Mavzu№1. Ko‘rish analizatori va uning yordamchi a’zolari klinik anatomiyasi va fiziologiyasi.
Ko`zning tashki qavati: uning asosiy vazifasi ko`z shaklini, ma’lum turgorligini ushlab turish, ko`zni
ximoyalashdir, tashki fibroz qavat – bu ko`z mushaklarining birikkan soxasidir. Bu qavat 2 ta nerv
kismlaridan iboratdir: shox parda va sklera.
Shox parda: fibroz qavatga taallukli bulgan umumiy funksiyalarni bajarishdan tashkari yoruglik
nurlarini sindirishda ishtirok etadi.
Shox parda umuman qon tomirlarga ega emas, fakat limbning yuza qavatlari chetki tomirlar
tutamlaridan va limfatik tomirlardan iboratdir. Moddalar almashinuvi chetki xalkasimon tomirlar tutami,
ko`z yoshlar va oldingi kamera suyukligi xisobiga buladi.
Bunday nisbiy aloxidalik belmalardagi shox pardani utkazishda yaxshi aks etadi. Antitanalar utkazilgan
shox pardaga etib borolmaydi va boshka yot tukimalarda sodir bulgani singari shox pardani emirib
tashlolmaydi. Shox parda nevr tolalariga juda boy va odam organizmidagi eng yukori sezgirlikka ega
bulgan tukimalardan xisoblanadi. Manbasi uch shoxli nerv bulgan bir kancha sezgir nervlar katorida shox
pardada trofik funksiyani bajaruvchi simpatik innervatsiya xam mavjudligi aniklanagan. Moddalar
almashinuvi normal bulishi uchun tukima va qon orasidagi jarayonlar balansi anik bulishi lozim. Aynan
shuning uchun kolbachalar retseptorlarining eng afzal ko`rgan urni tomirlarga boy bulgan shox parda-
skleral zona xisoblanadi. Shu erda normal moddalar almashinuvi jarayonidagi kichiknagina siljishni xam
xisobga oladigan tomirli-tukimali retseptorlar joylashadi.
Normal kechuvchi almashinuv jarayonlari – shox parda tinikligining garovidir. Xozirgacha shox
parda tinikligining sababi noanik. Shox parda tinikligi shox parda tukimasidagi proteinlar va
nukleotidlarga boglik degan taxminlar bor. Shu katorda kollagen fibrillalar xolatining tugriligiga xam
axamiyat beriladi. Gidratatsiyaga epiteliyning tanlangan utkazuvchanligi ta’sir etadi. Ana shu murakkab
zanjirlardan birining buzilishi shox parda tinikligining yukolishiga sabab buladi.
Shu tarika, shox pardaning asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat: tinikligi, sferikligi, anik
ulchamdaligi, yukori sezgirligi, sillikligi.
Sklera: fibroz qavatning 5/6 kismini tashkil kiladi, shuning uchun skleraning asosiy funksiyasi
ko`z shaklini ushlab turishdan iborat, shuningdek sklera ko`zni xarakatlantiruvchi mushaklarni birlashtirib
turadi.
Dostları ilə paylaş: |