam va uning salomatligi kurslarida hujayraning asosiy qismi shaklida 
e’tirof etilgan bo‘lsa, 9-sinfda yadrodagi xromosomalarning tuzilishi, kariotip, 


diploid, gaploid to‘plam haqidagi tushunchalar bilan boyitilib, yadro hujayraning 
ajralmas qismi bo‘lib, u irsiy axborotni saqlash, irsiy axborotni nasldan-naslga 
o‘tishini ta’minlash, hujayrada boradigan modda va energiya almashinuvi 
jarayonini boshqarish kabi funksiyalarni bajarishi qayd etiladi. 10-11-sinflar 
biologiya o‘quv fani mazmunida evolyutsion va ekologik tushunchalar yetakchi 
o‘rinni egallaydi va mazkur tushunchalar o‘quvchilarning avvalgi o‘quv 
kurslaridan egallagan bilimlari asosida rivojlantiriladi. 
«Botanika» va «Zoologiya» o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan sistematik 
birliklar tur, avlod, turkum, oila, sinf, tip, bo‘lim kabi tushunchalari turlarning 
paydo bo‘lishi, mikroevolyutsiya, makroevolyutsiya tushunchalari bilan o‘zaro 
bog‘likda kengaytiriladi va rivojlantiriladi. 
Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashganligi haqidagi bilimlar 
11-sinfda “Hayotning ekosistema darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar” bobida 
rivojlantiriladi. 
Shunday 
qilib, 
dastlab 
birlamchi 
oddiy 
tushunchalar, 
murakkab 
tushunchalarga, so‘ngra xususiy va umumiy biologik tushunchalarga aylanib 
boradi. 
O‘quvchilarda 
tushunchalarning 
shakllanganlik 
va 
rivojlanganlik 
darajasining ko‘rsatkichi biologik ta’lim samaradorligining darajasini belgilaydi. 
Shu sababli, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan tushunchalarning eng yuqori 
darajasi tushunchalarni erkin bayon etish va amaliyotda mustaqil foydalana olish 
sanaladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin