Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari Reja


Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix09.08.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#63056
1   2   3   4   5   6   7   8   9
k7McQImv6cKyE1jrLK6C52uBrbdGZnjzW5pSx84H

Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni 
tarkib toptirish. Biologik ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismini ijodiy 
faoliyat tajribalari tashkil etib, mazkur faoliyatni tarkib toptirish uchun, avvalo, 
o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish lozim. 
Fikr inson faoliyati, uning o‘z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-
insoniy 
sifatidir. 
Fikr 
rivoji 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning 
asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lganligi uchun, biologiyani o‘qitish jarayonida 
o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. 
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi, avvalo: 
o‘quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o‘quv topshiriqlarini 
tanlashi (zarur hollarda tuzishi), biologik obyektlar, tabiatdagi mavsumiy 
o‘zgarishlarni o‘rganish maqsadida tajriba va kuzatish o‘tkazish yuzasidan 
ko‘rsatmalar tayyorlashi; 
o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi 
uchun qo‘shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim; 
o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish 
uchun ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo‘llash 
zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi o‘quvchilarni har 
tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: 
o‘quvchilarni o‘z bilish faoliyatining sub’yektiga aylantirib, fikr yuritish 
mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi; 
o‘quvchilarning bilish faoliyati empirik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil 
etilib, o‘qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o‘rganish ustuvor bo‘ladi; 
o‘qitish jarayonining asosini o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlarini bajarish 
orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi; 
o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy 
va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning 
bu ikki tipi bir-birini to‘ldiradi va taqozo etadi. 
Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va 
fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tahliliy fikr yuritish 
(axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni 
chog‘ishtirish). O‘quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish 
uchun biologiya o‘qituvchisi har bir darsda avval o‘rganilayotgan obyektlar bilan 
o‘rganilgan obyekt o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi 


kerak. Jumladan, «Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi» mavzusini o‘rganganda 
o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, ularga o‘quv topshiriqlari bilan bir qatorda 
quyidagi jadvalni to‘ldirish tavsiya etiladi: 
Organlar sistemasi 
Oq planariya Yomg‘ir 
chuvalchangi 
Chuchuk suv 
shillig‘i 
Daryo
qisqichbaqasi 
Tana bo‘shlig‘i 
Ovqat hazm qilish 
Qon aylanish 
Nafas olish 
Ayirish 
Nerv sistemasi 
Sezgi organlari 
Ko‘payish 
O‘quvchilar darslikda berilgan o‘quv axborotini tahlil qiladi, organlar 
sistemasi haqidagi faktlarni tanlaydi, ularni avvalgi obyektlar bilan taqqoslab, 
xulosa chiqaradi. Demak, daryo qichqichbaqasining ichki tuzilishini tahlil qilib, 
avval o‘rganilgan oq planariya, yomg‘ir chuvalchangi, chuchuk suv shillig‘i bilan 
taqqoslab o‘rganadi. O‘quv materialining bu tarzda o‘rganilishi o‘quvchilarda 
tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarining tarkib topishiga zamin tayyorlaydi. 
Bog‘lanishli (assotsiativ) fikr yuritish - avval o‘rganilgan bilimlar, faktlar 
orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, tanish obyekt va hodisalarning yangi 
xususiyatlari va sifatlarini topish. Bog‘lanishli fikr yuritish o‘quvchilarning avval 
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda 
qo‘llab, yangi bilim va ko‘nimalarni o‘zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi. 
O‘qituvchi “Organik olam evolyutsiyasining yo‘nalishlari” mavzusini 
o‘qitishda o‘quvchilarning botanika va zoologiya o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan 
bilimlarini faollashtirish maqsadida ularga o‘quv topshiriqlari bilan birga quyidagi 
jadvalni to‘ldirishlarini tavsiya etadi. 
1-topshiriq. Qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilarning 
tuzilishini taqqoslang. Ularning tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlang. 
Taqqoslanadigan 
jihatlar 
Qirqquloqlar 
Ochiq 
urug‘lilar 
Yopiq 
urug‘lilar 
Hayotiy shakli 
Ildizi 
Poyasi 
Bargi 
Ko‘payish organlari 


Ko‘payish 
jarayonining tashqi muhit
omillariga bog‘liqligi 
2. Yopiq urug‘lilarning o‘simliklar olamida hukmronligi sababini 
aniqlang. 
2-topshiriq. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va 
qushlarning tuzilishini taqqoslang. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni 
aniqlang. 
Taqqoslanadigan 
jihatlar 
Suvda hamda quruqlikda 
yashovchilar 
Sudralib 
yuruvchilar 
Qushlar 
Tana qoplami 
Hazm qilishi 
Qon aylanishi 
YUragi 
Nafas olishi 
Ayirishi 
Nerv sistemasi 
Sezgi organlari 
Ko‘payishi 
Quyida berilgan organoidlarning nomi va vazifasi bilan juftlab ko‘rsating. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin